Mata: Barchasini murabbiy hal qiladi
16.12.2016

IB Times nashri Xuan Mata jamoadoshi Genrix Mxitaryanni asosiy tarkibga kirish uchun raqib deya hisoblamasligi va u bilan birga maydonga tushishni hohlashi borasida ma’lumot berib o‘tdi.
«Men ko‘p o‘yin o‘tkazdim va ko‘p gollar urdim, shunday ekan men baxtliman. Bu to‘g‘ri, bizning jamoada kuchli raqobat bor, bunday holatga faoliyatim mobaynida bir necha marotaba to‘qnash kelganman va hozir ham «Manchester Yunayted» asosiy tarkibiga kirish uchun kurash olib boryapman».
«Mxitaryan mening asosiy raqibim deya o‘ylamayman. Biz turli hil futbolchilarmiz va birga ham xarakat qilishimiz mumkin. Barchasini murabbiy hal qiladi, chunki u kim jamoaga yordam bershini biladi. Men uning uchun xursandman, Genrix so‘ngi vaqtda juda ajoyib o‘yin namoyish qildi. U juda yaxshi yigit va asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq».
Bayi: Jarohat jiddiy emas
16.12.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Erik Bayi jarohati jiddiy emasligi borasida xabar berdi. Futbolchi kecha to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va uning jarohati jiddiy emasligi hamda tiklanish uchun ko‘p vaqt ketmasligi ma’lum bo‘lgan.
Bayi tvitterdagi rasmiy sahifasida quyidagi xabarni qoldirdi: «Xursand bo‘lib xabar berishim mumkin, mening jarohatim juda jiddiy emas. Ishonamanki, tez orada yana jamoamga yordam beraman. Qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat!».
Erik «Kristal Pelas» qarshi kechgan uchrashuvda oyog‘idan bir necha zarba qabul qilib olgan va 52-daqiqada Matteo Darmian uning o‘rniga maydonga tushgan edi.
Berbatov «Yunayted» ga qaytdi
16.12.2016

Dimitar Berbatov «Manchester Yunayted» ga qaytdi, faqat bir haftaga deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.
Bolgar OAV larining ham xabar bnrishicha «Yunayted» sobiq hujumchisi Karringtonda qishgi transfer oynasi ochilguncha jismoniy holatini tiklab olish maqsadida mashg‘ulot olib bormoqda. 35 yoshli Berbatov xozirda erkin agent maqomida va yanvardagi tarnsfer oynasi vaqtida o‘ziga yangi jamoa topish niyatida.
Dimitar shuningdek yaqin yillarda murabbiylik faoliyatini olib borish niyatida Joze Mourino bilan suhbatlashib olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Berbatov «Manchester Yunayted» safida 149 uchrashuvda maydonga tushib 56 gol urgan. Jamoani tark etgandan so‘ng «Fulxem», «Monako» va Gretsiyaning PAOK jamoalarida ham to‘p surgan.
Bayi yana jarohat oldi
15.12.2016

Yaqinda jarohatdan qutilib safga qaytgan «Yunayted» himoyachisi Erik Bayi «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan APL ning 16-turida yana jarohat olidi.
Futbolchi ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida harohat oldi bosh murabbiy uning o‘rniga maydonga Matteo Darmianni tushirishga majbur bo‘ldi.
Tez orada Bayi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tazilishi kutilmoqda va shu asosida futbolchning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Joze: O’yin qiyin kechdi
15.12.2016

Joze Mourino APL 16-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» va «Manchester Yunayted» (2:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«O’yin qiyin kechdi, ammo biz haqli ravishda zafar quchdik. Birinchi bo‘limda to‘pni to‘liq nazorat qildik, lekin ikkinchi taymda raqib tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va gol urdi. Keyin o‘yin tizgin yana biz tomonga o‘tdi. 20 daqiqa davomida «MYu»ni to‘xtatib bo‘lmadi».
««Kristal Pelas» darvozaboni Runining zarbasidan so‘ng ajoyib seyv qildi, Mata gol urdi, lekin u inobatga olinmadi. Nihoyat Ibrahimovich g‘alaba to‘pini kiritdi. Jamoaning o‘yinidan mamnunman», – dedi portugaliyalik murabbiy.
Shnayderlin «Everton» ga o‘tadi-mi?
15.12.2016

