Yevropa Ligasi 1/16 bosqich ishtirokchilari aniq
09.12.2016

Kecha bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi musobaqasi guruh bosqichining 6-turidan keyin 1/16 bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
12 dekabr dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Ligasi 1/16 bosqich qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda kim bilan to‘qnash kelishiga oydinlik kirtiladi.
Guruh bosqichidan chiqqan 24 jamoa tarkibiga Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni olgan 8 ta jamoa qo‘shildi va ikki saftga ajratildi.
1- savatda: «Fenerbaxche», APOEL, «Sent-Eten», «Zenit», «Roma», «Atletik Bilbao», «Ayaks», «Shaxter», «Shalke», «Fiorentina», «Sparta Praga», «Osmanlыspor», «Lion», «Tottenxem», «Beshiktash», «Kopengagen».
2-savatda: «Vilyarreal», «Xapoel», PAOK, «Krasnodar», «Genk», «Selta», «Gent», «Astra», «AZ Alkmar», «Anderlext», «Olimpiakos», «Manchester Yunayted», «Ludogorets», «Borussiya Myonxengladbax», «Rostov», «Legiya».
Nizomga ko‘ra, biri guruhdan chiqqan ikki jamoa va bir mamlakatning ikki vakili ushbu bosqichda to‘qnash kelmaydi.
Uchrashuvlar 2017 yilning 16 va 23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Guruhda birinchi bo‘lib chiqqan jamoalar dastlabki uchrashuvni mehmonda javob bellashuvini esa o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.
Odessaga 19 nafar futbolchi boradi
07.12.2016

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Yevropa Ligasi doirasida «Zarya» jamoasiga qarshi uchrashuvga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yhatini elon qildi.
Jamoa Odessaga bugun tongda yo‘l olgan. Jarohatdan qutilib safga qaytgan Erik Bayi ham ro‘yhatga kiritilgan.
Jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik, Matteo Darmian va Antonio Valensiyaga dam olish uchun imkon bergan bo‘lsa, Lyuk Shou va Kris Smolling jarohat sababli ro‘yhatga kiritilmagan. Bastian Shvaynshtayger Yevropa Ligasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan umumiy ro‘yhatga kiritilmaganligi sababli Oddesaga yo‘l olmadi.
Odessga yo‘l olgan umumiy tarkib quyidagicha:
Darvozabonlar: De Xea, Romero, Djonston;
Himoyachilar: Fosu-Mensa, Djons, Bayi, Roxo, Blind, Yang;
Yarim himoyachilar: Fellayni, Errera, Pogba, Lingard, Mata, Mxitaryan;
Hujumchilar: Marsyal, Reshford, Runi, Ibragimovich.
Mxitaryan: «Yunayted» bir qismi bo‘lish muhim
07.12.2016

Genrix Mxitaryan «Old Trafford» dagi faoliyatining dastlabki vaqtlari omadsiz chiqishida bosh murabbiy Joze Mourino emas o‘zi aybdor ekanligini aytib o‘tdi.
«Muammo murabbiy bilan emas, o‘zim bilan. Endi hozir hammasini tushinib yetdim, nega bunday bo‘lganini. Men nihoyat imkoniyatga ega bo‘ldim va undan foydalanishga harakat qilmoqdaman, men uchun «Manchester Yunayted» ning bir qismi bo‘lish juda muhim».
«Men «Siti» ga qarshi uchrashuvda yomon xarakat qilgan edim, shunday keyin o‘z ustimda ishlashda davom etdim. Menga yana bir imkon berilishini bilar edim. Murabbiyda mening pozitsiyamda to‘p suradigan 5-6 ta futbolchi bor, men jamoaga qanday yordam berishim mumkinligini bilaman».
Eslatib o‘tamiz, armanistonlik futbolchi «Yunayted» ning so‘ngi to‘rtta uchrashuvning uchtasida asosiy tarkibda maydonga tushib ikki bor uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topildi.
Ibragimovichni jazolanmaydi
07.12.2016

