15.11.2016

«Manchester Yunayted»ning armanistonlik yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan klubning asosiy tarkibi uchun kurashda davom etishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlari Armaniston futbol federatsiyasi saytida keltirilgan.

«MYu»ga o‘tishi sabablari haqida

«Men Germaniyada ajoyib 3 mavsumni o‘tkazdim va dunyoning eng kuchli ligasiga, dunyoning eng nomdor klublaridan biriga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Otam hamisha meni bunday chaqiriqlarni qo‘rqmay qarshilashga o‘rgatgan. Men «MYu»ga o‘tish qarorini faoliyatimning navbatdagi bosqichi sifatida qabul qildim».

««Manchester Yunayted»ga o‘tishimda katta maosh asosiy o‘rin tutmagan. Buning futbolcha sababi bor: klubning shonli tarixi, muxlislar va dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri bilan birga ishlash ko‘proq o‘ziga jalb qilgan».

Angliyadagi qiyinchiliklar haqida

«Bu yerda quyosh kam chiqadi, ammo men Manchesterga plyajda yotish uchun kelmaganman (kuladi). Men shaharga moslasha oldim, chunki bu yerda odamlar menga do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Manchester – harakat to‘xtamaydigan shahar va men bu yerda yashashdan xursandman».

«Menga hozir faqat o‘yin amaliyoti yetishmayapti, lekin kelgusida bu ham bo‘ladi. Men tinimsiz o‘z ustimda ishlayapman va bu o‘z samarasini berishiga ishonaman».

Asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida

«Men qattiq ranjiyotganim yo‘q, bu ham faoliyatimning bir bosqichi. Men hech qachon to‘xtamayman va taslim bo‘lmayman. Yo‘limda to‘siqlar chiqqanida bu to‘siqlarni oshib o‘taman va maqsadga yetishmaguncha yo‘limni davom ettiraman».

«Hozirda menda o‘yin amaliyoti yetarli bo‘lmayapti, o‘zimni ko‘rsatishga imkon bo‘lmayapti. Shunday ekan men murabbiylar shtabi menga e’tibor qaratishi uchun qo‘limdan keladigan barcha ishni qilishim lozim».

«Men «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyatga erishishimga ishonaman. Men barchaga bu jamoaning va bu liganing yetakchi futbolchisi bo‘la olishimni ko‘rsatib qo‘yishni istayman».

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi jarohat oldi

15.11.2016

«Manchester Yunayted»sardori Ueyn Runi terma jamoa yig‘ini doirasida jarohat olib Manchesterga qaytib keldi. Bu xaqida Angliya FA rasmiy sayti xabar berdi.  

«Ueyn Runi Angliya terma jamoa yig‘inini tark etdi va «Manchester Yunayted»ga qaytdi. Futbolchi oyog‘idan kichik jarohat olgan va shu sababli murabbiylar uning xizmatlaridan vaqtincha foydalanmaslikni maqqul ko‘rishdi».

«Angliya terma jamoasining amaldagi bosh murabiyi Garet Sautgeyt «Uembli»stadionidan bo‘ladigan Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvda Runi xizmatlaridan foydalanmaydi va unga chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun o‘z klubiga qaytishga ruxsat berdi».

Xozircha futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekanligi aytilmagan.

Муҳокама

15.11.2016

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Xuan Mata ingliz futboli va muxlislik madaniyati borasida gapirib o‘tdi.

«Ingliz futboli – top-toza va haqiqiy. Muxlislar o‘zining voqealarning o‘rtasida turgandek his qilishadi.

Ba’zida ular jamoasini mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan darajada qo‘llab-quvvatlashadi. Hattoki jamoasining o‘yini chiqmay turgan taqdirdayam ular so‘nggi daqiqagacha sevimli jamoasini olqishlab turishadi.

Men ingliz futboli strukturasining ham sofligini qayd qilgan bo‘lardim. U yerda istalgan klub senga yetarlicha muammo tug‘dira olishi mumkin», – degan Mata.

Муҳокама

14.11.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Menimcha, Ronaldo iqtidorli futbolchi bo‘lgan. U eng qiyin vaziyatlardan chiqib keta olgan. Buni ajoyib tarzda amalga oshirgan. Ronaldo to‘pni olganda: «Men hozir bunga qayg‘uraman», degandek bo‘lar edi».

«Unga o‘xshash futbolchilar oldin bo‘lmagan va hozirgi kunda ham yo‘q. Unga qarab yosh avlod o‘yinchilariga: «Men boshqalardan jaralib turadigan shunday futbolchi bo‘lishni xohlar edim», degan bo‘lardim», – deydi Ibragimovich MUTVtelekanaliga bergan intervyusida.

