Янгиликлар /

Mourino: Mxitaryan yashi holatda

20.10.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasi doirasida «Fenerbaxche» ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan ahvoli borasida ma’lumot berib o‘tdi.

«U ko‘p vaqt jarohat tufayli maydonga tush olmadi, endi Genrix mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etmoqda. U maydonga tushadi deya olmayman, ammo Mxitaryan jismonan yaxshi holatda va hozir u o‘zining yuqori darajasiga qaytadigan vaqti keldi. U maydonga tushish mumkin» - deydi Mourino.

Муҳокама

20.10.2016

Timoti Fosu-Mensa «Manchester Yunayted» bilan 2020 yil iyuniga qadar 4+1 ko‘rinishdagi yangi shartnoma imzoladi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

18-yoshli Fosu-Mensa «Yunayted» tarkibiga 2014 yilda kelib qo‘shilgan va jamoa Akademiyasida faoliyat olib borayotgan edi, so‘ngra jamoaning 21 yoshgacha bo‘lga tarkibiga qabul qilindi. Futbolchi o‘tgan mavsumda asosiy jamoa tarkibida «Arsenal» ga qarshi uchrashuvda debyut qilgan. Shundan so‘ng asosiy jamoa tarkibida 12 uchrashuv o‘tkazishga erishdi.

Yangi shartnoma borasida Timoti quydagilarni aytib o‘tdi: «Men «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolaganimdan bahtiyorman. Bu ajoyib jamoada o‘tkazayotgan xar bir daqiqadan roxat olmoqdaman. Men murabbiyim va jamoadaoshlarimdan doimiy ravishda o‘rganib o‘sishga erishmoqdaman. Jamoa tomonidan menga bildirigan ishonchni maydondagi o‘zimning yaxshi o‘yinimi bilan isbotlashga xarakat qilaman».

Shuningdek bosh murabbiy Joze Mourinyu ham qisqacha futbolchi xaqida to‘xtalib o‘tdi: «Tim – ajoyib potensialga ega yosh futbolchi. Men uning yangi shartnoma imzolaganidan xursandman, va uning hozirgi vaqtdagi o‘sishidan mamnunman. Har kuni mashg‘ulotlarda biror bir yangilik o‘rganmoqda, va ushbu mavsumda albatta u o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi». 

Муҳокама

19.10.2016

«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi jamoada doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, hamon har bir bahsda maydonga tushish uchun yetarli kuchga egaligini aytib o‘tdi.

«Menga har hafta maydonga tushishim mumkinligi haqida o‘ylash yoqadi. Bu murabbiyning qarori va uni hurmat qilaman. Kelasi haftada 31 yoshga to‘laman, ammo hali futbolda qiladigan ishlarim juda ko‘p».

«Faoliyatimdagi eng muhim sinov shumi? Yo‘q. Bu futbol. Men butun faoliyatim davomida asosiy tarkibda o‘ynab kelganman. Bu shunchaki yangi sinov holos. Albatta men maydonga tushishni istayman. Men tarkibga qaytish borasida ishlashda davom etishim lozim. Ishonchim komil, men bu imkoniyatdan foydalana olaman», - deydi Runi.

Муҳокама

19.10.2016

Bugun bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘l ostida 24 nafar futbolchi ishtirok etdi.

«Fenerbaxche»ga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida futbolchilari Antoni Marsiyal va Morgan Shneyderlenni maydonga tushirishi mumkin. 

Ikkala futbolchi ham o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etishdi. Shuningdek mashg‘ulotlarda armanistonlik futbolchi Mxitaryan ham to‘liq ishtirok etdi.  

Муҳокама

Янгиликлар /

Uilson jarohat oldi

19.10.2016

«Derbi Kaunti»jamoasiga ijaraga berilgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Jeyms Uilson yana jamoaga qaytdi. Bu haqida «qizil iblislar» rasmiy sayti xaba berdi.

20 yoshli Uilson Chempionship doirasida «Brentford» jamoasiga qarshi uchrashuv oldi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan va shu sababli futbolchi Karringtonga qaytib kelgan.

Jeyms avgust oyida «Derbi» jamoasiga ijaraga berilgan edi u 3 bor asosiy tarkibda va bir necha bor zahiradan maydonga tushdi hamda «Donkaster» jamoasiga qarshi uchrashuvda gol urishga erishgan edi.

Xabarlarga ko‘ra futbolchi mavsumni qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Nevill: Klub tayyor emas

19.10.2016

«Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi, ayni paytda Sky Sports eksperti Gari Nevill «Liverpul»ga (0:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini ma’lum qildi.