Angliya Futbol assotsiatsiyasi Zlatan Ibragimovichni jazolashga loyiq ish qilmaganini aytib o‘tdi.
«Everton» - «Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida Ibragimovich butsisi bilan Sheymus Koulman boshiga tegib ketgan edi. Ayrim Britan OAV lari ushbu vaziyatda Zlatan ataylab shunday qilganini aytib o‘tishgan edi. Ushbu vaziyatni o‘rganib chiqqan AFA futbolchiga nisbatan xech qanday jazo tayinlamaslikni aytib o‘tdi.
Shuningdek o‘yinda Markos Roxo tomonidan amalga oshirlgan qo‘pollik ham o‘z holicha qoldi. Futbolchi raqib futbolchisining oyog‘iga bergan zarba oqibatida hakam uni sariq kartochka ko‘rsatgan edi. O’yindan so‘ng bir qator futbol ekspertlari ushbu vaziyatda Roxoga qizil kartochka berish kerak ekanligini aytishgan edi.
AFA ushbu vaziyatni ham o‘rganib chiqib futbolchiga berilgan jazo asosli ekanligini va unga boshqa qo‘shimcha jazo tayinlamaganini aytib o‘tgan.
Mourino: Bayi safga qaytishi muhim
06.12.2016

Joze Mourino himoyachi Erik Bayini safga qaytgani borasida fikr bildirib o‘tdi. Futbolchi «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng 2 oyga safdan chiqqan edi.
«Biz uning qaytishini kutayotgan edik. Bir qator futbolchilar ketma-ket uchrashuvlarda maydonaga tushishmoqda edi, bizda boshqa tanlov yo‘q edi».
«Erik safga qaytishi – bu yaxshi yangilik, xatto u bir necha haftaga safga qaytgan bo‘lsa ham, tez orada u Afrika Kubogiga yo‘l oladi. Lekin, Yangi yil arafasidagi uchrashuvlarda u bizga juda kerak bo‘ladi. Bu muhim».
Qayd etib o‘tish kerakki, Fil Jons va Markos Roxo markaziy himoyada 5 ta o‘yindan beri to‘p surishmoqda, Erik Bayi Yevropa Ligasi doirasidagi «Zarya» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Pereyra: Mourino bilan doimiy muloqatdamiz
06.12.2016

Ijara asosida ispaniyaning«Granada»jamoasida to‘p surayotgan yarim himoyachi Andreas Pereyradoimiy ravishda Joze Mourino bilan muloqatda bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
«Biz Joze Mourino bilan har bir uchrashuvdan so‘ng doimiy ravishda suhbatlashib turamiz. Agar «Manchester Yunayted»kerak bo‘lsam, men doim tayyorman!».
«Men Ispaniyada katta tajriba to‘plamoqdaman. Men o‘ylashimcha, biz o‘yindan o‘yinga o‘sib bormoqdamiz va so‘ngi ikki o‘yin buni ko‘rsatdiki,biz to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz».
«Men bu yerga top-chempionatda o‘yin amaliyotiga yega bo‘lish uchun kelganman, va keyin «Yunayted»ga qaytib borib asosiy tarkibga kirish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman».
Fonte «Yunayted» ga o‘tishi mumkin
06.12.2016

The Telegrap nashri ishonch bilan xabar berishicha «Sautgempton»himoyachsi Joze Fonte yanvarda 5 million funt evaziga «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi mumkin.
Fonte amaldagi jamoa rahbariyati bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelisha olmayapti, futbolchi maoshi uchun haftalik 80 000 funt talab qilmoqda.
«Evertona» jamoasi yozda Fonte uchun 9 million funt mablag‘ taklif qilishgan edi, lekin yakunda «Sautgempton» futbolchini qo‘yib yuborishni istamadi.
Fontening agenti hisoblangan Jorje Mendesh murabbiy Joze Mourinoni ham agenti hisoblanadi. Shunday ekan futbolchining qishda «Old Trafford» ga tashrif buyurishi xaqiqatga yaqin qaralmoqda.
32 yoshli futbolchining «Sautgempton» bilan amaldagi shartnomasi 18 oydan so‘ng nihoyasiga yetadi.
Angliya Kubogi 3-bosqichiga qur’a tashlandi
06.12.2016

