25.10.2016

«Yunayted» hujumchsi Zlatan Ibragimovich va yarim himoyachi Pol Pogba 2016 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» ga nomzod bo‘lgan 30 nafar futbolchilar ro‘yhatiga kiritildi. 

Ikkala futbolchi ham PSJ va «Yuventus» jamoalari hamda terma jamoada ko‘rsatga o‘yinlar hisobiga ushbu ro‘yhatga kiritilishdi.

«Old Trafford» ga qaytib kelgandan so‘ng Pol Pogba «Oltin to‘p» uning uchun faoliyatidagi asosiy maqsadidi ekanligini aytib o‘tgan edi: «Men «Manchester Yunayted» tarkibida Premer Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni istayman. Va yakka tartibda «Oltin to‘p» ni qo‘lga kiritishni istayman».

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning kuzidan boshlab FIFA va France Football nashri o‘rtasidag hamkorlik bekor qilinli. 2010 yildan «FIFA Oltin to‘pi» bo‘lib kelgan mukofotni endilikda fransuz nashrining o‘zi topshiradi.

Муҳокама

25.10.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yindan (0:4) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz qayg‘udamiz, lekin bu vaziyat yosh bolalar uchun emas, erkaklar uchun. Ertaga biz erkak bo‘lib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Men hozir ko‘proq Premer-liga haqida o‘ylashni xohlardim, Liga kubogi [«Manchester Siti» bilan] haqida emas. APLdagi ishlarimiz yaxshi emas — 3ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya  va yetakchilar bilan farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. Raqibdan kuchliroq bo‘lganimizda ham ochko yo‘qotyapmiz, masalan «Stok» bilan o‘yindagi kabi».

«Endi biz g‘alaba qozonishimiz kerak. Oldinda «Byornli», «Suonsi», «Vest Hem», «Sanderlend» va «Midlsbro»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Men bu jamoalarni oson raqib demayman, ammo biz ularni yengishimiz shart. O’tgan haftada biz «Chelsi» va «Liverpul»ga qarshi bahslarda ishtirok etganimiz kabi top-5 jamoalari keyingi bahslarda o‘zaro o‘ynaydi. Bu o‘yinlarda yetakchilar ham ochko yo‘qotadi. Demak, biz hali chempionlik uchun kurashdan chiqib ketganimiz yo‘q».

«Buni yashirish kerakmas, qolaversa bu yuzimizda ham yozilib turibdi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.

APLning 9-turidan keyin «MYu» 14 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mxitaryan Mourinodan norozi

23.10.2016

Yozda «Borussiyadan» katta pullar evaziga xarid qilingan «MYu» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan bosh murabbiy Joze Mourinodan norozi ekanini bildirdi.

«Boshqacha murabbiy» Genrixni Yevropa ligasi doirasidagi «Fenerbahche»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagandi.

The Times nashri bergan xabarga ko‘ra, Mxitaryan «Fenerbahche» bilan o‘yinda maydonga tushish uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rgan. Ammo bosh murabbiy unga shoshilmaslikni, jarohatini yaxshilab tuzatib olishni maslahat berdi. Bu esa futbolchining noroziligiga sabab bo‘ldi. Genrix Mxitaryan ancha vaqtdan beri maydonga tushmayapti.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fergyusson: Ronaldu ideal inson

23.10.2016

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusson «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.

«Ronaldu – o‘rnak bo‘la oladigan ideal inson. U o‘zini o‘zi shu darajaga olib chiqdi. Ko‘plab murabbiylar birorta futbolchini yuqoriga olib chiqqanini aytishlari mumkin, ammo Ronaldu barchasiga o‘zi erishdi.

Biz faqat unga muvaffaqiyatga erishishi uchun vosita va maydon berdik. Uning mashg‘ulotga munosabati hayratlanarli  edi. U fantastik darajadagi futbolchi.

«Manchester Yunayted»da fantastik darajadagi futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Skoulz, Giggz, Kantona... Ammo Ronaldu barchasidan ham ajralib turadi», - deydi Fergyusson The Sun nashriga bergan intervyusida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Runi sotilmaydi

23.10.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hech qachon Ueyn Runini jamoadan ketishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

«Yo‘q, uni hech qachon sotmayman. Bunday obro‘ga ega futbolchidan klub ham, bosh murabbiy ham voz kechmaydi.

To‘g‘ri, uch o‘yin davomida uni zaxirada qoldirdim. Chunki qanchalik og‘ir bo‘lmasin, jamoa manfaatini futbolchinikidan ustun qo‘ydim.

Biz shunday sohada ishlayapmizki, unda ba’zan to‘g‘ri, ba’zan noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilamiz. Ammo har doim jamoa manfaatini ustun qo‘yishga harakat qilamiz» - dedi Mourino.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ouen: Runi meni hayron qoldirdi

22.10.2016

BT Sport eksperti Maykl Ouen «Manchester Yunayted» – «Fanerbaxche» klublari o‘rtasidagi o‘yin haqida o‘z fikrini bildirar ekan, Ueyn Runining penaltini tepmasdan Pogba va Marsiyalga imkoniyat berganidan hayron ekanini yashirmadi.

«O‘yindan oldin ko‘pchilik ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘n ikki yil oldingi o‘yinni eslashdi. O‘shanda Runining Manchesterdagi debyut uchrashuvi bo‘lgan va u xet trik qilgandi. Gollardan birini penaltidan kiritgan.

Yosh va dadil Ueyn penalti tepilayotgan vaziyatda kimsan Rayan Giggzga yon bosmagandi. Endi esa, u bemalol yosh sheriklariga bu imkoniyatni bermoqda. Axir Runining har bir goli Bobbi Charltonning rekordiga yaqinlashtiradi. O‘sha golni urganida esa, yevrokuboklardagi gollar soni bo‘yicha Ruud van Nistelroyga yetib olardi» – dedi Maykal Ouen.

Sobiq hujumchining fikricha, agar Runi bunday vaziyatlar ham yetakchilikni qo‘lga olishdan qochadigan bo‘lsa, sardorlik bog‘ichini ham topshirishi kerak.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Men Eynshteyn emasman

21.10.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Fenerbaxche»ga qarshi Yevropa Ligasi bahsida nega yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni o‘yin qaydnomasiga kiritmagani haqida aytib berdi.

«Biz Lingard, Mata va Marsyalni maydonga tushirdik. Men Eynshteyn emasman va maydonda bir vaqtning o‘zida to‘rt nafar vinger o‘ynaydigan taktik sxemani bilmayman. Genrix yuqori darajada o‘ynashi uchun ishlashda davom etishi kerak. «Fenerbaxche»ga qarshi bahsda u zaxirada o‘tirgandan ko‘ra, mashq qilgani yaxshi deb o‘yladim. Ammo u tez orada maydonga qaytishi mumkin» - deydi Mourino.

Муҳокама

21.10.2016

Yevropa Ligasi doirasida «Fenerbaxche» jamoasiga qarshi uchrashuvda dublga erishgan Pol Pogba o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ajoyib tuyg‘u va ajoyib jamoa bilan ish olib borish yoqimli. Biz yaxshi o‘yin namoyish qildik va ko‘p gol urdik. Bunday uchrashuvlarda g‘alaba qozonish yoqimli, va endi biz katta o‘yinlarga yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rasmiz. Bu g‘alaba biz uchun zarur edi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik, va albatta gol uragnimdan ham xursandman».

«Penalti ishlaganimiz yaxshi bo‘ldi. Uni Uazza (Runi) yoki men tepishim lozim edi, va men unga tepishn istayotganimni aytdim. Yakunda to‘p darvozadan o‘rin oldi, men bundan xursanman. Shuningdek jamoa sardori Ueyn bunday imkoniyatni menga ishrhonganidan xursandman».

Pol shuningdek Robin van Persi xaqida ham to‘htalib o‘tdi.

«O’ylashimcha, Robin –top darajadagi o‘yinchi. Afsuski menga u bilan to‘p surish nasib qilmadi, «Yunayted» ga qarshi yaxshi o‘ynadi va gol urdi. Men u uchun xursandman, muhlislar ham uni yaxshi qabul qilishdi».

Муҳокама

Янгиликлар /

Pogba: Bu munosib hurmat

21.10.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Pol Pogba «Fenerbaxche»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Fransiyalik futbolchi ushbu o‘yinda dublga erishdi va ulardan birini penaltidan urdi.

«Bu muhim o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alaba qozonishni istadik va guruh peshqadamiga aylandik. Navbatdagi o‘yinni intizorlik bilan kutamiz.

Penalti paytida Runidan uni menga berishini so‘radim. 11 metrli jarima zarba yo‘llash huquqini u menga berdi. Bu munosib hurmat. Bundan xursandman va unga minnatdorchilik bildiraman.

O‘zimni jamoada yaxshi his qilyapman. Mavsum endi boshlandi va hali uzoq yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak. «MYu» futbolchilari eng yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va hamisha yuqorida bo‘lishni istashadi», — deydi Pogba.

Муҳокама

20.10.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibragimovichning  jamoadagi o‘rni borasida aytib o‘tdi.

«U biz undan nima kutayotganimizni yaxshi biladi. Men undan xursandman. Oradan 6 yil o‘tib yana birgalikda u bilan ishlamoqdamiz, u o‘ziga xos ambitsiyalarga ega, maydonga tushish uchun bo‘lgan ishtiyoq kuchli. Bunday holat menga maqqul keladi. U doim yetuk jismoniy holatda va maydonga tushishga shay».

«U yechinish xonasida jamoaga kata ta’sir ko'rsata oladi. U jamoaning yosh futbolchilari uchun yaxshi na’muna, ularga ijobiy tomonlama o‘rnak bo‘la olishi mumkin», — deydi Mourinyu.

Муҳокама