«Bu o‘yin «MYu»ning holatiga oydinlik kiritdi, klub chempionat g‘olibi bo‘lish uchun tayyor emas. Mourino «Chelsi»ga qaytganida, chempion bo‘lishga tayyor emasligini aytgandi. Bu ham shunga o‘xshash vaziyat.

Ayni paytda «MYu» - yetarlicha mahoratga ega emas. Bugun ularda standart vaziyatlar kam bo‘ldi, qarshi hujumlardagi o‘yini qovushmadi, katta kuch bilan himoyalandi.

Hozircha Mourinoga ishonch bildirilmaslikka sabab yo‘q. Bir mavsumni o‘zidayoq katta o‘zgarish qilish qiyin. Keyingi mavsumda esa ko‘ramiz» - dedi Nevill.

Муҳокама

18.10.2016

Morgan Shnayderlin va Antoni Marsiyal jarohat sabab 8-turdan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishgan. Ikkala futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda jarohat olishgan.

Hozirda futbolchilarning yakuniy holati yuzasidan aniq ma’lumot berilmagan.

Futbolchilarning  Yevropa Ligasi doirasida «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadigan «Fenerbaxchi» ga qarshi bahsda maydonga tushishlari so‘roq ostida.

Ertaga o‘yin oldi bo‘lib o‘tadigan matbuot andjumanida futbolchilarning holati yuzasidan jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu ma’lmot berishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jonston shartnomasini uzaytirdi

18.10.2016

Darvozabon Sem Jonston «Manchester Yunayted» bilan 2018 yilning yozigacha belgilangan yangi shartnoma tuzdi.

23 yoshli posbon 10 yoshimdan beri klubda, ammo hozirgacha asosiy jamoa safida birorta ham o‘yin o‘tkazgani yo‘q.

«Yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. 10 yoshimdan beri klubdaman va shu yerda o‘sdim desam bo‘ladi. 13 yil o‘tdi va klubdagi har bir kunimdan rohatlanganman. Har kuni yuqori darajadagi darvozabonlar bilan ishlayman va murabbiyga nimaga qodirligimni isbotlash uchun shu tajribadan foydalanmoqchiman» - deydi Jonston.

Муҳокама

18.10.2016

Manchester Evening News nashri «Manchester Yunayted» jamoasi jahoning eng ommabop jamoasi ekanligi e’lon qildi. «Qizil iblislar» «Real», «Barselona» va «Bavariya» jamoalariga nisbatan ko‘proq sport liboslarini sotgan.

Doktor Piterom Rolmannom va uning PR Marketing kompaniyasi 2011 va 2016 yilgacha bo‘lgan xisob kitobiga «Manchester Yunayted» o‘rtacha yiliga 1 750 000 futbol liboslarini sotgan. Ikkinchi o‘rindagi «Real» esa yillik 100 000 futbolga kam sotgan.

Beshinchi va oltinchi o‘rinlarda esa britaniyaning ikki jamoasi - «Chelsi» va «Liverpul» o‘rin olgan, «Manchester Siti» (yillik o‘rtacha 342 000 futbolka) esa 13 o‘rinda qayd qilingan. 

Муҳокама

17.10.2016

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 8-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan «qizil iblis»lar bosh murabbiyi Joze Mourino haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» inqirozdami? Kim bunday o‘yga bordi? Liverpullik 4 ta muxlisning oddiy suhbati-ku bu? Bunday bo‘lishi mumkin emas.

Mourino «MYu» bilan mavsum startini yomon boshlamadi. Ishonmasangiz, uni mavsum avvalida nechta o‘yinda g‘alaba qozonganini yodga oling?

Endi esa uni g‘alaba qozonsa ham tanqid qilyapsizlar. Bu bema’ni ish. Joze qanday qilib omadga erishishni yaxshi biladi. Uning jamoasi yaxshi yoki yomon o‘ynashi bu sizlarning ishingiz emas. Mourinoni tanqid qilishga katta sabab yo‘q.

Mourino YeChL musobaqasi shohsupasini men qatnashganimdan ham ko‘p bora qo‘lga kiritganini unutmaslik kerak.

O‘yin haqida nima deya olaman?

Agar biz «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘lsak hozirda Mourinoga berilayotgan savollar hamda tanqidlar yomg‘iri meni boshimda yog‘ishi aniq.

Mourinoni avval yaxshi murabbiy bo‘lgan kabi so‘zlarni maqullamayman», - deydi Klopp.

Муҳокама