«Manchester Yunayted» hujumchisi Danni Uelbek tizzasidan olganjarohatini davolab, yakshanba kungi «Manchester Siti» bilan bo’lajak o’yinda ishtiroketishga tayyor turibdi.
22-yoshli ingliz futbolchisi oxirgi ikki o’yinda jamoasiga yordamberolmagan bo’lsa, juma kunidan e’tiboran u mustaqil ravishda mashg’ulotlarga kirishdi.Bunga qadar esa futbolchi to’p bilan engil mashqlarni o’tkazayotgandi.
Uelbek jarohatini davolab ulgurgan bo’lsa-da, uning asosiy tarkibdanjoy olishi so’roq ostida qolmoqda. Sababi ayni vaqtda Robin Van Persi va Ueyn Runikutilganidek kuchli o’yin namoyish qilyapti. Shuning uchun bu ikki iqtidor sohiblarining boshlang’ich tarkibdan tushibqolishiga hech kim ishonmaydi.
Bundan tashqari himoyachilar Fil Jons va Rafael Da Silvasalomatligidagi muammolar sabab ertangi o’yinni o’tkazib yuborishi mumkin
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.