Mourino tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda
27.11.2016

Joze Mourino qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik mutaxassisning ro‘yxatidan 5 nafar futbolchi joy olgan - David Alaba (Bavariya), Viktor Lindelof (Benfika), Yulian Baumgartlinger (Bayer), Leon Beyli (Genk) va Andrea Belotti (Torino).
Ro‘yxat ichidagi futbolchilardan eng qimmati - Andrea Belotti bo‘lib, uning badal puli 94 mln yevroga teng.
Roxo: Yetakchilardan ortda qolyapmiz
27.11.2016

Markos Roxo chempionat yetakchisi «Chelsi»dan 12 ochko ortda qolayotgan bo‘lishiga qaramay, chempionlik uchun kurashish mumkinligini aytdi.
«Biz bir qator uy uchrashuvlarida g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdik. Raqiblarimizdan kuchli ekanimizni isbotladik. Ammo safardagi o‘yinlarimiz unchalik o‘xshamayapti va bu kishini g‘azablantiradi.
«Vest Hem» bilan o‘yin juda muhim. Biz Rojdestvodan oldin yaxshi pozitsiyada turibmiz. Bu davr ko‘p narsani o‘zgartira oladi.
APLda raqobat katta, biroq hammasi juda tez o‘zgaradi. Biz yetakchilardan ortda qolyapmiz. Ammo hozirda yaxshi formadamiz va sifatli o‘yin ko‘rsatyapmiz» — deya Roxoning so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.
Gvardiola: «MYu» chempionlikka da’vogar
26.11.2016

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer ligasida borayotgan kurash haqida gapirarkan, «MYu» chempionlikka da’vogarlar safida ekanini aytib o‘tdi.
«Manchester Siti»ga kelgunga qadar ham Angliya chempionatida kurash qizg‘in bo‘lishini bilgan edim. Menimcha chempionlikka da’vogarlar sakkiz yoki o‘n tur qolganida aniq bo‘lib qoladi.
Eng muhimi, mana shu poygada bo‘lish. Garchi YeChLda ko‘p o‘yin o‘tkazsakda hozir yetakchilar qatoridamiz. Bu guruhdan yana «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem» o‘rin olgan. Va albatta «Manchester Yunayted» ham borgan sari yaxshi o‘ynamoqda va chempionlikka da’vogarlar safida bormoqda», - deydi Gvardiola.
Mourino: Chempion bo‘lish imkoni bor
26.11.2016

Mourino garchi birinchi o‘rinda borayotgan «Chelsi»dan 12 ochko ortda qolishlariga qaramay chempionlik uchun imkon mavjudligini aytib o‘tdi.
«Men 18 oy muqaddam oxirgi marta chempion bo‘lganimda mening jamoam ikkinchi o‘rindan 10 ochko o‘zib ketgan edi. Ammo keyin bir oy ichida «Manchester Siti» bizga yetib oldi. Biz dekabr oxiri va yanvar boshida 10 ochko yo‘qotdik. Ammo keyin barchasi iziga tushib, chempion bo‘ldik.
Oradagi farqni yo‘q qilish uchun har doim imkon bor. Boshqa jamoalar ham ochko yo‘qotishlari turgan gap. Mavsum davomida ba’zan hammasi bizga qarshi bo‘lsa, boshqa vaqtda yordam beradi. Bizda hali chempion bo‘lish imkoni bor», - deydi Mourino.
Ibragimovich: Runi hurmatga loyiq
26.11.2016

