«Manchester Yunayted» daromadlari qisqardi
18.11.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasining moliyaviy taqvimning birinchi kvartalidagi daromadlari miqdori 30 foizga qisqardi. Bunga jamoaning Yevropa chempionlar ligasida ishtirok eta olmagani sabab bo‘lgan.
Agar «MYu» kelgusi mavsumda ham Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa, jamoaning asosiy homiysi «Adidas»dan olinadigan yillik daromad ham 21 mln. funt sterlingga kamayadi. Bu umumiy daromadga yana 30 foiz miqdorida zarar keltiradi degani.
«Adidas» bilan tuzgan shartnomamizda agar jamoa ketma-ket ikki marta YeChLda ishtirok eta olmasa, shartnoma shartlari o‘zgarishi bo‘yicha band bor. Misol uchun biz 70 mln. funt olishimiz kerak bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 21 mln. funtga qisqaradi (49 mln qoladi)», degan klubning moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori Kliff Beti.
2016/2017 yilgi Yevropa chempionlar ligasida jamoaning ishtirok etmagani ham hozircha 30 sentyabrgacha bo‘lgan birinchi moliyaviy chorak hisob-kitoblarida daromadlarning qisqarganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, jamoaning daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 mln funtga (2,8 foiz) qisqarib, 120 mln funtni tashkil qilgan. O’yin kunlari tushadigan foyda 32,3 foizgacha qisqarib, 16,8 mln. funtga tushgan. Sof foyda 6,2 mln funtni ko‘rsatmoqda.
«Daromadlarimizning bu qadar qisqarishiga Chemionlar ligasida ishtirok etmayotganimiz sabab bo‘lgan. Ammo kelgusi yili ulkan daromad ishlash yo‘lidamiz», degan ijrochi direktor Vudvord.
Klubning tijorat yo‘lidan topgan pulidagina o‘sish kuzatilgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 530-540 mln funt sterling atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Mourinyu Angliya termasini aybladi
17.11.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Ueyn Runi bilan sodir bo‘lgan voqeada futbolchini emas Angliya terma jamoasi vakillarini ayibladi.
Sky Sports telekanali aytishicha Joze hujumchi Runi bilan xech qanday muammo yo‘q va u bilan terma jamoada sodir bo‘lgan voqeada murabbiylar shtabi va tibbiyot xodimlari ayibdor ekanliklarini aytib o‘tgan.
Mourinyu takidlashicha Angliya terma jamosi futbolchini qoidalarga zid xarakat qilishga imkon bermasligi lozim edi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, Ueyn Runi kecha britaniyalik qo‘shiqchi va jamoa muhlisi Olli Myors tashrif buyurgan mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etgan.
Giggz: Mata yaxshi o‘yinchi
17.11.2016

«Manchester Yunayted» klubining sobiq futbolchisi Rayan Giggz «qizil iblislar» yarim himoyachisi Xuan Matani jamoaning o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi va u haqda o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Mata yaxshi o‘yinchi. U vaziyatlar yaratadi va gol ham uradi. U o‘ziga xos professionallik va o‘ziga xos ajoyib sifatlardan biri. Umuman, Xuan har qanday jamoa uchun muhim futbolchi bo‘la oladi», – deydi Giggz.
Arana «Yunayted»ga kelishi mumkin
17.11.2016

Britan OAVlari «Korintians»jamoasining 19 yoshli chap qanot futbolchisi Gilerme Arana tez orada «Manchester Yunayted»ga kelishi mumkin. Futbolchining agenti o‘zining instagramdagi sahifasida «Manchester Yunayted» ofisidagi tushgan suratini joylashtirgan.
Arananing agenti Leo Karnachini Manchesterga seshanba kuni tashrif buyurgan va mijozining transferi borasida muzokara olib bormoqda.
Karnachini «Manchester Yunayted» ofisida tushgan suratda quyidagicha izoh qoldirgan: «Ajoyib insonlar bilan yana ko‘rishish juda yoqimli».
Britan tabloidlari Arana jamoaga qo‘shilishi Lyuk Shouni taqdirini xal qilishi mumkinligini aytishmoqda. Avvalroq Shouni bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan kelishmay qolgani aytilgan edi.
Runi qilmishi uchun uzr so‘radi
17.11.2016

