Mourinio: Bu uning uchun ideal joydir
24.11.2016

Joze Mourinio takidlashicha jamoa rahbariyati Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish niyatida.
«Zlatan bilan bog‘liq holat barchasi oddiy. Uning shartnomasi bir yilga mo‘jjallangan va yana bir yilga cho‘zish imkoniyati bor, va biz undan ma’mnunmiz».
«U bu yerda baxtli, «Manchester Yunayted» ga borini bermoqda va bundan u xursand. Bu uning faoliyatidagi so‘ngi katta chaqiriq bo‘lishi mumkin, shunday ekan bu uning uchun ideal joydir».
Shuningdek bu borada Zlatanning o‘zi ham «Yunayted» xaqida quyidagilarni aytib o‘tdi.
«Men 20 yildan beri futboldaman, va yana ko‘p muddat qolishim mumkin chunki o‘zimni juda yaxshi xis qilmoqdaman. Men yanada porloq bo‘lishim mumkin, va siz buni hohlasangiz, men sizlar uchun buni qilishga tayyorman» - deydi Ibragimovich.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» tarkibida 14 ta o‘yinda ishtirok etib 8 ta gol urishga erishgan.
Bayi qachon safga qaytadi?
23.11.2016

The Sun nashri xabar berishicha «Yunayted» himoyachisi Erik Bayi tiklanish jarayonini yaxshi o‘tkazmoqda va u kelasi haftadan kichik mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkin ekan.
«Chelsi» ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan himoyachi 2 oy maydonga tusha olmaligi xabar berilgan edi.
Nashir tomonidan berilgan xabarga ko‘ra futbolchidan hammasi xozirda yaxshi ketmoqda va Bayi 8 dekabrda maydonga qaytishi mumkinligini aytmoqda.
Erik shuningdek terma jamoa safida 2017 yil 5 fevralda Gabonda boshlanadigan Afrika Kubogida ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Bekhem: Rahmat Zlatan
23.11.2016

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem hozirda «qizil iblislar» safida to‘p surayotgan shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichning o‘yinlariga baho berdi.
«Uning harakatlari, hissiyoti, o‘yinga muhabbati – yillar davomida o‘zgarmay kelmoqda. U hamon dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
U endi «Manchester Yunayted» uchun, mening klubim uchun o‘ynayotganidan xursandman. Buning uchun, rahmat Zlatan.
Zlatan hamisha yuqori saviyadagi o‘yinni namoyish etadi, u g‘alaba qozonishni istaydi. Biz «PSJ»da birga o‘ynaganimizda bunga amin bo‘lganman. U chempionat o‘yinimi yoki mashg‘ulotmi farqi yo‘q – har doim g‘alaba qozonishni istaydi.
U bunga erisha olmasa, xuddi mening bolalarimdan biriga o‘xshab juda xafa bo‘ladi va g‘azabga tushadi. Zlatan men uchun – g‘olib», deya Bekhemning so‘zlarini keltirgan TV4Sport.
Mourino: U harakat qilmoqda va ishlamoqda
22.11.2016

Joze Mourino Genrix Mxitaryan nega asosiy tarkibda tushmayotganiga izoh berib o‘tdi.
«Men Genrixga «Arsenal» bilan o‘yinda tushish uning uchun emasligini aytdim. Oxirgi 10 yoki 20 daqiqada harakat qilish uni qoniqtiradi deb o‘ylamayman. Genrixga birinchi daqiqadan yoki butun ikkinchi bo‘limni o‘tkazadigan yaxshi o‘yin kerak».
«U o‘zini to‘la namoyish etishi uchun kamroq bosim va yaxshi sharoitlar kerak».
«Ha, u men ko‘rishni istagan holatga yaqinlashdi. Bugun men unga «Feyenoord» bilan o‘yinda tushishim haqida aytdim. Albatta, u mavjud vaziyatdan norozi, lekin Genrix vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qilmoqda va ishlamoqda», – degan Mourino The Telegraph nashriga.
Ibragimovich Shvetsiyada yil futbolchisi
22.11.2016

