05.12.2016

«Manchester Yunayted» muhlislari Antonio Valensiyani noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya topishdi. Bu xaqida jamoaning rasmity sayti xabar berdi.

Jamoaning Tvitterdagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Valensiya so‘rovnoma ishtirokchilarining 39 % ovoziga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlar Maykl Karrik hamda Zlatan Ibragimovich tegishli ravishda 32 va 29 % ovozga ega bo‘lishdi.

Antonio noyabr oyida jamoasining 4 ta uchrashuvida maydonga tushdi va ikkita golli uzatma berdi.

Муҳокама

03.12.2016

Joze Mourino haliyam yarimhimoyachi Bastian Shvaynshtaygerni o‘z rejalaridan chiqarib tashlamaganini ma’lum qildi. 

«Albatta, Shvaynshtayger yanvarda «MYu» bilan qolishi mumkin. Senda jamoa bilan shartnoma bo‘lsa, sen o‘z kelajagingni belgilashga haqqing bo‘ladi.

Bastian bizga yordam berishi mumkin. U ham boshqa futbolchilar kabi ko‘proq vaqt o‘ynashi uchun tinmasdan mehnat qilishi lozim. Yozda biz Shvaynshtaygerga kelajagi uchun boshqa bir qator variantlarni taklif qildik. Biroq u shunday sharoitda bo‘lishiga qaramay qolishga qaror qildi. U maydonga tushish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Menga bunday odamlar yoqadi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Mavsum boshida Mourino Bastian Shvaynshtaygerni o‘rinbosarlar jamoasiga jo‘natib yuborgandi. Keyinroq unga asosiy tarkib bilan ishlash imkoniyati berildi. Shvaynshtayger 30 noyabrda Angliya liga kubogi 1/4 final doirasidagi «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvda (4:1) zaxiradan maydonga tushib, mavsumdagi birinchi uchrashuvini  o‘tkazgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Pogba: Ortga qaytishimni bilgandim

03.12.2016

Pol Pogba joriy yilning yozida sobiq jamoasiga yana qaytgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Fransuz «Yuventus»ga o‘tish uchun 2012 yilda «MYu»ni tark etgandi, biroq 4 yil o‘tib futbol tarixidagi rekord summa – 105 mln yevro evaziga yana sobiq jamoasiga qaytdi.

«MYu» mening yuragimda, bu mening uyim. Men klubni 2012 yilda tark etganimda, yana ortga qaytishimni bilgandim.

Bu men uchun dam olish kunlaridek bo‘ldi, axir mohiyatan hech narsa o‘zgarmadi, men o‘sha odam bo‘lib qoldim», deb Pogbaning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal nashri.

Муҳокама

Янгиликлар /

Millen Baars «Yunayted»da!?

03.12.2016

Amsterdamning «Ayaks» jamoasining iqtidorli o‘yinchisi Millen Baars faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradigan bo‘ldi.

«Ayaks» U17ning 16 yoshli sardori «Old Trafford»ga o‘tishi haqida oktyabr oyidayoq ma’lum bo‘lgandi, hozirda bu xabarni uning otasi Stefan tasdiqladi. Baars uchun kurashda «MYu» Londonning «Chelsi» va «Arsenal» jamoalaridan o‘zib ketgan.

««Ayaks» — yoshlar bilan ishlashni ajoyib tarzda o‘zlashtirgan jamoa hisoblanadi. Biroq, Millen yangi sinovlarga tayyorligini bildirgan.

U Amsterdamda to‘qqizta mavsum o‘tkazgan bo‘lsa-da, har doim Angliyada «Manchester Yunayted» uchun to‘p surishni orzu qilgan», — deya Stefan Baars so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Муҳокама

02.12.2016

Antoni Marsyal «Manchester Yunayted» hisobidan 10 million yevro sariflanishiga sabab bo‘lishi mumkin deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

«Monako» bilan «qizil iblislar» ning 2015 yilda tuzgan shartnomasiga ko‘ra jamoa tarkibida 25 ta gol ursa fransuz jamoasi 10 million mablag‘ni qo‘lga kiitishi belgilangan. «Vest Xem» darvozasini ikki bora ishg‘ol qilgan Marsyal umumiy gollar sonini 21 taga yetkazdi va yana 4 ta gol ursa jamoalarning shartnomalaridagi yuqoridagi band amalga kiradi.

Antonii shuningdek yaqina orada «Monako» jamoasiga yana 10 million yevro foyda keltirishi mumkin, buning uchun u Fransiya terma jamoasida 25 ta uchrashuvda ishtirok etishi lozim. Hozirgacha u terma jamoada safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgirgan.

