Янгиликлар /

Mourino: U fantastik holatda

Мақола нашр қилинди

«Chelsi» klubibosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati ikkinchi turidan o’rin olgan «ManchesterYunayted» bilan o’yin oldidan o’z kasbdoshi Devid Moyes haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Ser Aleks Fergyusonyozgan tarix asrlar davomida eslanadi. Bu Devid uchun muammomi? Bunday o’ylamayman,sababi Devid uni ser Aleks bilan tenglashtirishlarini istamaydi.

Devid — tajribalimurabbiy, u ko’p yillar premer-ligada ishladi, hozir bo’lsa u faoliyatining engcho’qqisiga keldi. Bu uning kuchga to’lgan, tajribali yillari, u ayni vaqtida kattaklubga keldi, uning qo’l ostida ajoyib futbolchilar bor, u fantastik holatda.

O’ylashimcha,u ko’p narsaga qodir. Umid qilamanki, u barcha sovrinlarni yutib olmaydi va boshqalargaham u bu narsa qoldiradi.

Muvaffaqiyatli murabbiy bo’lish uchun sovrinlar kerakekanini u biladi va bu sovrinlarni qo’lga kiritishga uning kuchi etadi», — deydiportugaliyalik mutaxassis
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.