Joys jamoani tark etdi
03.11.2016

«Manchester Yunayted» U23 yoshlari jamoasi bosh murabbiyi Uorren Joys jamoani tark etdi. Joys Chempionshipda to‘p surayotgan «Uigan Atletik» jamoasiga bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Joys «Yunayted» ga 2008 yilda kelib qo‘shilgan edi. U dastlab Sulsheraga yordam bergan bo‘lsa keyinchalik yoshlar jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Yoshlar jamoasi bilan 14 ta musobaqada qolib bo‘lgan.
Djoys shuningdek bir qator futbolchilarni tarbiyalashda katta ish olib borgan.
Uorren «Uigan» bilan uch yarim yillik shartnomaga imzo chekdi va jamosini shanba kuni Yap Stam boshchiligidagi «Reding» jamoasiga qarshi maydonga olib tushadi.
Mourinyu diskvalifakitsiya qilindi
03.11.2016

Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu tomonidan diskvalifikatsiya qilindi. Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berishicha Mourinoga ikki holat bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Birinchisi, murabbiy 2016 yil 14 oktyabrda «Liverpul» (0:0) jamoasiga qarshi o‘yindan oldin, bosh hakam Entoni Teylor borasida aytgan gaplari uchun bo‘lgan.
Ikkinchi ayblov esa «Byornli» (0:0)ga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng bosh hakam qarorlariga e’tiroz bildirganuchun deyilgan.
Umumiy olganda ushbu ikki holat yuzasidan Angliya futbol assotsiatsiyasi Joze Mourinoni 1 uchrashuvga diskvalifakitsiya qildi va 50 ming funt miqdorida jarimaga tortdi hamda ushbu holatni takrorlamaslik borasida ogohlantirildi.
Reshford: Uchrashuvni intizorlik bilan kutmoqdaman
02.11.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Yevropa Ligasidan o‘rin olgan «Fenerbaxche» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men bunday uchrashuvni intizorlik bilan kutmoqdaman, bu men uchun o‘ziga xos tajriba bo‘ladi».
«Eshitishimcha bizni u yerda iliq kutib olishmasligi mumkin. Shunday taqdirda ham biz professionallikni saqlab qolamiz. Bizning maqsad – o‘yin xaqida ko‘proq o‘ylabuch ochkoni qo‘lga kiritish».
«Shuningdek bunday atmosferadan roxat olish lozim, bunday imkoniyat yana qachon ro‘y beradi».
Turkiyaga yo‘l olgadigan tarkib aniq
02.11.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Yevropa Ligasi doirasida Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun yo‘l oladigan 21 nafar futbolchi nomini aytdi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jarohat sababli mavsum boshidan beri maydonga tusha olmayotgan Fil Jons ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan. Shuningdek Tim Fosu-Mensah, Genrikh Mhitaryan va Anthony Masyaial ham ro‘yxatdan o‘rin olishgan. Michael Karrik, Memfis Depay, Antonio Valensiya va Kris Smolling Manchesterda qolishgan.
Bir necha kun avval mashg‘ulotlarga qaytgan Bastian Shveynshtger ‘cf Yevropa Ligasi uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yhatiga kiritilmagan.
Umumiy ro‘xat quyidagi ko‘rinishda:
United squad: De Xea, Romero, Johnston; Blind, Jons, Darmian, Fosu-Mensah, Roxo, Shou; Fellaini, Errera, Mhitaryan, Lingard, Mata, Pogba, Shneiderlin, Yang; Ibrahimovich, Marsial, Rashford, Runi.
Anri: Ibrahimovich vaziyatdan chiqib keta oladi
02.11.2016

«Arsenal» jamoasining sobiq futbolchisi Terri Anri yangi mavsumdan «Manchester Yunayted»da to‘p surayotgan Zlatan Ibrahimovich APLning 6 turidan buyon gol ura olmayotganiga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Bungacha barcha savollar Ueyn Runi hamda Joze Mourinoga qaratilayotgandi, endilikda Ibrahimovich norozi fikrlar diqqat markazida qoldi. Zlatan o‘z faoliyati davomida ilk marta bunaqa vaziyatga tushdi. Chunki u hamisha gol urardi. U bu vaziyatdan chiqib keta oladi, men bilamanki, unda buning uchun kuchli xarakter va layoqat mavjud».
«Golsiz o‘yinlar, agar jamoa ham mag‘lubiyatga uchrasa futbolchining ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Agar jamoasi g‘alabali yurish qilganida vaziyat boshqacha bo‘lardi. Menimcha, muvaffaqiyatsizliklar Zlatanning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ta’sir ko‘rsatmoqda, axir u ham odam. Ammo unda barchasini hal qilish uchun barchasi bor», — deya Anridan iqtibos keltirgan Sky Sports.
Mata: Ularning hammasi yolg‘on
02.11.2016

