Matich qishda «Yunayted»ga o‘tishi mumkin
12.10.2016

«Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini «Manchester Yunayted» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu xaqida TMW nashri xabar bermoqda.
TMW nashrining xabariga ko‘ra, «Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino 28 yoshli serbiyalik futbolchini qishki transfer oynasi ochilganda o‘z jamoasiga safiga olib kelmoqchi va shu orqali jamoa markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
2014 yilda aynan Mourino Matichni «Benfika»dan «Chelsi»ga olib kelgandi. Matichga shuningdek Italiyaning bir qator jamolari ham qiziqish bildirishgan.
Pogba: To‘liq moslashish uchun xarakatdaman
12.10.2016

The Mirror nashriga «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba o‘zining yangi jamoasidagi holati yuzasidan qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
«Murabbiy menga ko‘rsatmalar bermoqda, men uni amalga oshirimoqdaman. Men to‘liq moslashish uchun xarakat qilmoqdaman. Albatta barcha futbolchi maydonga tushish uchun qo‘lidan kelgan ishni amalga oshirishga xarakat qiladi. Himoyada ham jamoaga ko‘proq yordam berishga intilmoqdaman. Jamoa tarkibida ko‘proq maydonga tushishni istayman».
Vilyalba «Yunayted» nigohida
12.10.2016

«Valensiya» jamoasi yarim himoyachisi Fransisko Vilyalba Yevropaning bir qator super jamoalari nigohida deya xabar bermoqda ispan OAV lari.
18 yoshli hujumkor yarim himoyachiga «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Barselona» jamoalari jiddiy tarzda qiziqish bildirishgan.
Fransisko Vilyalbaning «Valensiya» bilan shartnomasida futbolchi jamoani tark etishi uchun to‘lanadigan tovon puli qiymati 4 million yevro qilib belgilangan.
Nedved: «Yunayted» da o‘ynash istar edim
11.10.2016

«Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan «Yuventus» va Chexiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pavel Nedved vaqtida «Manchester Yunayted» da o‘ynash istagi bo‘lganini aytib o‘tdi. Bu haqida Metro nashri xabar berdi.
«Nimadan afsuslanaman? «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surmaganimdan, o‘ylashimcha u yer menga maqqul kelgan bo‘lardi Metro. Afsuski, menga taklif bilan chiqishmagan, Angliyada menga faqatgina «Chelsi» qiziqish bildirgan holos».
«Menga Pol Skoulza va Rayan Giggz vaыtidagi jamoa juda yoqardi, ularning o‘yini doim meni lol qoldirgan. «Yunayted» da bir qator ajoyib uchrashuvlarni o‘tkazgan hamyurtim Karl Poborskiga xavas qilaman. Men bilaman u ham jamoasini yaxshi ko‘rardi».
«Liverpul» muhlislari Teylordan norozi
11.10.2016

«Liverpul» jamoasi muhlislari «Manchester Yunayted» ga qarshi kechadigan uchrashuvni boshqarishga Entoni Teylor tayinlanganidan norozi bo‘lishmoqda.
Muhlislarning taqdim etayotgan ma’lumotiga ko‘ra 37 yoshli Teylor kelib chiqishi Manchesterdan va shu sababli uni uchrashuvni boshqarishi mumkin emasligini aytishmoqda.
O’tgan mavsumda ham xuddi shunga o‘xshash vaziyat yuzaga kelgan edi. Ushanda Liverpulning boshqa bir jamoasi «Everton» muhlislari Teylorni Angliya Kubogi yarim final uchrashuvini boshqarishini istashmagan edi.
Teylor so‘ngi bor «Yunayted» jamoasining uchrashuvini «Old Trafford» da «Sautgempton» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonganda boshqargan edi.
Mensa yangi sharnoma imzolaydi
11.10.2016

