08.11.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Suonsi»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng (3:1) fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Smolling og‘riq tufayli to‘liq kuch bilan o‘ynay olmasligini his qildi. Shou esa bugun tongda maydonga tusha olmasligini aytdi. Shu bois himoya chizig‘ini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi».

«Blindda ham ba’zi muammolar bor edi, ammo u zaxirada o‘tirishga va jamoaga yordam berishga rozi bo‘ldi. Bu yerda siz ko‘rib turgan odamlar, men og‘ir o‘yinlarda ishona oladigan odamlardir».

«Sportning har bir turida - men buni shundan bilamanki, boshqa sport turlarida yuqori saviyada ishtirok etayotgan do‘stlarim bor - hatto 100 foiz tayyor bo‘lmaganingda ham maydonga tushishing lozim bo‘ladi».

«Mening bir do‘stim bor, u mashhur tennischi, uning aytishicha og‘riq bilan o‘ynagan o‘yinlarini ko‘proq yodda saqlab qolar ekan. Boshqalar bilan raqobatda bo‘lish uchun bor kuch va imkoniyatni sarflash lozim. Ba’zilar uchun bu madaniyat bilan bog‘liq, ammo men uchun emas».

«Botirlar bilan hatto biroz og‘riqqa ham ahamiyat qaratadiganlar o‘rtasida farq bo‘ladi. Agar men ko‘plab buyuk futbolchilar bilan gaplashganimda, ular og‘riq bilan ham o‘ynashga to‘g‘ri kelganini aytgan bo‘lardilar. Jamoa uchun hamma narsaga tayyor turish lozim».

«Albatta bu gaplar hamma futbolchilarga ham tegishli emas. Masalan, Fil Jons mashg‘ulot o‘tamay ham maydonga tushdi, Eshli Yang va Ueyn Runi uchun og‘riq bilan o‘ynash bemalol uddalanadigan vazifa».

«Futbolchilar men uchun maydonga tushadigan bo‘lsalar o‘zgarishlari lozimmi? Mutlaqo to‘g‘ri. Ammo mendan ham muhimroq - «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilish uchun o‘zgarish lozim», - deydi Mourino.

Муҳокама

07.11.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich sariq kartochkalar soni 5 taga yetganligi bois Angliya chempionatining 12-tur uchrashuvidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

«Suonsi»ga (3:1) qarshi bahsda shvetsiyalik futbolchi mavsumdagi 5-sariq karchtokachisini ishlab oldi shulardan 4 tasi APLda, bitta Angliya Liga Kubogida shu sababli kelgusi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur.

Муҳокама

07.11.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Suonsi»ga qarshi uchrashuvdagi (3:1) dubli haqida fikr bildirdi.

«Bilasizmi? 15 yillik faoliyatim davomida ko‘p gol urganman va buni davom ettiraman. Bu qanday ishlashini bilaman. Vaziyatlar yaratishda, raqib jarima maydonchasida o‘ynashda davom etsang gollar bo‘ladi, shu sababli havotirlanganim yo‘q edi. Asosiysi jamoa g‘alaba qozonishidir. Bu ishonch bag‘ishlaydi».

«Gol urishni istagan edim, bu sir emas. Gol urishni xohladim, chunki men jamoaga shunday yordam beraman. Jamoadoshlarimga vaziyatlar yaratib, ular gol urishini istayman. Buni bajarishda davom etarkanman, havotirlanmayman. Ha, so‘nggi uchrashuvlarda buni uddalay olmayotgandim, ammo vaziyatlar bo‘ladi. So‘nggi bahslarda biroz omadim kelmadi, ammo ishlashda davom etish lozim».

«Faoliyatimda 400 ta gol? Bu yoqimli rekord, biroq doimo o‘ylaydigan narsa emas. Ko‘proq gol urishga e’tibor qaratganman. Ba’zilarning o‘tkazgan uchrashuvlari gollarim soniga teng emas, shu sababli xursandman» - deydi Ibragimovich.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ibragimovich APL tarixiga kirdi

07.11.2016

«Manchester Yunayted» hujumichisi Zlatan Ibragimovich  APL 11-turidan o‘rin olgan «Suonsi» (3:1) ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib o‘ziga xos natijalarni ko‘rsatdi.

35 yoshli futbolchining kiritgan birinchi gol APL tarixidagi 25 000 gol bo‘lib qayd etilgan bo‘lsa ikkinchi gol futbolchining faoliyatidagi 400-goli sifatida tarixga kirdi. Zlatan 400 ta gol urish uchun 694 uchrashuvda maydonga tushgan. U avvalroq «Malme», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan», «Pari Sen-Jermen» jamoalari safida to‘p surgan edi.

Eslatib o‘tamiz 1992 yil 15 avgustdan start olgan APL turnirining birinchi golini «Sheffild Yunayted» a’zosi Brayn Din  kiritgan. 10 000 golni esa Les Ferdinand, 15 000 «Fulxem» himoyachisi Morits Fols (2006 yil 20 dekabr). 2011 yil 21 dekabrda esa «Aston Villa» hujmchisi Mark Olbrayton APL tarixidagi 20 000 golni Londonning «Arsenal» jamoasiga kiritgan edi. 

Муҳокама

07.11.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Suonsi»ga qarshi (3:1) APL 11-turidan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Uchrashuv davomida to‘pni yaxshi nazorat qildik. Ko‘plab vaziyatlar yaratib, ulardan unumli foydalandik».