The Telegraphnashri xabar berishicha, «Everton» Morgan Shnayderlini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Liverpulshahri vakillari «Yunayted» vakillari bialn muzokara olib borishgan va futbolchi uchun 24 million funt mablag‘ taklif qilishgan.
27yoshli Shnayderlinga shuning«Vest Bromvich»ham qiziqish bildirmoqda, lekin «Everton» ushbu bahsda g‘olib chiqishga yaqin turibdi.Morgan o‘zi ham sobiq murabbiyi Ronald Kumanbilan yana birgalikda ishlashga qarshilik bildirmayapti.
Ushbu mavsumda Premer Ligada Shnayderlin bor yo‘g‘i 11 xarakat qilgan holos.
Mourino: Kimga yoqmasa, ketishi mumkin
14.12.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino qishda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqidagi savolga javob berar ekan, hech kimni jamoada olib qolishga harakat qilmasligini aytdi.
«Men har qanday futbolchi bilan bog‘liq takliflarni eshitaman. Shuningdek, futbolchilarning o‘zlari ham oldimga kelib, gaplashishlari mumkin. Kimgadir bu yer yoqmasa va yaxshiroq taklifga ega bo‘lsa, qarshilik qilmayman. Boshqa jamoani tanlagan hech bir futbolchini fikrini o‘zgartirishga harakat qilmayman» – dedi Joze FourFourTwo.ga bergan intervyusida.
Avvalroq, «MYu» bir qator futbolchilar, jumladan, Shvaynshtayger, Roxo, Darmiyan, Yang, Fellayni, Karrik, Memfis, Jonslarni qishda sotib yubormoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Zlatan: Agar Shvetsiyaga tashrif qilsangiz...
14.12.2016

«Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich instagramdagi rasmiy sahifasida o‘zining statuetkasi maketini namoyish qildi va quyidagi izohni qoldirdi.
«Agar siz Nyu-York shahriga borsangiz Ozodlik haykalini ko‘rasiz. Agar Shvetsiyaga tashrif qilsangiz esa – Zlatan statuetini ko‘rasiz».
Braimi «Yunayted» nishonida
14.12.2016

«Portu»yarim himoyachisiYasin BraimiYevropaning bir qator top jamoalari nigohiga tushmoqda.
A Bola nashri xabar berishicha «Portu»ning Chempionlar Ligasidagi so‘ngi uchrashuvini Aljirlik 26yoshli futbolchini kuzatish uchun 11 jamoaning skutlari tashrif buyurgan. Bular– «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Arsenal», «Vest Xem», «Yuventus», «Milan», «Napoli», «Atletiko», «Sevilya», «Monako» va «Marsel» vakillari.
Braimi «Portu»bilan tuzgan shartnomasi 2019yilda o‘z nihoyasiga yetadi va uni o‘zga taklif qilmoqchi bo‘lag jamoa 60 million yevrodan voz kechishi kerak.
Futbolchi joriy mavsmda Portugaliya chempionatida 7 uchrashuvda maydonga tushib 2 gol urgan.
Darmian: Qarorni murabbiy qabul qiladi
13.12.2016

Matteo Darmian «Manchester Yunayted» ni tark etishi borasidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.
Britan OAV lari 27yoshli italiyalik futbolchi qishda «Yuventus» yoki «Inter»jamolaridan biriga o‘tishi mumkinligini yozishayotgan edi.
«Men jahoning yirik jamosidan birida to‘p suraman, va men bu yerda baxtliman. Mavsum o‘rtasida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishim mumkinmi?Hozirda bu haqida o‘ylashga vaqtli.Men ishlashda davom etmoqdaman va bu yerda qolishni istayman».
«Qarorni murabbiy qabul qiladi. Mavsum boshida tarkibga kiritmaganimda ham tinimsiz ishlashda davom etdim,o‘zimga beriladigan imkoniyatdan foydalanish uchun, murabbyi menga imkoniyat bermoqda. Hozirda maydonga tushmoqdaman,va albatta men juda baxtliman. Men maydonda va mashg‘ulotlarda o‘zimning maksimum imkoniyatimni namoyon qilishga harakat qilmoqdaman. Eng muhimi –jamoa g‘alab qozonishida yordam berish».
«Mening pozitsiyam? Umuman olganda men o‘ng qanot himoyachisiman, lekin chap qanotda to‘p surish men uchun muammo emas. So‘ngi bir qancha uchrashuvlarda chap qanotda to‘p surmoqdaman va o‘zimni hozirda ushbu o‘rinda qulay xis qilmoqdaman».