ESPN va bir qator britan nashrlarining xabar berishicha «Yunayted» jamoa himoyachisi Timoti Fosu-Mensa bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Yangi shartnoma 4 yilga imzolanishi kutilmoqda.
Xabarda aytilishicha 18 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma avgust oyida imzolanishi kerak edi lekin yakunda ushbu shartnoma imzolanmay qolgan. Shartnoma to‘liq tayyor va futbolchi unga imzo chekishi bilan rasmiy ravishda e’lon qilinadi.
Timoti xozirda Gollandiya 21 yoshgacha terma jamoasining tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda va ertaga Kipr yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
10.10.2016

TV eksperti Pol Merson «Manchester Yunayted» klubining muammolari haqida gapirdi.
«Bunday o‘yin bilan «MYu» kuchli to‘rtlikka kirolmaydi. Mourino futbolchilarni tanqid qilishni boshladimi, demak ular yaxshi o‘yin namoyish etolmayapti.
Chempionlar ligasiga qaytish uchun balki Yevropa ligasida g‘olib chiqishga urinib ko‘rilar, bilmadim. Ammo ayni paytda «MYu» bu musobaqaga jiddiy qaramoqda.
«Yunayted»da muammolar bor, Ibrohimovich va Pogba boshqalarga e’tibor bermay, o‘zini o‘ylamoqda. Mxitaryan deyarli maydonga tushmayapti. Runi esa avvalgi saviyasida emas» - dedi Merson.
Runi va Karrikning o‘g‘li akademiyada
10.10.2016

Ueyn Runi farzandi Kay va Maykl Karrikning o‘g‘li Jeysi «Manchester Yunayted» Akademiyasiga qabul qilindi deya xabar bermoqda Metro nashri.
Ikkala futbolchining farzandlari jamoaning «Kliff» dagi bazasida 25 nafar bolalar bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.
«Manchester Yunayted» akademiyasining dastlabki bosqichida yosh futbolchilar 10-11 yoshgacha ta’lim olishadi keyinchalik esa ular o‘quv shartnomasini imzolashadi. Ilk professional shartnomaga esa Akademiya tarbiyalanuvchilari 16 yoshga to‘lgandan so‘ng imzo chekishadi.
Runi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan!?
08.10.2016

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Garet Sautgeyt va terma jamoa sardori Ueyn Runi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Sautgeyt umumiy hisobda 434 million funt sterling to‘lamagan 400 nafar gumonlanuvchilar ro‘yxatida borligi aniqlangan. Gumonlanuvchilarning barchasi «Avatar» va Pi hayoti» filmlarini moliyalashtirgan Ingenious firmasiga pul tikkan.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi ham soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Runi ham pul tikish yo‘li bilan soliq to‘lamaslikga uringan. Ueyn bu ishni oxirgi 5 yil ichida 4 marotaba amalga oshirgan.
Agar Ueyn Runiga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa, Buyuk Britaniya soliq xizmati futbolchidan 3,5 million funt miqdorida jarima undirishi mumkin.
«Futbol afsonalari» tadbiri o‘tkazildi
07.10.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining bir qator sobiq futbolchilari Premer Liganing 25 yilligiga bag‘ishlab London shahrida o‘tkazilgan «Futbol afsonalari» tadbirida ishtirok etishdi.
Bu tadbirda «qizil iblislar» ning 7 nafar sobiq futbolchisi Stiv Bryus, Niki Batt, Dion Dablin, Rayan Giggz, Maykl Ouen, Gari Nevill va Robin van Persi tashrif buyurishdi.
Robin van Persining 2013 yil «Aston Villa» jamoasiga urgan goli Premer Liganing «Klub 100» a’zolari orasida eng yaxshi gol nomiga sazovar bo‘ldi. «Klub 100» a’zolari APL da 100 dan ortiq gol urgan futbolchilardan tashkil topgan.
«Klub 100» dan «qizil iblislar» ning 8 nafar a’zosi o‘rin olgan Giggz (109), Dablin (111), Ouen (150), van Persi (144), Pol Skoulz (107), Teddi Sheringem (146), Endi Koul (187) va Ueyn Runi (194).