Yarim finaldagi raqib «Xall Siti»
01.12.2016

Liga Kubogi 1/4 bosqichida «Vest Xem» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Manchester Yunayted» qura’ natijasiga ko‘ra «Xall Siti» bilan to‘qnash kelidgan bo‘ldi.
Dastlabki uchrashuv «Old Trafford» da javob uchrashuvi «Key Si Stedium» da bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning ikkinchi juftligidan «Sautgempton» va «Liverpul» jamoalari o‘rin olishgan.
Dastlabki o‘yin 2017 yil 10-11 yanvar kunlari, javob uchrashuvi esa 24-25 yanvar kuniga mo‘ljallangan.
«Yunayted» o‘yinida qo‘shimcha politsiyachilar
30.11.2016

The Daily Mail tarqatgan xabarga ko‘ra, Luganskning «Zarya» klubi Yevropa ligasining 6-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan tartibni saqlash maqsadida qo‘shimcha politsiya kuchlari bilan ta’minlanishi so‘ramoqda.
Ikkala jamoa ishqibozlari o‘rtasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvning oldini olish maqsadida 500 nafar politsiyachilar ish olib oradi. Odatda «Zarya»ning uy o‘yinlarida 200 nafardan ortiq politsiyachi xavfsizlik maqsadida jalb etilardi. 27 000 tomoshabinga mo‘ljallangan «Chernomorets» stadionida politsiyachilardan tashqari 140 nafar xususiy qo‘riqlash tashkilotlari xodimlari va 260 nafar styuard xavfsizlikni ta’minlashga intiladi. Qo‘shimcha politsiya patrullari stadion joylashgan hududga va Odessa markaziga joylashtiriladi.
Xarrison va Tomlinson «Yunayted» da
30.11.2016

The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Siti» jamoasining ikki nafar skauti Deyv Xarrison va Lindon Tomlinson 2017 yil 1 yanvardan boshlab «Manchester Yunayted» da faoliyati boshlaydi.
Deyv Xarrison hamda Lindon Tomlinson «Siti» akademiyasi tizimida yangi iqtidorlarni topish bilan shug‘ulanishgan va ularning harakatlari natijasida akademiya tizimi Angliyada ancha rivoj topib bormoqda.
«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord jamoa akademiya tizimini jiddiy tarzda rivojlantirish yo‘lida ish olib bormoqda va shu sababli dunyoning mashhur skautlarini jamoaga taklif.
Deyv Xarrison 2009 yildan buyon «Siti» da faoliyat yuritib kelmoqda, bungacha u «Lids» jamoasida ishlagan. «Yunayted» da u 23 yoshgacha bo‘lgan jamoaga iqtidorli fubolchilarni jamoaga jalb qilish bilan shug‘ullanishi kutilmoqda. Lindon Tomlinson ham «Siti» da 2009 yildan buyon ishlab kelmoqda va bungacha u «Bermingem» da faoliyat olib borgan.
«Manchester Yunayted» o‘z oldiga yil so‘ngiga qadar 40 nafar yangi mutaxassislarni jalb qilishni mo‘ljalagan edi. Ushbu mutaxassislar Akademiya va asosiy tarkibga iqtidorli futbolchilarni topishga yordam berishi lozim.
Shvaynshtayger maydonga tushishi mumkin!?
29.11.2016

Bastian Shvaynshtayger nihoyat chorshanba kuni maydonga tushishi mumkin.
Joze Mourino tomonidan asosiy tarkibdan chetlatilgan Bastian yozda o‘ziga klub topa olmagandi. Tarkibda bir qator muammolarga duch kelgan murabbiy esa, Shvaynshtayger haqidagi fikrini o‘zgartirgan ko‘rinadi. Germaniyalik yarim himoyachi ikki haftadan beri asosiy tarkib bilan birga shug‘ullanayotgan bo‘lsa, «Vest Hem»ga qarshi kechgan so‘nggi tur o‘yinida zayavkaga ham kiritildi.
Kechagi o‘yinda o‘zlarining beshinchi sariq kartochkalarini olgan Pol Pogba va Maruan Fellayni chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Liga Kubogi doirasidagi o‘yinni o‘tkazib yuboradilar. Shuningdek, Maykl Karrik va Morgan Shnayderlinning ham ushbu o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida. Shu tufayli Bastianning «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli katta.
Pogba: Omad bizga kulib boqadi!?
29.11.2016

