Янгиликлар /

Semedu «MYu» nishonida

28.10.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati Matteo Darmianning o‘rnini to‘ldirish maqsadida o‘ng qanot himoyachisi qidiruvini davom ettirmoqda.

O Jogo nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «MYu» «Benfika» jamoasining 22 yoshli himoyachisi Nelson Semedu bilan qiziqmoqda. Uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.

Ushbu mavsumda Semedu Portugaliya chempionatining 8ta o‘yinida maydonga tushib, bitta gol hamda golli pas amalga oshirgan.

Avvalroq, «MYu» qishda Fabino («Monako») yoki Sheymus Koulmendan («Everton») birini sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

Муҳокама

28.10.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Yunayted» o‘rinbosarlari murabbiyi Uorren Djoys «Uigan» bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

«Uigan» jamoasi rahbariyati seshanba kuni Gari Kalduellning xizmatlaridan voz kechdi va hozirda Djoysni ushbu lavozimga asosiy nomzod siftida ko‘rishmoqda.

51 yoshli Uorren Djoys 8 yildan buyon «Manchester Yunayted» o‘rinbosarlari bilan ishlab kelmoqdada, bu davr davomida u 5 bor chempionlik, 6 bor Manchester bosh Kubogi, 4 bor Lankaщir Kubkogi sohibiga aylangan. Shuningdek, Pol Pogba , Djessi Lingarda, Adnan Yanuzaya, Markusa Reshforda va boshqa bir qator futbolchilarni tayyorlagan.

«Uigan» jamoasiga yana bir nomzod sifatida «qizil iblislar» ning sobiq a’zosi Rayan Giggz qaralmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay «Roma» ga o‘tishi mumkin

28.10.2016

Gazzetta dello Sportnashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» hujumchisi Memfis Depay qishda ijara asosida «Roma» jamoasiga o‘tishi mumkin.Bu bo‘yicha rimliklarning sport direktori Rikki Massara shug‘ulanmoqda.

Nashrning xabariga ko‘ra, «Roma» jamoasi 22 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.

Memfis Depay 2015 yil may oyida «Manchester Yunayted» a’zosiga aylangan edi.

Xozirda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu asosan zahiradan maydonga tushirmoqda. 

Муҳокама

27.10.2016

«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Futbolchilar g‘alaba uchun barcha zarur ishlarni qilishdi va g‘alabaga haqli bo‘lishdi. Biz natijadan juda xursandmiz».

«O’tgan haftada ishlarimiz yurishmadi, ammo biz professionallarmiz. Salbiy natijalar tufayli muxlislar xafa bo‘lishdi. Shu bois bugungi o‘yin ularni xursand qilish uchun yaxshi imkoniyat edi. Biz buni uddaladik».

«Ha, bugun nisbatan kuchli tarkibni maydonga tashladim. «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat tufayli. Bu juda yoqimsiz mag‘lubiyat bo‘lgandi».

«Men hali bunday muxlislarni ko‘rmagandim. Biz o‘sha o‘yinda 0:4 hisobida yutqazayotgandik, ular esa bizni qo‘llab-quvvatlab, qo‘shiq kuylashda davom etishdi. Ularni «Chelsi»ga yutqazib, ranjitganimizdan juda afsusdaman».

«3 mavsumdan buyon yaxshi natijalarga erisha olmayotgan bo‘lsada, «MYu»ga muxlislarning muhabbati juda katta. Biz buning uchun minnatdorchilik bildirishimiz va g‘alabalar bilan ularga javob qaytarishimiz kerak», – degan Mourino.

Муҳокама

27.10.2016

Angliya Liga Kubogi 1/8 bosqichida o‘z maydonida «Manchester Siti» jamosini (1:0) hisobida mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l olgan «Manchester Yunayted» 1/4 bosqichni ham o‘z maydonida o‘tkazadi. Jamoaning keyingi raqibi Londonning «Vest Xem» jamoasi.

Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda:

«Liverpul» – «Lids»

«Manchester Yunayted» -«Vest Xem»

«Xall Siti» – «Nyukasl»

«Arsenal» - «Sautgempton»

Liga Kubogi 1/4 bosqichi o‘yinlar 2016 yil 29 va 30 noyabrya kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Муҳокама

26.10.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Liga kubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan uchrashuv arafasida bergan intervyusida o‘zining tumanli albiondagi hayotiga havas qilib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

«Qizil iblislar» boshqaruvini mavsum arafasida qabul qilib olgan portugaliyalik mutaxassisning yangi jamoasidagi ishlari ko‘ngildagidek yurishmayapti.

«Manchesterda uy sotib olaymi? Bilmadim, bilmadim... Vaziyat shunday, mening qizim keyingi haftada 20 yoshga to‘ladi, o‘g‘lim bir necha oydan keyin 17 yoshni qarshilaydi. Ularning rejalari bor... Londondagi universitet, Londondagi futbol, do‘stlar».

«Ular shunday yoshdaki, endi men bilan hamma joyga ham birga ketaverishmaydi. Birinchi marta shunday bo‘lishi, mening oilam butunlay boshqacha yashamoqda, men kabi emas. Biz umid qilamizki, bu vaziyatdan chiqib ketamiz va hayotimiz yangi bosqichga o‘tadi», — deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan SkySports.

Portugaliyalik murabbiy oilasi bilan ayriliqdan tashqari, britaniyalik paparatssilarning surbetligi ham uni qiynayotgani haqida aytib o‘tgan.

«Sizlarga paparatssilarning qandayligi ma’lum. Menga homiylik qiladigan mehmonxonalar va liboslar markalari uchun ularning borligi yaxshi, ularning nomlari har kuni gazetada chiqadi. Barcha bu mehmonxonalarni bilib oladi, barcha brendning yangi mahsulotlari kolleksiyasi do‘konlarda paydo bo‘lganidan xabardor bo‘ladi».

«Lekin men uchun ular haqiqiy falokat. Ba’zida men shunchaki sayr qilgim keladi, ammo bu ilojsiz ishga aylanadi. Men shunchaki ko‘prik ustidan yurib o‘tib restoranga borgim keladi, ammo bu ilojsiz ishga aylanadi — bu dahshat. Yaxshiki, smartfonimda taomlar buyurtma qilishim uchun ilova bor va men shundan foydalanishga majbur bo‘laman», — deya qo‘shimcha qilgan Mourino.

Муҳокама

26.10.2016

«Manchester Siti» sobiq himoyachisi Denni Millzning fikricha, «Manchester Yunayted» yulduzlari Zlatan Ibragimovich va Pol Pogbaga ularning jamoadoshlari halaqit bermoqda.

«Pogba va Ibragimovich - yuqori darajali futbolchilar. Ammo bunday ajoyib o‘yinchilarni o‘rtamiyona jamoaga yuborishsa, bu yigitlarning darajasi tushib ketadi, chunki jamoadoshlar ular o‘rganganidek yaxshi emas. Pol va Zlatan shunday biroz aziyat chekishmoqda. Ular sifatli qo‘llab-quvvatlashsiz qolishmoqda. Boshqa futbolchilar Pogba va Ibragimovichni pastga tortishyapti» - deydi Millz.

Муҳокама

26.10.2016

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Garet Sautgeyt hujumchi Ueyn Runi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Runi – Angliya terma jamoasi sardori. U Sloveniya (0:0)ga qarshi bahsda asosiy tarkibdan o‘rin olmagan bo‘lishiga qaramay, maydondagi futbolchilarga katta ta’sir o‘tkaza oldi».

«Runining yetakchilik qobiliyatlari terma jamoaning har bir yig‘inida ko‘rinib kelgan. Bu holat meni hayron qoldirgan. Atrofidagi boshqa futbolchilar unga qanday munosabatda bo‘lganini, hurmat qilganini ko‘rganman», – dedi Sautgeyt Dail Star xabarida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Bayi ikki oyga safdan chiqdi

26.10.2016

«Chelsi» ga qarshi uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan «Yunayted» himoyachisi Erik Bayi yaqin ikki oyi o‘tkazib yuboradi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Xabarda aytilishicha 22 yoshli ivuarlik futbolchi tizzasidan jarohat olgan va jamoasining 13 ta uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bunga futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng aniqlik kiritilgan.

Shuningdek futbolchi jarohati xaqida o‘zining instagramdagi rasmiy sahifasi orqali ham xabar bergan: «Jarohat olganimdan so‘ng meni qo‘llab-quvatlab yozgan xabarlar uchun barchaga rahmat. Men ishonamanki «Yunayted» asosiy tarkibiga ikki oylada qaytaman».

Муҳокама

25.10.2016

«Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Golden Boy mukofoti so‘rovnomasi yakuniga ko‘ra ikkinchi bo‘ldi deya xabar bermoqda Tuttosport nashri.

18 yoshli futbolchi so‘rovnoma yakuniga ko‘ra Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘lgan «Bavariya» yarim himoyachisi Renatu Sansheshdan ortda qolgan holos.

So‘rovnomada Yevropaning mashhur fransiyaning L'Equipe va France Football, nemislarning Bild, inglizlarning The Times, portugallarningA Bola, shuningdek «Sport-Ekspress» nashrilarining 30 nafar yetakchi jurnalislari ishtirok etishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu mukofotga «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal loyiq ko‘rilgan edi.

Муҳокама