Joriy mavsumdan ko‘plab o‘yinlarda zaxirada qolayotgan «MYu» sardori kecha Yevropa ligasi doirasidagi «Feynoord»ga qarshi bahsda o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatdi va Ibrohimovichning e’tirofiga sazovor bo‘ldi: «Bu favqulodda futbolchi».
«Birinchi navbatda aytish kerak, u ajoyib yigit. Men uni futbolchi va inson sifatida o‘rgandim. So‘z topolmayapman, bu favqulodda futbolchi.
Uning o‘yin sifatlarini va qilgan ishlarini to‘g‘ri baholash kerak. Men Runi kabi faoliyatini zo‘r o‘tkaza olgan angliyalik futbolchilar ko‘p deb bilmayman. Bu holat unga bo‘lgan hurmatni oshiradi. Runi katta hurmatga loyiq», – deydi Ibrohimovich.
Kerrik jamoa tumoriga aylanib bormoqda
25.11.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maykl Kerrik o‘z jamoasining omad tumoriga aylanib bormoqda.
Kerrik ushbu mavsum maydonga tushgan so‘nggi sakkiz uchrashuvda «qizil iblislar» biror marotaba ham mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Mankunianlar yarim himoyachi bilan barcha turnirlarda 22 ochko ishlashdi. Shu bilan birga, ushbu 8 ta o‘yinda 22 ta gol kiritildi.
Maykl Kerrik «Feyenoord»ga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvida 81 ta aniq pas berib, bahsdagi eng yaxshi ko‘rsatkich egasiga aylandi.
Runi Nistelroy rekordini yangiladi
25.11.2016

«Feyenoord» ga qarshi uchrashuvda gol urgan Ueyn Runi rasman jamoaning Yevro kuboklardagi to‘purar futbolchisiga aylandi. «Yunayted» sardori hisobida Yevropa kuboklarida urilgan 39 ta gol bor.
Avvalgi ko‘rsatkich Rud van Nistelroyga tegishli edi. U «Yunayted» safida Yevropa kuboklarida 38 gol urishga erishgan edi.
Shuningdek Runi ser Bobbi Charlton tomonidan amalga oshirilgan yan bir rekordni yangilash arafasida turibdi. Charlton «Manchester Yunayted» libosida 249 to‘p kiritgan bo‘lsa hozirda Runida 248 tani tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich tez orada yangilanish mumkin.
Mxitaryan: Bu haqiqiy quvoch
25.11.2016

Yevropa Ligasi doirasida «Yunayted» tarkibida «Feyenoord» ga qarshi uchrashuvda maydonga asosiy tarkibda tushgan Genrix Mxitaryan ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi.
Jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra armanistonliu futbolchi 71% ovoz to‘plab Ueyn Runi va Xuan Matani ortta qoldirdi.
O’yindan so‘ng BT Sport kanaliga Genrix intervyu berdi: «Bu haqiqiy quvoch– yana maydonga tushdim. Men bor kuchim bilan xarakat qilishga intildim, o‘ylashimcha, biz yaxsh natijaga erishdik».
«Uchrashuvni maydon tashqarisidan kuzatish juda og‘ir, lekin men qo‘limni pastga tushirmadim. Men yana jiddiy ishlab o‘zim uchun imkon berishlarini kutaman. Ushbu uchrashuv menga biror yangilik berishi mumkinmi? Juda ham hohlardim, hammasini vaqt ko‘rsatadi».
«Spartak» Depayni ijaraga olmoqchi
24.11.2016

Moskvaning «Spartak» jamoasi «Yunayted» hujumkor futbolchisi Memfis Depayni mavsum so‘ngiga qadar ijara olish niyatida.
Moskva jamoasi futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish niyatida. Jamoa rahbariyati hozirda «Yunayted» bilan aloqaga chiqish uchun xozrik ko‘rishmoqda
Depay ushbu mavsumda APL da 4 uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan holos.
Shuni alohida aytib o‘tish kerakki Depayning yaqin do‘stlaridan biri Kuins Promess ayni damda «Spartak» da to‘p surmoqda.
Ferdinand: Runiga nisbatan adolatsizlik qilishmoqda
24.11.2016

Rio Ferdinand o‘zining sobiq jamoadoshi Ueyn Runi borasida tarqalgan shou-shuli xabar borasida to‘xtalib o‘tdi.
«Men o‘ylashimcha, pressalar Runiga nisbatan adolatsizlik qilishmoqda. Ueyn Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynay olmasligi, va bunga tayyor emasligini bilgan».
«U oddiygina istiqomat qilayotgan mehmonxonada o‘z xonasidan chiqqan va ichgan, xech qanday tungi kulubga bormagan. U mehmonxona xavfsiz joy deya bilgan. Lekin tushinarliki hammada kamerali telefonbor, u kamera ob’ektiviga tushgan, va bu bilan hammasi avj olgan».
«Agar u tarkibga kiritilmagan ekan, u o‘z vaqtini erkin sariflashga haqli».