Янгиликлар /

Moyes murabbiy sifatida «MYu»dagi rasmiy faoliyatini boshladi

Мақола нашр қилинди

Bir necha soatlar oldin Devida Moyes murabbiy sifatida «ManchesterYunayted» jamoasidagi rasmiy faoliyatini boshladi hamda unga yordam beradiganmurabbiylar shtabini ham eʼlon qildi. Bular Stiv Raund, Kris Vuds va DjimmiLamsden lardir.

Stiv Raund katta murabbiy

Kris Vuds darvozabonlar murabbiyi

Djimmi Lamsden birinchi jamoa murabbiyi

42-yoshli Raund Angliya chempionlari safiga kelishdan avvalDevid Moyes bilan «Everton» jamoasida 2008 iyundan birga ishlab kelmoqda edi.

53-yoshli Vuds, 2011 yil oktyabr oyidan buyon AQSh termajamoasining darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi edi.

65-yoshli Lamsden esa Devid Moyes bilan «Preston Nort End» jamoasida va keyinchalik «Everton»jamoasidabirgalikda faoliyat yuritgan.


Jamoaning vitse-prezidenti Ed Vudvord so‘zlariga ko‘ra: «MenDevidga va uning yangi jamoasiga hamda uning boshqa yordamchilariga ishonaman. Bizyangi mavsumga tayyorgarlikni aʼlo kayfiyatda boshlab olidik. Kelayotgan mavsum«Manchester Yunayted» jamoasi uchun yanada maroqli va qiziqarli bo‘lishiga ishonaman».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.