Янгиликлар /

Runi «MYu» tarkibidagi 200 chi golini urdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Bayer»ga qarshi uchrashuvda kiritgan ikki goli tufayli 27 yoshli hujumchi «MYu» safidagi gollari sonini 200 taga yetkazdi deya jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Bungacha faqatgina «qizil iblislar»ning 3 nafar futbolchisi 200 lik davondan o‘tgan edi. Bular ser Bobbi Charlton (249 gol), Denis Lou (237 gol), Djek Rouli (211 gol). Hujumchi buning uchun 406 uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, Runi Chempionlar ligasi bahslaridagi o‘zining 30 to‘pini ham kiritdi va shu tariqa to‘purarlik bahsida Rayan Giggzdan o‘tib ketti. Hujumchi yana 8 to‘p kiritsa Ruda van Nistelroy rekordini takrorlagan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Runi «MYu» safida 2004 yildan beri to‘p surib kelmoqda
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.