Angliya Kubogi 3-bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakuniga yetdi. Unga ko‘ra ushbu bosqichda «Manchester Yunayted» o‘z maydoni «Old Trafford»da «Reding» jamoasini qabul qiladi.
Eslatib o‘tish kerakki hozirda «Reding» jamoasini «Yunayted» ning sobiq himoyachisi Yap Stam boshqarmoqda.
3-bosqich uchrashuvlari 2017 yilning 6-9 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qur’a natijalarining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
«Ipsvich» — «Linkoln Siti» / «Oldxem Atletik»
«Manchester Yunayted» — «Reding»
«Barrou» — «Rochdeyl»
«Xall Siti» — «Suonsi Siti»
«Sanderlend» — «Bernli»
«Kuinz Park Reyndjers» — «Blekbern»
«Milluoll» — «Bornmut»
«Vest Xem Yunayted» — «Manchester Siti»
«Brayton end Xouv Albion» — «Charlton Atletik» / «Milton-Kins Dons»
«Blekpul» — «Barnsli»
«Uigan» — «Nottingem Forest»
«Birmingem» — «Nyukasl Yunayted»
«Chelsi» — «Notts Kaunti» / «Piterboro Yunayted»
«Midlsbro» — «Sheffild Uensdey»
«Vest Bromvich Albion» — «Derbi Kaunti»
«Everton» — «Lester Siti»
«Liverpul» — «Plimut Argayl» / «Nyuport Kaunti»
«Uikom Uonderers» — «Staurbridj»/«Nortgempton Taun»
«Uotford» — «Berton Albion»
«Preston» — «Arsenal»
«Kardiff Siti» — «Fulxem»
«Stok Siti» — «Vulverxempton»
«Kembridj» — «Lids Yunayted»
«Bristol Siti» — «Shrusberi Taun» / «Flitvud Taun»
«Xaddersfild Taun» — «Port Veyl»
«Tottenxem Xotspur» — «Aston Villa»
«Brentford» — «Istli»/«Galifaks Taun»
«Bolton Uonderers» — «Kristal Pelas»
«Norvich Siti» — «Sautgempton»
«Satton Yunayted» — «Uimbldon»
«Akkrington Stenli» — «Luton Taun»
«Roterxem» — «Maklsfild Taun» / «Oksford Yunayted»
Ibrohimovich: Bu og‘ir kurash edi
05.12.2016

«Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich «Everton»ga (1:1) qarshi kechgan Angliya chempionatining 14-turidan so‘ng o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shvetsiyalik futbolchi yakkakurashda «Everton» futbolchisi Sheymus Koulmanni boshiga urib yuborgandi.
«Bu to‘p uchun bo‘ladigan og‘ir kurash edi. Bir sharhlovchidan men uning boshiga ataylab urganimni eshitib qoldim, ammo bu teng tomonlama kechgan kurash edi».
«Ishoning, agar men kimnidir boshiga ataylab zarba beradigan bo‘lsam uni qanday berishni bilaman. Bunaqa paytda raqibim uxlaydi. Tushinarlimi?!», - deydi ESPN nashri karatechi so‘zlarini keltirib.
Mourino: Biz ishlashda davom etamiz
05.12.2016

«Manchester Yunayted» murabbiyi Joze Mourino «Everton»ga qarshi (1:1) uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bellashuv APLning 14 turi doirasida o‘tkazildi.
««Everton»ning penaltisi? Men hech qanday izoh bermoqchi emasman. Biz raqib jamoaga nisbatan ancha yaxshi o‘ynadik, natija maydondagi vaziyatni o‘zida aks ettirmadi».
«Omad kelishi uchun nimadir qilamanmi? Yo‘q. Biz hozirgidek ishlashda davom etishimiz lozim. Alohida o‘yinchilarning harakatidan juda ham mamnunman. Biz qisqa vaqt davomida beshta kuchli raqibga qarshi o‘yin o‘tkazdik», - deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi BBC.