Янгиликлар /

Yang, Smolling va Nani mavsum oldi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»Jamoa bosh murabbiyining xabar berishicha Eshli Yang, Kris Smolling va LuishNanilar jamoaning mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi turneni o‘tkazib yuborishlariehtimoli bor. Uch «qizil iblis» o‘tgan mavsumning yakunida jarohat olgan edilarva hozirda ular jarohatdan to‘liq qutilishmagan. Yang, Smolling va NaniningTailand safariga borishlari haqidagi yakuniy qarorga kelasi haftada bo‘libo‘tadigan mashg‘ulotlardan so‘ng aniqlik kiritiladi.

«Hozirgi kunda jamoa orasida bir qancha jarohat olgano‘yinchilar bor, vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘rishga majburmiz», – deya aytibo‘tdi «Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining birinchi matbuotanjumanida. – Ular Tailanddagi yig‘inda ishtirok etishlari haqida kelasihaftada bo‘lib o‘tadigan tekshiruv jaryonidan so‘ng aniqlik kiritiladi».

Moyes yana dushanba kundan boshlab Uilfrid Zaxa ham ilk bora«MYu» tarkibida mashg‘ulotlarga kirishishini, Shindzi Kagava esa 21 iyulya kuniYaponiyada tarkibga qo‘shilishini taʼkidlab o‘tdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.