13.12.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino klub yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning jarohatiga izoh berib o‘tdi.

Armanistonlik futbolchi «Tottenxem»ga qarshi (1:0) APL 15-turida jarohat olib, maydonni tark etgandi.

«Mxitaryanda jarohat jiddiy deb o‘ylamayman. Avvaliga jarohat og‘ir deb qo‘rqqandim. Fikrimcha, Genrix uzog‘i bilan ikki haftadan so‘ng safga qaytadi», - dedi portugaliyalik murabbiy.

Муҳокама

13.12.2016

«Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Eten» jamoasiga qarshi javob uchrashuvi 23 fevral kuni emas, 22 fevral chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Yevropa Ligasi pley-off bosqichida Fransiyaning ikki jamoasi «Sent-Eten» va «Lion» ishtirok etmoqda. Ikkala jamoaning o‘yingohlari orasi bir necha kilometr holos shu sababli «Sent-Eten» Yevropa Ligasi javob uchrashuvini payshanba kuni emas chorshanba kuni o‘tkazishga majbur.

2017 yil 22 fefral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 boshlanishi ma’lum qilindi.  

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» ning raqibi aniq

12.12.2016

Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Ligasi 1/16 bosqich qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda Fransiyaning «Sent-Eten» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. «Yunayted» dastlabki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi.

Yevropa Ligasining 1/16 final juftliklari:

«Anderlext» – «Zenit»

«Rostov» - «Sparta»

«Krasnodar» – «Fenerbaxche»

«Atletik» – APOEL

«Legiya» – «Ayaks»

«Astra» – «Genk»

«Manchester Yunayted» – «Sent-Eten»

«Vilyarreal» – «Roma»

«Ludogorets» – «Kopengagen»

«Selta» – «Shaxter»

«Olimpiakos» – «Osmanlыspor»

«Gent» – «Tottenxem»

«Borussiya» Menxengladbax – «Fiorentina»

AZ – «Lion»

«Xapoel» Beyer-Sheva – «Beshiktash»

PAOK – «Shalke»

Yevropa ligasining 1/16 final o‘yinlari 16 va 23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Муҳокама

12.12.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya chempionati 15 turida «Tottenxem»ga qarshi kechgan o‘yinda Pol Pogba jarimadan zarba bergani haqida fikr bildirdi.

«Men Pogbaga: «shu safar gol urganing ma’qul, chunki boshqa jarima to‘plarini senga bermayman», degandim. U esa darvoza ustunini nishonga oldi».

«Bu o‘yinda g‘alaba qozonish juda muhim edi. Chunki oxirgi vaqtlarda o‘zimiz istagan natijalarga erisha olmadik. Ammo o‘yinimiz yaxshi chiqayotgandi».

«Biz kuchli jamoani mag‘lub etdik, ular bizdan jadvalda oldinda ketayotgandi. Shunday ekan, oradagi farqni biroz yo‘qqa chiqardik».

«Yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonish - ajoyib uyg‘unlik», - deydi Ibrahimovich.

Муҳокама

12.12.2016

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Gari Nelvill joriy mavsum Joze Mourino boshqaruvi ostida jamoa yaxshi o‘yin namoyish etayotganini ta’kidlab o‘tdi. Garchi o‘tgan yili shu vaqtda Lui van Gal boshqaruvida mankunianliklar 5 ochko ko‘proq jamg‘arishgan bo‘lsada, bu yil «Manchester Yunayted» o‘yini ancha chiroyli ko‘rinish olgani ta’kidlangan.

«Oxirgi haftalarda Mourino muntazam tanqid qilindi. Jamoa g‘alaba qozona olmaganda, hatto yaxshi o‘yin namoyish etilgan bo‘lsa ham g‘alabalar kelishini aytadigan murabbiy ahmoqqa o‘xshab ko‘rinadi. Ammo bu yilgi jamoa o‘tgan yilgisidan yaxshiroq ko‘rinayotganini ta’kidlab o‘tish lozim. Garchi kamroq ochko jamg‘arilgan bo‘lsa ham jamoa o‘yini menga yoqmoqda», - deydi Nevill.

