Янгиликлар /

David De Xea van der Sar va Peterlarning yutuqlarini takrorlamoqchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Angliyachempionati uning didiga mos ekanlini va kelajakda «MYu»ning afsonalari PeteraShmeyxel va Edvin van der Sarlarning yutuqlarini takrorlamoqchi ekanliginitaʼkidlab o‘tdi.

«Menga inglizcha futbolning jismoniy darajasi juda yoqadi, –deydi ispan darvozaboni. – Hozirda o‘zimning yanada ko‘plab kuchli jixatlarimni ko‘rsatish yuzasidan intensivrejim asosida mashg‘ulotlar olib boryapman. Mashg‘ulotlarni samarali o‘tishidamenga jamoadoshlarim turli vaziyatlardan darvozamga zarba berib o‘z mahoratimniko‘rstishimda yordam berishmoqda. Bu esa menga yaqinlashayotgan mavsumdajismoniy holatimni yana yahshilashga yordam bermoqda».

Eslatib o‘tamiz De Xea «Yunayted» bilan 19 yoshda shartnomaimzolagan edi va hozirgi kunda jamoaning birinchi raqamli darvozaboni ekanliginibir necha bora o‘z o‘yinlari bilan isbotlab qo‘ygan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.