Муҳокама

14.11.2016

Gollandiya terma jamoasi safida Lyuksenburgga qarshi uchrashuvda dublga erishgan «Manchester Yunayted» futbolchisi Memfis Depay unga «Everton» jamoasi qiziqish bildirayotgani borasidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.

««Everton»? bilmayman, nima ro‘y berishini ko‘ramiz.«Manchester Yunayted» da menga berilgan imkoniyatdan qo‘ldan kegancha bor kuchim bilan foydalanishga xarakat qilmoqdaman».

«Manchesterga yaxshi kayfiyatda qaytmoqdaman, terma jamoa o‘yinida maydonga tushdim, va g‘alaba qozondik. Bu eng muhimi».

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino futbolchilardan norozi

14.11.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Chelsi»ga qarshi Angliya chempionati uchrashuvidan (0:4) oldin mehmonxonaga sartarosh chaqirgan futbolchilardan norozi.

22 oktabr kuni, «Chelsi»ga qarshi bahsdan bir kun oldin «Yunayted» ning to‘rt futbolchisi (ularning orasida Markos Roxo va Serxio Romerolar bor) London mehmonxonasiga Manchesterdan sartarosh chaqirtirishgan.

Uchrashuvdan so‘ng yirik mag‘lubiyatdan g‘azablangan Mourino futbolchilarning ishidan xabar topib, boshqa narsalarga ko‘proq e’tibor bergani uchun ulardan norozi bo‘ldi.

Муҳокама

12.11.2016

Taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kapello Zlatan Ibragimovichni u 2004 yilda «Yuventus»ga kelishidan oldin ham yaxshi bilganini aytib o‘tdi.

«Ibragimovichda havas qilgulik texnika bor edi. Men «Yuventus»ga bosh murabbiy bo‘lganimda rahbariyatdan Zlatanni olib kelishni so‘radim. Men uni 1 yil oldinroq, «Roma» bosh murabbiyi ekanimda ham o‘z jamoamda ko‘rishni istagandim, ammo o‘shanda bizda Totti, Kassano, Batistuta, Montella va Delvekkio kabi yuqori saviyali hujumchilar bor edi.

«Yuventus»dagi ilk mashg‘ulotlardan keyin men Zlatanning zarbasi o‘ylaganimdan kuchsizroq ekanini payqadim. Ha, u bosh bilan o‘ynashda ham qoyilmaqom emasdi. U ko‘proq sheriklariga pas berishni xush ko‘rardi. Men esa u hujumni yakunlashda tez va hal qiluvchi qaror qabul qila olishga o‘rganishini istadim.

Unda texnik salohiyat yuqori edi, xuddi van Bastenda bo‘lganidek. Men Zlatanni Markoning videolarini ko‘rishga majburladim. Undan van Basten jarima maydoni ichkarisida qanday harakatlanishini va qanday qilib gollar urishini diqqat bilan kuzatishini so‘radim. Ibra barchasini to‘g‘ri tushundi. Uning natijalari bunga dalil.

Zlatan o‘zini takomillashtirish uchun kuniga ikki marta qattiq shug‘ullanardi. U o‘zi bilan faxrlanardi. Unga eng zo‘ri bo‘lish yoqardi», — degan Kapello Mediaset Premium efirida.

Муҳокама

12.11.2016

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz yoshlar jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. 

Klub yaqinda jamoani tark etgan Uorren Joysning o‘rniga aynan Skoulzni taklif qilmoqchi. Joys «Uigan» bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin, uning o‘rnida vaqtinchalik Niki Batt zaxira tarkibini shug‘ullantirayotgandi, 

O‘z navbatida Skoulz TV eksperti sifatida ish yuritayotgandi. Klub bu jamoaga Polni taklif qilmoqchi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mxitaryan: Chekinmoqchi emasman

12.11.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jamoada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramay, ortga chekinmoqchi emas. 

«To‘g‘ri, men jamoada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqdaman, ammo taslim bo‘lmoqchi emasman. Men «Manchester Yunayted» libosida to‘p surish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tdim, orzularim ro‘yobga chiqarshi yo‘lida menga narsa to‘sqinlik qilmaydi.

Chekinmoqchi emasman, maqsadimga erishish uchun o‘zimda kuch topa olaman», - deydi Mxitaryan. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Van Deyk «Yunayted» nigohida

08.11.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Sautgempton» himoyachisi Virgil van Deykni jamoaga olib kelish niyatida.

Portugaliyalik murabbiy, 23 yoshli himoyachi bilan «MYu» markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishi niyatida. Yaqin vaqtlar ichida muzokara boshlanishi kutilyapti va qishgi transfer vaqtida futbolchi jamoaga kelib qo‘shilishi mumkin. Hozircha transfer tafsilotlari to‘liq ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi joriy mavsum «Sautgempton» tarkibida 15 uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urishga erishgan.

Муҳокама