Муҳокама

12.12.2016

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti habar berishicha himoyachisi Antonio Valensiya APL 16-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi «Tottenxem» ga qarshi uchrashuvda o‘zining beshinchi sariq kartochkasini olgan va shu sababli bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Bungacha jamoaning to‘rt a’zosi Zlatan Ibragimovich, Maruan Fellayni, Pol Pogba va Ueyn Runi shunday diskvalifikatsiyaga yo‘liqishgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Bu adolatdan emas

11.12.2016

Joze Mourinoning fikricha, klubning APL jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turishi, jamoaning asl kuchini aks ettirmaydi. U Sky Sports kanaliga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan.

«O‘ylaymanki, bu adolatdan emas. Fikrimcha, biz ko‘proq ochkoga ega bo‘lishimiz kerak edi. Boshqa jamoalarni bizdan ko‘ra kuchliroq deb o‘ylash mumkin, ammo menimcha, bunday emas. G‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatgan holda, durang natija qayd etgan o‘yinlarimiz ko‘p bo‘ldi.

Agar duranglarni g‘alabaga aylantira olganimizda, Ligada yetakchilardan biri bo‘lar edik. Adolatsizliklarni esa mehnat bilan bartaraf etish eng yaxshi yo‘ldir.

Men jamoaning rivojlanishidan xursandman. Qabul qilgan jamoadan hozirgisi o‘rtasida yaxshi tomonga farq borligidan xursandman», — degan Mourinyu

Муҳокама

11.12.2016

Zlatan Ibragimovich Yevropa Ligasining payshanba kuni o‘tkazadigan o‘yinlari APLdagi ishtirokka ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

«Bizda dam olish uchun vaqt juda kam. Payshanba kungi o‘yinlar jamoani o‘ldirmoqda, ayniqsa meni. Men payshanba kunlari futbol o‘ynashga o‘rganmaganman. Endi tiklanishimiz uchun vaqtimiz bir kunga kam.Ishga qaytib, yakshanba kuni maydonga tushishga tayyorlanishimiz kerak», – deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltirgan Daily Mail.

«MYu» payshanba kuni Yevropa Ligasining guruh bosqichida «Zarya»ga qarshi o‘ynadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda, keyingi bosqichga chiqqandi. Mankunianliklar bugun «Tottenhem»ni qabul qiladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Joze: Mxitaryandan ma’mnunman

09.12.2016

Joze Mourino jamoa yarim himyachisi Genrix Mxitaryan ko‘rsatayotgan o‘yindan ma’mnun ekanligini aytib o‘tdi.

«Bu yigit o‘ziga hos ajoyib mentalitet sohibi. –U jamoaga moslashish uchun bor kuchi bilan jiddiy ishlamoqda».

«U tinimsiz ravishda – ham jismoniy, ham taktik ish olib bormoqda – iqtidorli futbolchilarda hammasi bo‘ladi, biz uni sotib olayotgan vaqtda buni bilar edik. Endilikda u Yevropa Ligasi, Premer Liga va Kubok o‘yinlariga ham moslashdi, u urgan gol Genrixning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi. Men undan ma’mnunman».

Муҳокама

09.12.2016

Zlatan Ibragimovich «Zarya» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda birinchi to‘pni kiritgan Genrix Mxitarya borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Birichi gol juda ajoyib bo‘ldi! Genrixda ajoyib tezlik bor, u to‘pni ham yaxshi nazorat qila oldi va vaziyatni to‘g‘ri tanladi, himoyachini oyog‘idan to‘pni yaxshi o‘tqazdi. Bu hammasi ajoyib bo‘ldi! U o‘zining goli bilan o‘yindagi intrigani qoldirmadi va u uchrashuvda yaxshi harakat qildi. Men Genrix uchun xursandman, chunki u ajoyib o‘yinchi, va o‘ylaymanki u shu ruhda o‘ynashda davom etadi».

«O’yin oson kechgani yo‘q. Maydonda juda og‘ir bo‘ldi va havo ham sovuq bo‘ldi, lekin bu sabab bo‘la olmaydi. Biz jiddiy ishlab, yaxshi natijaga erishish uchun harakat qildik. To‘g‘ri, bir qator oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik, lekin so‘ngida hammasini to‘g‘irladik. Yakunda biz uchun muhim bo‘lgan g‘alabaga erishdik».

«Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqayotganimda, o‘yladim isib olishim uchun albatta gol urishim kerak (deya, hazil qildi Zlatan)».

«Dam olish uchun bizda vaqt yo‘q. Yaxshi tiklanib olib yakshanba kungi uchrashuvga hozirlik ko‘rish lozim».

Муҳокама