Hujumchi Zlatan Ibragimovich Shvetsiyada yil futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi deya xabar bermoqda GOAL nashri. 35 yoshli futbolchi bu mukofotga 10-bor ketma-ket loyiq ko‘rilmoqda.
Zlatan ilk bor ushbu unvonga 2005 yilda loyiq ko‘rilgan edi. Kelgusi yilda esa «Arsenal» ning sobiq yarim himoyachisi Fredrik Yungberg ushbu mukofotni qo‘lga kirtgan bo‘lsa, shundan so‘ng Ibragimovich o‘z mamlakatining birinchi raqamli futbolchisi deya qayd etib kelinmoqda .
«Buning barchasi fantastik tuyg‘u. Ko‘pchilik o‘ylashi mumkin: nega u? Lekin 15 yillik terma jamoadagi va 20 yillik klublardagi faoliyatim bunga yetadi deya o‘ylayman», — deydi Ibragimovich.
Alabani «Yunayted» nigohida
21.11.2016

Joze Mourino jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Bu xaqida The Sunday People nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra portugaliyalik murabbiy «Bavariya» himoyachisi David Alabaga katta qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» skautlari 24 yoshli futbolchini kuzatish niyatida Germaniyaga yo‘l olishgan.
Ushbu mavsumda Alaba barcha musobaqalarda 16 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 6 ta gollik uzatmaga bergan. Transfermarkt.de nashri futbolchini 45 mln. yevro deya baholamaoqda. Futbolchining «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga mo‘ljalangan.
Valensiya: Ularga katta rahmat
21.11.2016

«Manchester Yunayted» - «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuvni eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Antonio Valensiya jamoa tibbiy xodimlariga o‘z tashakkurini aytib o‘tdi.
Liga Kubogi uchrashuvida jarohat olgan futbolchi tibbiy amaliyotdan o‘tib safga qaytgan edi.
Antonio o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida jamoa tibbiy xodimlari bilan surat ostida quyidagicha izoh qoldirdi: «Afsuski bugun biz uch ochkoni ola bilmadik. Keyingi uchrashuv bundandan yaxshi bo‘ladi. Men «Manchester Yunayted» jamoasi tibbiyot xodimlariga katta rahmat aytmoqchiman. Meni tezroq tiklanishim uchun ko‘rsatgan yordamlari uchun katta rahmat».
Giggz: Mata juda aqlli
21.11.2016

«MYu» ning afsonasi Rayan Giggz vanihoyat Mata Jozeni ishonchini qozondi deb hisoblaydi.
O’z vaqtida Mour hamda Mata «Chelsi»da ishlashgandi, Mour esa uni ko‘p o‘tmay «qizil iblislar»ga pullab yuborgandi. Yozda Mour «MYu» ning bosh murabbiyi bo‘lgach hamma Mata uchun chiqish eshiklari ko‘rsatilishini tahmin qilgandi.
«Bir qancha vaqtdan keyin kerakli o‘yinlardagi kerakli gollari sabab asosiy tarkibni o‘ziniki qilib olishdan tashqari, Mata jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi. O’ylashimcha Mata asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lib bo‘ldi, uning muvofaqiyat kaliti o‘z ishiga professional tarzda yondoshishidadir. U juda aqlli, uning miyasi raqiblarga muammo tug‘diradi, agar uning atrofida tezkor o‘yinchilar bo‘lsa, u yanada xavfliroq» – dedi Giggz.
Maradona Mourinyuni qo‘llab quvvatladi
21.11.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Arsenal» ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng Diyego Maradona qo‘ng‘iroq qilib uni qo‘llab quvvatlaganini takidladi .
«Yunayted» bosh murabbiyi instagramdagi rasmiy sahifasida Maradonani rasmini qo‘yib quyidagicha izoh qoldirgan: «Ajoyib o‘yin, lekin yomon natijadan so‘ng Qirol Diyego qo‘ng‘iroq qildi… Rahmat, do‘stim! Senga, oila a’zolarimga, do‘stlarimga, futbolchilarga va «Yunayted» ning tarkorlanmas muhlislariga katta rahmat dushanba kuni men yana tayyor bo‘laman».
Vudvord: Hozircha xulosa chiqarishga erta
18.11.2016

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning ishiga baho berdi.
«Hozircha xulosa chiqarishga erta, mavsum yaqinda boshlandi. Oldinda yana 27 ta tur bor, biz liga Kubogining chorak finaliga chiqdik».
«Manchester Siti»ga qarshi bahs kuni (10 sentabr) Megastordagi savdo rekord darajaga chiqdi».
«Bundan tashqari, yangi futbolchilar tufayli futbolkalarga bo‘lgan talab katta, o‘tgan kvartal bilan solishtiradigan bo‘lsak, 20 foiz o‘sish bor» - deydi Vudvord.