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi bosh murabbiy Garet Sautgeyt va Angliya futbol assotsiatsiyasi mehmonxonalardan birida ko‘rsatgan hunari uchun uzr so‘radi.
«Ueyn bugun muxlislar tomonidan e’lon qilinib, bugun OAV orqali chop etilgan suratlar sabab rostan ham qattiq afsusda».
«Aslida bu butun jamoa uchun dam olish kuni bo‘lgan esada, bu tarzda olingan surat uning darajasidagi shaxsga to‘g‘ri kelmasligini yaxshi tushunib turibdi».
«Runi Garet Sautgeyt va FA i texnik direktori bilan suhbatlashib oldi va yuzaga kelgan vaziyat borasida chin dildan uzr so‘radi».
«Shuningdek u ushbu rasmni ko‘rgan yosh muxlislaridan ham uzr so‘raydi», — deyiladi Ueyn Runi nomidan yozilgan bayonotda.
«Yunayted» Keynni sotib olish niyatida
17.11.2016

«Manchester Yunayted» klubi hamon «Tottenxem» jamoasi hujumchisi Xarri Keynni sotib olish niyatida.
Squawka nashrining ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 23 yoshli Angliya termasi a’zosiga haftasiga 150 ming funt sterling maosh to‘lashga tayyor. Ayni damda futbolchi londonliklar safida haftasiga 60 ming ishlab topadi.
«Tottenxem» hujumchining maoshini haftasiga 100 ming funtga qadar oshirishga tayyor, ammo bu haqida muzokaralar to‘xtatilgan.
Avvalroq, «MYu» Keynning transferi uchun 50 million funtdan ortiq to‘lashga tayyor edi. Futbolchining «Tottenxem» bilan shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Unga shuningdek «Real», «Bavariya», «Chelsi» hamda «Manchester Siti» klublari qiziqishmoqdalar.
Joriy mavsumda Keyn hisobida Angliya chempionatining 6ta o‘yinida 3ta gol hamda bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«Yunayted» yo‘qotishlar bor
16.11.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino APL 12-turida Arsenal» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin tarkibda bir qator muammolarga duch keldi.
Sariq kartochkalar soni 5 taga yetganligi bois Zlatan Ibrohimovich maydonga tushmasligi aniq bo‘lib ulgurgan. Shuningdek, Antonio Valensiya jarohatdan forig‘ bo‘lgan bo‘lsada uchrashuvga to‘liq tayyor emas, himoyachilar Kris Smolling va Erik Bayi jarohatini davolash bilan mashg‘ul. Ueyn Runi va Maruan Fellaini terma jamoa yig‘ini vaqtida jarohat olishgan.
Karrik: Biz yuqorida bo‘lishni istaymiz
16.11.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maykl Kerrikning hisoblashicha, uning jamoasi mavsum oxirida yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
«Biz yuqorida bo‘lishni istaymiz. Yo‘l davomida pasayishlar bo‘ladi. Ammo bizni taslim bo‘ldi deyish kerak emas. Bu haqda gapirishga hali juda erta. Bizda kuchli futbolchilar va olg‘a intilish istagi bor».
«Hali Rojdestvo kelmadi. Ungacha ko‘p narsani o‘zgartirish mumkin. Mavsum oxirida turnir jadvalining yuqorisida bo‘lishimizga ishonaman», – deydi Karrik.
Runi shov-shuvga sabab bo‘ldi
16.11.2016

Angliyaning The Sun nashri «Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi ishtirokidagi mojaroga sabab bo‘ladigansuratni chop etdi.
Runi mehmonhonada spirtli ichmlik ichgandan so‘ng muhlislar bilan birga suratga tushgan va natijada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Terma jamoa yig‘inida ishtirok etayotgan Runi juma kuni jarohat olgan va yig‘inni tark etgan edi.
«Yunayted» futbolchilari terma jamoada
16.11.2016

Kecha «Yunayted»ning bir qator futbolchilari o‘z terma jamoalari tarkibida maydonga tushishdi.
Nihoyat yarim himoyachi Ander Errera «Uembli» stadionida Angliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga. Ander uchrashuvning 56 daqiqasida Tiago Alkantarani o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Ushbu uchrashuvda shuningdek Xuan Mata ham qatnashdi. Mata birinchi taymdan so‘ng almashtirlidi.
Angliya termasi safida esa Jessi Lingard uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Markus Reshford 67-daqiqada Jeymi Vardini o‘rniga zahiradan maydonga tushdi.
Matteo Darmian Italiya tarkibida Germaniyaga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa maydonda to‘p surdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga yetdi.
Fransiya terma jamoasi safida Kot-d'Ivuarga (0:0) qarshi uchrashuvda Pol Pogba 45 daqiqa to‘p surdi va zahiraga olindi.
Argentina darvozaboni Serxio Romero jamoasining Kolumbiya termasiga qarshi uchrashuvida to‘liq xarakat qilib jamoasining 3:0 hisobida g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi.