Янгиликлар /

Uolkott: Runining jarohati og’ir

Мақола нашр қилинди

Angliya termajamoasi hujumchisi Teo Uolkott, «MYu» hujumchisi Ueyn Runi jarohat olganligi vashu sababli futbolchi milliy terma jamoaning yaqinda bo’lib o’tadigan o’yinlaridayordam bera olmasligi xususida fikr bildirib o’tdi.

«Men Runiningolgan jarohatini suratda ko’rdim. Jarohat haqiqatdan ham juda jiddiy. Bunday jarayonniko’rish qo’rqinchli.

Afsuski endiRuni bizga yordam bera olmaydi, biroq bu boshqa o’yinchilarga o’zini ko’rsatishuchun yaxshi imkoniyat.

Daniel Starrijva Denni Uelbeklarni mavsumni yaxshi boshlaganlaridan xursandman. Riki Lambert esamilliy termada ajoyib debyut o’tkazdi. Shuning uchun murabbiyda tanlash imkoniyatikatta», — deya ta’kidladi Uolkott.

Eslatib o’tamiz, 6 sentyabrda inglizlar o’z maydonlaridaMoldaviya qarshi o’ynashsa, 10 sentyabrda Ukrainaga qarshi safarda o’yin o’tkazishadi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.