«Manchester Yunayted» futbolchisi Xuan Mata jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirib o‘tdi.
«Mourinyu ikkalamiz o‘rtamizdagi munosabatlar haqida turli xil uydirmalar o‘ylab topilgan. Ularning hammasi yolg‘on».
«Qachon jamoaga yangi murabbiy kelsa, men faqat o‘zimni ko‘rsatishim va murabbiy ishonchini qozonish haqida o‘ylayman. O’z kuchimga ishonaman va bu narsa ish beradi. Oila a’zolarim ham shu haqida ko‘p so‘rashadi. Men ularga hammasi joyidaligini aytaman. Mourinnyu bilan oramizda hech qanday muammo yo‘q. O’rtamizda hech narsa ro‘y bermagan. Men «Manchester Yunayted»ga o‘ynash uchun kelganman. Joze bilan esa faqat professional munosabatdamiz. Boshqa hech narsa ruy bergani yo‘q. Bu haqida avval ham aytganman».
Eslatib o‘tamiz, Xuan Mata «Chelsi»dan ketishiga aynan Joze Mourinyu sabab bo‘lgandi. «Chelsi»dan «Manchester Yunayted»ga kelgach bu yerda ham eski qadrdoni Joze bilan duch keldi.
Xargrivz: Reshford chaproqda o‘ynashi lozim
01.11.2016

«Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Ouen Xargrivz mankunianliklarning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
«Menimcha «Manchester Yunayted»ning himoyadagi futbolchilari juda kuchli va boz ustiga jamoada Premer liganing eng yaxshi darvozaboni to‘p surmoqda. Balki Kerrik va Errerani o‘ngroqda, Pogbani esa chaproqda o‘ynatish lozimdir».
«Hujumda Reshford chaproqda o‘ynashi lozim, Mxitaryan esa o‘ngroqda. To‘g‘risini aytsam, «Manchester Yunayted»ning tarkibi Angliya chempionatida hech bir jamoadan kuchsiz emas. Ammo mavjud vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, jamoa kuchli to‘rtlikka kirishi juda qiyin masala», - deydi Xargrivz.
Lingard yangi shartnoma imzolaydi
01.11.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha Jessi Lingard «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
«Manchester Yunayted» akademiyasi bitiruvchisi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuda katta ta’sur qoldirgan va shu sababli ko‘p o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushib kelmoqda. Jessi shuningdek Angliya terma jamoasi tarkibida ham debyutini o‘tkazishga erishdi.
Lingard yangi shartnomaga ko‘ra «Old Trafford»da yana 4 yil to‘p suradi va haftalik maoshi 30 ming funtni tashkil etishi belgilangan.
23 yoshli futbolchi amaldagi shartnomasi 18 oydan so‘ng nihoyasiga yetadi va shu sababli jamoa bilan yangi shartnoma imzolash yuzasidan muzokaralarga kirishgan.
Shvaynshtayger mashg‘ulotlarga qaytdi
01.11.2016

Germaniyalik «Yunayted» yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger uzoq muddatli tanafusdan so‘ng yana asosiy jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Joze Mourinyu jamoaga bosh murabbiy bo‘lgandan so‘ng 32 yoshli futbolchi yakka tartibda mashg‘ulot olib borayotgan edi. Nihoyat Joze unga asosiy jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga ruxsat berdi.
The Daily Mail nashri tomonidan taqdim qilingan fotoda futbolchi yaxshi kayfiyatda Ueyn Runi bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib borayotgani aks ettirilgan.
Errera: Atayin qilmadim
31.10.2016

Ander Errera «Bernli» bilan o‘yinda (0:0) maydondan chetlatilganidan so‘ng hayotidagi eng og‘ir kunlardan birini boshdan kechirganini gapirib berdi.
«Bu juda g‘alati kun bo‘ldi. O‘yindan keyin Xuan Mata bilan gaplashganimda u ham men kabi ilgari bunaqa holatga tushmaganini aytdi. Biz 20 yoki 22 ta vaziyat sodir etdik. 90 daqiqa davomida to‘pni nazorat qildik va gol urolmadik. Bu shunchaki hayratlanarlidir. Shu kuni omad bizdan yuz o‘girdi. Umid qilamanki, biz qachondir adolat qaror topiishini ta’minlaymiz va 5-0 yoki 6-0 hisobida g‘alaba qozonamiz.
Men ikkala folni ham atayin qilmadim. Axir qo‘pol futbolchi emasman. Birinchi holatda tizzamni olib qochishga, raqibga urilmalikka harakat qilgandim. Ikkinchi vaziyatda esa shunchaki sirpanib ketdim», deydi klub rasmiy saytiga bergan bayonotida.