Янгиликлар /

Giggz rekordga yaqin

Мақола нашр қилинди

«Yunayted»afsonaviy o‘yinchisi Rayan Giggz Chempionlar Ligasi guruh bosqichi o‘yinlaridoirasidagi «Shaxtyor» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushsa ushbuturnirda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi sifatida tarixga kiradi deya Jamoarasmiy sayti xabar bermoqda.

Bugungikunga kelib39-yoshli Giggza ChLsida «Real»jamoasining sobiq o‘yinchisi Raul kabi 144 uchrashuvda maydonga tushgan.

Giggz«Yunayted» tarkibida yigirma mavsumdan beri Chempionlar Ligasi musobaqasidaishtirok etib kelmoqda va o‘tkazgan barcha uchrashuvda 29 golning muallifi hambo‘lgan..

Inside United jurnali muxbiriningxabariga ko‘ra Rayan yangi rekord xaqida quyidagi fikrni bildirgan: «Haqiqatdan?Rostanmi! Men buni bilmas ekanman. Bu ajoyib musobaqa, menga ushbu musobaqada ikkibora omad kulib boqqan va ko‘p bora yoddan chiqmaydigan uchrashuvlarda ishtiroketganman».

«Chempionlar Ligasida maydongatushish va mashhur futbolchilar bilan o‘ynash hamda Raul, bir so‘z bilanaytganda barchasi ajoyib. Raul ushbu musobaqada juda ko‘p gol urgan va uch boramusobaqa g‘olibi bo‘lgan. Agar menda undan o‘zib ketish imkoni bor ekan bubilan men faxrlanaman».

Raul hali faoliyatini to‘liqyakunlamadi va hozirda Qatarning «As-Sadd» jamoasi sharafini himoya qilibkelmoqda. U yana yevropa Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida maydonga tushishinoaniq. Rekord borasida Giggzning raqobatchisi «Barselona» jamoasi yarimhimoyachisi Xavi, uning hisobida ChL musobaqasining 136 uchrashuvi bor.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.