Mourino: Qattiq xafa bo‘laman
17.10.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi hamda «Liverpul» muxlislarini oldindagi uchrashuv vaqtida «Hillsboro» va Myunxen fojialariga oid haqoratli hayqiriqlar aytmaslikka chaqirdi.
«Futbolda, agar shunday deb atash mumkin bo‘lsa, futbol fojialari ro‘y berib turadi. Bu — muhim o‘yindagi mag‘lubiyat, o‘yinchining xatosi. Qaysidir ma’noda buning ustidan kulish mumkin.
Lekin insoniy fojia — bu juda og‘ir va dahshatlidir. O‘ylaymanki, bu muxlislar o‘z hayqiriqlarida buni tilga olgan oxirgi holat edi. Chunki bu haqiqatdan katta fojia bo‘ladi.
Oldimizda turgan o‘yinda shunga o‘xshash holatni kuzatsam, qattiq xafa bo‘laman», degan Mourino.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» ishqibozlari «Liverpul» bilan o‘yinda «Hillsboro» stadionida yuz bergan fojiada mersisaydlik muxlislarning o‘limini eslatishgan, «Liverpul» muxlislari esa ularga javoban «MYu» asosiy tarkibi bo‘lgan samolyotning portlab ketishi bilan bog‘liq Myunxen fojiasi haqida aytishgandi.
Mourino: Futbol fojialari ro‘y berib turadi
17.10.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi hamda «Liverpul» muxlislarini oldindagi uchrashuv vaqtida «Hillsboro» va Myunxen fojialariga oid haqoratli hayqiriqlar aytmaslikka chaqirdi.
«Futbolda, agar shunday deb atash mumkin bo‘lsa, futbol fojialari ro‘y berib turadi. Bu — muhim o‘yindagi mag‘lubiyat, o‘yinchining xatosi. Qaysidir ma’noda buning ustidan kulish mumkin».
«Lekin insoniy fojia — bu juda og‘ir va dahshatlidir. O’ylaymanki, bu muxlislar o‘z hayqiriqlarida buni tilga olgan oxirgi holat edi. Chunki bu haqiqatdan katta fojia bo‘ladi».
«Oldimizda turgan o‘yinda shunga o‘xshash holatni kuzatsam, qattiq xafa bo‘laman», degan Mourino.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» ishqibozlari «Liverpul» bilan o‘yinda «Hillsboro» stadionida yuz bergan fojiada mersisaydlik muxlislarning o‘limini eslatishgan, «Liverpul» muxlislari esa ularga javoban «MYu» asosiy tarkibi bo‘lgan samolyotning portlab ketishi bilan bog‘liq Myunxen fojiasi haqida aytishgandi.
Pogba: Zlatan katta og‘am
17.10.2016

«Manchester Yunayted»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba o‘zining Zlatan Ibrahimovich bilan do‘stona munosabati haqida gapirdi.
«Zlatan men uchun katta og‘am kabi. Unda g‘oliblik mentaliteti mavjud, u buyuk futbolchi. U «Manchester Yunayted» uchun juda muhim futbolchi hamdir.
Mening jamoaga moslashishim uchun vaqt talab etildi. Mening transferim qiymatimi? Bu tufayli bosim ostida qolmadim. Eng asosiysi jamoam va uning g‘alabalari. Men g‘alaba vaqtida ham, mag‘lubiyat vaqtida ham jamoam bilan birga bo‘laman», dedi Pogba Telefoot efirida.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba va Zlatan Ibrhaimovich yozgi transferlar vaqtida «MYu» a’zosiga aylanishdi. Shvesiyalik futbolchi klub bilan erkin agent sifatida 1 yillik shartnoma tuzdi. Pogbani esa «Yuventus»dan 105 million yevro evaziga xarid qilishdi va u futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi sifatida qayd etildi.
Pogba APLning joriy mavsumida 6 uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi
Smolling: G‘alaba qozonishni istaymiz
15.10.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling APLning 8-turida «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bizni juda ajoyib o‘yin kutmoqda. Bu bahsda g‘alaba qozonishni istaymiz. Biroq «Liverpul» ham faqat g‘alaba uchun harakat qiladi.
Agar bu uchrashuvda g‘alaba qozonsak, tanqidlardan qutilardik», — deydi Smolling Dail Mail nashriga bergan intervyusida
Klopp: Runi kuchli hujumchi
15.10.2016

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionati 8-turi o‘yini oldidan «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Runi – ajoyib va kuchli hujumchi. O‘yinda har bir vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qiladi va ularning deyarli ko‘pchiligida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z maqsadiga erishgan. O‘ylaymanki, Runining jahon darajasidagi futbolchi ekanligiga shubha yo‘q», – deydi Klopp.
Pogba APL ning eng mashxur futbolchisi
14.10.2016