«Manchester Yunayted» bugungi kunga qadar «Monako»ga Marsyal transfere uchun 50 million yevro to‘lagan. Shundan 20 millioni 2015  yil avgust oyida, qolgan 30 million esa 2016 yil 1 iyuliga qadar to‘langan.

Napomnim, chto podrobnыe usloviya dogovora mejdu klubami stali dostoyaniyem obщestvennosti, posle togo kak raneye v etom godu dokument bыl opublikovan v internete.   

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Shnayderlin jamoani tark etadimi?

02.12.2016

«Manchester Yunayted» qishgi transfer oynasi vaqtida yarim himoyachi Morgan Shnayderlinni sotib yuborish niyatida deya xabar bermoqda Daily Telegraph.

«Qizil iblislar» 27 yoshli fransuz futbolchisi uchun 20 million funt sterling olish niyatida. Futbolchining xizmatiga hozirda «Everton» va «Vest Xem» jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Shnayderlin o‘tgan yili «Sautgempton» jamoasidan 24 million funtov sterlingga saotib olingan edi.

Futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 9 bor asosan zahiradan maydonga tushgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Menda kreativ jamoa bor

02.12.2016

Joze Mourino bunday ajoyib jamoani u hali boshqarmaganini va tez orada yaxshi futbol hamda g‘alabalar seriyasini kutayotganini ta’kidlab o‘tdi.

«Menda bunday kreativ jamoa, to‘pga egalik qilib,ko‘plab vaziyatlar yaratadiganjamoa xech qachon bo‘lmagan.  Lekin, avvalgi jamoalarimda bunchalik ko‘p durang qayd etilmagan. Men bu jamoaning ko‘p uchrashuvlarda g‘alaba qozonishini istayman, buning uchun ko‘p gol urish lozim,xuddi so‘ngi o‘yin kabi».

«Bizdaajoyib hujumkor futbolchilar bor, jamoa o‘yinni to‘g‘ri qura olmoqda, ular kreativ xarakat qilmoqdalar. Lekin, eng muhimi va bizga kerakligi bu gol».

Муҳокама

01.12.2016

PSJ klubi fransiyalik yosh hujumchi Antoni Marsiyalni o‘z safida ko‘rmoqchi, deb xabar bermoqda The Sun.

O‘tgan yili 36 million funt evaziga «Monako»dan sotib olingan 21 yoshli futbolchi mavsum davomida «Manchester Yunayted»ning yetakchisiga aylangandi.

Ammo jamoaga Joze Mourino kelgach, Marsiyalning ishlari u qadar yurishmayapti. Bu holat hujumchining Yevropa chempionatida qatnashib, mavsum boshida kerakli sport formasida bo‘lmagani bilan bog‘lash mumkin. Joze Mourino esa, ko‘p bora tarkibda yaxshi futbolchilar ko‘pligini va ularning har biri tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi kerakligini ta’kidladi.

«Marsiyal «Feyenord» bilan o‘yinga tayyor edi, ammo men 12 futbolchini tushira olmaymanku» – deb qarorini izohlagandi portugaliyalik murabbiy.

Ammo kecha bo‘lib o‘tgan «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda fransuz asosiy tarkibda harakat qildi va ikkita gol urdi. Manchesterdagi ko‘pchilik Marsiyalning eski sport formasini tiklab olishiga va yana jamoaning asosiy kuchlaridan biri bo‘lishiga ishonmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, Parij futbolchining Angliyadagi faoliyatini diqqat bilan kuzatishda davom etadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Men undan xursadman

01.12.2016

«Yunayted» bosh murabiyi Joze Mourin«Vest Xem» (4:1)  ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng Genrix Mxitaryan ko‘rsatgan o‘yinga alohida to‘htalib o‘tdi.

«Men uning o‘yininidan roziman, APL jamoasiga qarshi yaxshi o‘yin namoyish qildi va o‘zining xarakaterini va qobiliyatini ko‘rsatdi.

«Shuni aytishim kerakki u yanada kuchaya oladi. «Feyenoord»gaq arshi uchrashuvdan so‘ng buni o‘ziga ham aytganman premer-liga bu boshqa musobaqa. Mxitaryan nimaga qodirligini isbotlashga muvofaq bo‘ldi. Shunday ekan men undan xursadman».

«Biz uni sotib olgan vaqtdan, uning qachon moslashib ketishini kutgan edik. Ko‘rinishidan bu tez orada yuz beradi degan umiddaman.», – skazal Mourino.

Муҳокама

01.12.2016

«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi Angliya Liga Kubogi 1/4 finali «Vest Xem» (4:1) ga qarshi uchrashuvda sariq kartochka oldi. Bu orqali uning sariq kartochkalar soni 5 taga yetdi. Runi APL 14-turidan o‘rin olgan «Everton» ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur.

Shunday qilib Runi o‘zi faoliyatini boshlagan «Everton» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Муҳокама