Pol Pogba APL doirasidagi 13-tur, «Vest Hem» qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:1) fikrlarini bildira turib bu mavsumda jamoasiga omad kulib boqmayotganidan nolidi.
«Biz tez orada o‘zimizni la’natlangan deb hisoblashni boshlaymiz. Qaysi jamoa kelishidan qat’i nazar, u «Arsenal» bo‘ladimi, yoki «Vest Hem» to‘liq ustunlikka ega bo‘lmoqdamiz, ammo yuta olmayapmiz. Omad ertami, kechmi, bizga kulib boqadi. Men bunga va jamoamga ishonaman. Shunchaki kichik jihatlarga ham e’tiborni oshirishimiz kerak», - deya Pogbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mirror nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan 13 tur natijalariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 20 ochko to‘plab APL tarixidagi eng yomon natijasini qayd etib turibdi.
Karrik jarohat olmagan
29.11.2016

«Vest Xem» jamoasiga qarshi uchrashuvda qaydnomaga ham kiritlmagan yarim himoyachi Maykl Karrik jarohat borligi tahmin qilinayotgan edi. Futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. 35 yoshli futbolchi Kubok uchrashuvida maydonga tusha olmaydigan Pol Pogba va Maruan Fellaynini o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda David De Xea, Markos Roxo, Matteo Darmian, Deyli Blind, Ander Errera, Djessi Lingard, Xuan Mata, Eshli Yang, Memfis Depay, Genrix Mxitaryan, Ueyn Runi va Zlatan Ibragimovich ham to‘liq ishtirok etganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Mourino himoya chizig‘ini kuchaytiradi!?
28.11.2016

ESPN «Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoning jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirishga jiddiy kirishmoqchi ekanini yozmoqda.
Aytilishicha, Manchester klubi Madridning «Atletiko» klubidan urugvaylik yosh markaziy himoyachi Xose Ximenesni sotib olmoqchi. Madridliklar ushbu futbolchi uchun 42 million funt so‘rashlari mumkin va Mourino bunday transferga qarshi emas.
Hozirda jamoaning ikki markaziy himoyachisi Kris Smolling va Erik Bayi jarohat olgan. Jons- Roho juftligi murabbiy tomonidan maqtanilayotgan bo‘lsa-da, u qadar ishonchli to‘p sura olmayapti.
Jonsning jarohatga moyilligi va Kris Smolling mavsum boshlarida Joze Mourinoni u qadar qanoatlantirmaganini e’tiborga olsak, Xose Ximenes markaziy himoyada Erik Bayining doimiy sherigi bo‘lishi kutilmoqda.
Xose Ximenesning transferi yanvardayoq amalga oshishi mumkin.
Pogba va Fellayni Kubogni o‘tkazib yuboradi
28.11.2016

Yarim himoyachilar Pol Pogba va Maruan Fellayni Liga Kubogi 1/4 bosqichida «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi.
Pogba APL 13-turidan o‘rin olgan «Vest Xem» ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida APL dagi o‘zining beshinchi sariq kartochkasini oldi va shu sababli Liga Kubogi doirasidagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi bungacha «Uotford», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Bernli» jamoalariga qarshi uchrashuvda ham sariq kartochka olgan edi.
Shuningdek uchrashuvda Jonatan Moss tomonidan ogohlantirilgan Fellayni ham Liga Kubogi doirasidagi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Belgiyalik futbolchi «Xall Siti», «Manchester Siti», «Uotford» va «Liverpul» jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda ham sariq kartochka olgan edi.
«Yunayted» natijani takrorladi
28.11.2016

APL 13-turida «Vest Xem»ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynagan «Yunayted» futbolchilari o‘ziga xos natijani takrorlashdi.
Mankunianlar «Old Trafford»da o‘tkazilagan qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. So‘nggi marta bundan yomon ko‘rsatkich 1990 yilning fevral oyida qayd etilgandi.
Avvalroq «MYu» o‘z maydonida «Stok Siti» (1:1), «Byornli» (0:0) va «Arsenal» (1:1) bilan durang o‘ynagandi.
«Manchester Yunayted» oxirgi marta o‘z maydonida 24 sentabr kuni g‘alaba qozongan. O’shanda jamoa «Lester» ni 4:1 hisobida mag‘lub qilgandi.
Mourino diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
28.11.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
U Angliya chempionati 13-turida «Vest Hem» (1:1) ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi.
Telegraph nashrining yozishicha, endilikda, bosh murabbiy o‘zini munosib tuta olmagani uchun ikki o‘yinga chetlashtirilishi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis o‘yin bosh hakami Jonatan Mossning qaroriga norozilik bildirgani sababli qizil kartochka bilan siylangan edi. Moss keskin kurashlar bilan kechayotgan bahsning 27-daqiqasida simulyatsiya uchun Pol Pogbaga sariq kartochka ko‘rsatganiga javoban qiziqqonlik qilgan Mourino suv idishni tepib, yordamchi hakamga o‘z noroziligini bildirdi.