Pol Pogba va Zlatan Ibragimovich Premer Liganing eng mashhur futbolchilari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bu ma’lumot Sports Direct kompaniyasining Premer Ligisida to‘p surayotgan futbolchilarning nomi tushirilgan liboslari sotuvi to‘g‘risidagi xabaridan so‘ng aniq bo‘ldi.
Pol Pogba nomi tushirilgan futbolkalar sotilishi bo‘yichi birinchi o‘rinnida bo‘lsa, Zlatan ikkinchi o‘rinda. «Manchester Yunayted» ning yana ikki nafar a’zosi David De Xea oltinchi o‘rinda, Markus Reshford esa kuchli o‘nlikni yakunlab bergan.
To‘liq ro‘yxat quyidagi ko‘rinishda:
- Pol Pogba / «Manchester Yunayted»
- Zlatan Ibragimovich / «Manchester Yunayted»
- Aleksis Sanches / «Arsenal»
- Mesut Ozil / «Arsenal»
- Filippe Koutino / «Liverpul»
- David De Xea / «Manchester Yunayted»
- Sado Mane / «Liverpul»
- Dimitri Payet / «Vest Xem Yunayted»
- Eden Azar / «Chelsi»
- Markus Reshford / «Manchester Yunayted»
Mxitaryan va Shouda jaroxat bor
14.10.2016

The Independent nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan va himoyachi Lyuk Shou jamoaning APL 8-turi doirasidagi «Liverpul» ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Jamoa 27 yoshli arman futbolchisini jarohatni tiklash jarayonida ekanligi sababli terma jamoa yoig‘inlariga bora olmasligini xabar bergan edi..
Shou esa oyog‘idan olgan jarohatni tiklash bilan band.
Shu sababli «Yunayted» ning ikkala futbolchi dushanba kuni «Liverpul» ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi.
50 nafar skaut yollandi
13.10.2016

Goal.com nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi so‘ngi oylar ichida dunyo bo‘ylab iqtidorli futbolchilarni topish maqsadida 50 nafar skautlarni yolladi.
Jamoa iqtidorli kadrlarni topishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Yevropaning turli mintaqalaridan yetuk mutaxassislarni jalb qilgan. Bu orqali jamoa tizmlariga ham bir qator o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zga tutilgan.
Taklif qilingan skautlar yilda ikki bor olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot va jamoa uchun zarur bo‘lgan futbolchilar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishadi.
13.10.2016

«Manchester Yunayted» afsonasi Erik Kantona jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuni qo‘llab quvvatladi va jamoa chempionlik uchun kurash olib borishga imkoniyati borligini aytib o‘tdi.
«Bu hali boshlanishi, «Manchester Yunayted» chempion bo‘lishi uchun imkoniyati bor. Joze Mourinyu – muvaffaqiyatli murabbiy, hozirda u yaxshi jamoada, unda bu yil ajoyib futbolchilar bor».
«Lekin Premer Liga – judda qiyin chempionat, bu yerda bir qator yaxshi jamoalar va Pep Gvardiola kabi ajoyib murabbiylar bor».
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» so‘ngi bor 2013 yilda Ser Aleks boshchiligida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi, shundan so‘ng jamoa yettinchi, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelioqda.
Concha y Toro bilan shartnoma imzolandi
13.10.2016

«Manchester Yunayted» ning hamkorlaridan biri Chilining mashhur vino ishlab chiqaruvchi Concha y Toro – jamoa bilan yangi 3 yillik shartnoma imzoladi. Concha y Toro «qizil iblislar» bilan 2010 yildan buyon hamkorlik qilib keladi, yangi bitimga ko‘ra tomonlar 2019 yilga qadar hamkorlikda ish olib borishadi.
O’tgan 6 yil davomida Concha y Toro brendi dunyo bo‘ylab tanildi, mashhur Casillero del Diablo vinosi «Old Trafford» ga tashrif buyuruvchilar uchun judda maqqul kelgan.
«Manchester Yunayted» va Concha y Toro hamkorlikda AQSh va Chilidagi futbol maktablarida tadbirlar o‘tkazib turishadi. 2014 yilda korxona tomonidan chiqarilgan «Afsonaviy «Manchester Yunayted» vinosi» 300 000 shishada sotilgan.
Jamoa rahbariyati va Concha y Toro korxonasi hamkorlik ikki tomonga ham foydali bo‘lishini aytib o‘tishmoqda.