«Himoyachilarni alohida ta’kidlab o‘tishim kerak. Eshli Yang o‘ng qanot himoyachisi emas, Darmian esa chap qanot himoyachisi emas. Shunga qaramay, himoyada yaxshi o‘ynadik. Fil Jons ham o‘zini ko‘rsata oldi».

«Bizga g‘alaba muhim edi. Chunki avvalgi turda o‘z maydonimizda «Byornli»ga ochko ulashdik. Terma jamoalar o‘yinlari oldidan yaxshi natija bo‘ldi», – dedi Mourino. 

Муҳокама

04.11.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «Fenerbaxche»ga qarshi kechgan o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Bizda oxirgi uch yil juda og‘ir o‘tdi. Kelgusi uch yil ham shu tahlita o‘tishi hech gap emas».

««Manchester Yunayted» ayni vaqtdagi tarkib bilan chempion bo‘lishga qodir emas. Men mana ikki yildirki depressiyadaman. Premer-ligadan bizdan kuchliroq bo‘lgan kamida uchta jamoa bor».

«Murabbiy almashtirishda davom etaversak nima bo‘ladi? Joze Mourino ishga kelmasidan avval bu jamoa kuchliroq bo‘lganiin anglayotganmikan?».

«Bu jamoani bir yarim yoki ikki yildan so‘ng tanib bo‘lmay qoladi, agar Mourino kelgusi to‘rtta transfer mavsumida uni o‘zgartira olsa. Ko‘ramiz, mankunianliklar Liga Kubogi yoki Angliya Kubogida g‘alaba qozona olarmikanlar. Balki Yevropa ligasida yutishar», - deydi Skoulz.

Муҳокама

04.11.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Fenerbaxche» jamoasidan mehmonda uchralgan mag‘lubiyat (2:1)dan so‘ng jamoasi o‘yinidan norozi bo‘ldi va  quyidagilarni aytib o‘tdi.

«Bizda barcha muammolar umumiy yondashuvdan boshlandi. Raqib ECHL finalida, biz esa mavsum oldi uchrashuvida o‘ynagandek. «Fenerbaxche»  jamoasi g‘alabaga juda haqli edi. Futbolda faqatgina sifat emas, harakatchanlik, fidoiylik, to‘liq kuch bilan o‘ynashga intilish va boringizni berishingiz juda muhim. Ikkinchi daqiqadayoq to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa - o‘yinga tayyor emasligi va shu jumladan ruhiy jihatdan ham».

Shuningdek, Joze Mourino yarim himoyachi Genrix Mxitaryan borasida ham fikr bildirib o‘tdi.

«Barchasi oddiy. U shunchaki ko‘proq ish bajarishi kerak. Bu jamoadan ko‘p narsa kutishadi va uning pozitsiyasida ko‘plab futbolchilar bor. Mxitaryan Mata, Lingard va Marsiyaldan yaxshiroq o‘ynashi kerak xolos».

«Har bir murabbiy o‘yinlarni g‘alaba qozonishni istaydi, har bir murabbiy yaxshiroq jismoniy holatda bo‘lgan futbolchidan foydalanadi. Bu yerda xech qanday boshqa gap yo‘q, mening sababim faqat shu».

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan ushbu uchrashuvda 10 sentyabrdan beri ilk marta «Yunayted» safida maydonga tushdi. 27 yoshli armanistonlik futbolchi 61-daqiqada zahiradan  Markus Reshford o‘rniga tushdi.

Муҳокама

04.11.2016

«Manchester Yunayted» muhlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra Xuan Mata jamoaning oktyabr oyida eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali o‘tkazilgan so‘rovnomada 90 mingdan ortiq muhlis ishtirok etdi.

Muhlislarning 44% ovozini olgan Xuan Mata birinchi bo‘ldi. Undan 198 ta (43%) ovoz kam to‘plagan Anderra Errera ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Antonio Valensiya esa 13% ovozga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Xuan Mata jamoa safiga kelib qo‘shilgandan buyon beshinchi bor ushbu nomga sazovar bo‘lmoqda.

Муҳокама

03.11.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasi doirasida «Fenerbaxche»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 «Qoidalar o‘zgardi, endi Yevropa Ligasi g‘olibi ChLga yo‘llanma oladi. Endi Yevropa Ligasi top klublar uchun ham ahamiyatli musoboqaga aylandi».

 «Albatta, men so‘nggi paytlardagi natijalarimizdan mamnun emasman, ammo jamoa o‘yini meni qoniqtiryapti. Ba’zida shunday bo‘ladiki, siz yutasiz ammo futbolchilar siz xohlagandek o‘yin namoish etmaydi. Mening yigitlarim juda yaxshi harakat qilishmoqda, natija esa ertami-kech albatta keladi» – deya Mourino so‘zlarini keltirmoqda ВВС nashri.

Муҳокама

03.11.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Matteo Darmian Yevropa Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Fenerbaxche»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bizni Turkiyada juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. «Fenerbaxche» yaxshi jamoa va kuchli tarkibga ega. Biz kurashga tayyormiz. «Manchester Yunayted» bu yerga g‘alaba qozonish uchun keldi» – deya Darmian so‘zlarini keltirmoqda «MYu» matbuot xizmati.

Муҳокама