Darmian qishda jamoani tark etadi-mi?
07.10.2016

«Inter» jamoasi rahbariyati «Manchester Yunayted» himoyachisi Matteo Darmian bilan jiddiy tarzda qiziqmoqda. Bu haqida Tuttosport nashri xabar tarqatdi.
Manbada aytilishicha, milanlik jamoa vakili himoyachi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Angliyaga yo‘l olgan.
«Neradzurrilar» qishda 26 yoshli italiyalik futbolchini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchilar.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinchi 2015 yilning yozida «MYu» safiga kelib qo‘shilgandi, ammo Joze Mourino qo‘l ostida joriy mavsumda Angliya chempionatining bironta o‘yinida maydonga tushmadi.
Reshford oyning eng yaxshi futbolchisi
07.10.2016

Markus Reshford «Manchester Yunayted» ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi, bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Reshford sentyabr oyida jamoaning 6 uchrashuvida maydonga tushib 3 ta gol urishga erishgan. Jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra u muhlislarning 45% o‘z ovozlarini Markusga berishgan. Ikiinchi o‘rinda Ander Errera (29%), uchunchi o‘rinda esa Zlatan Ibragimovich (26%).
Ushbu mavsumda Reshford jamoasining 9 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Markus jamoasining so‘ngi 3 o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Reshford ushbu mukofotga ikkinchi bor sazovar bo‘ldi, dastlab fevarl oyi yakuniga ko‘ra muhlislar uni oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishgan edi.
Mourino Marsyalga yordam bermoqda
06.10.2016

The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabi hujumchi Antoni Marsyalning hozirgi jismoniy holatidan xavotirda.
Marsyal o‘tgan mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchilari dan biri bo‘lgan va u Van Gaal qo‘l ostida 49 ta o‘yinda 17 ta gol urishga erishgan. Ushbu mavsumda esa Antoni o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino, futbolchining ruhiy holatiga turmush o‘rtog‘i Samanta va qizi Peyton bilan ajrashgani qattiq ta’sir o‘tkazgan deya hisoblamoqda.
So‘ngi vaqtlarda Joze Mourino Marsyal bilan ko‘proq muloqatda bo‘lib uning ruxiy holatini yaxshilashda va avvalgi darjada xarakatlanishiga yordam bermoqda.
Shuningdek Joze futbolchini «Stok Siti» darvozasiga kiritgan golini yuqori baholadi va bu gol uning avvalgi jismoniy holatini qaytishiga yordam berishini aytib o‘tgan.
But bosh skaut etib taynlandi
06.10.2016

Marsel But «Manchester Yunayted» jamoasining bosh skauti etib taynlandi.
53 yoshli gollandiyalik mutaxassis «Yunayted» ning asosiy va yoshlar jamoasiga futbolchilar qidiradi.
But bundan avval Lui van Galning murabbiylar shtabidan o‘rin olgan edi va raqib jamoalarni o‘rganish bilan shug‘ullanar edi.
Bundan avval mutaxassis «Feyenoord», AZ va «Bavariya» jamoalarida faoliyat olib borgan.
Maksimovich «Yunayted» safiga o‘tadimi?
05.10.2016

«Astana» jamoasi yarim himoyachisi Nemanya Maksimovich «Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilishi mumkin deya xabar bermoqda But Football Club nashri.
Nashrining xabariga ko‘ra «MYu» 21 yoo‘li futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan, futbolchining «Astana» jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2017 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Maksimovich Serbiya (U-19) yoshlar terma jamoasida Yevropa chempioni 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa bilan esa jahon chempioni bo‘lgan.
Serbiya terma jamoasida esa uch o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchiga shuningdek Rimning «Roma» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt.de nashri futbolchini 2 million yevro deya baholamoqda.
Runi: Markus ajoyib ketmoqda
05.10.2016

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Markus Reshfordni maqtadi.
«Markus uchun barchasi ajoyib ketmoqda. Ayni paytda u eng yaxshi yosh futbolchilar orasiga kiradi. Agar shunday ishlashda davom etsa kelajakda superyulduz darajasiga yetishi mumkin».
«O’tgan yil debyutidan keyingi o‘yinlarini inobatga olsak, Angliya terma jamoasida bo‘lishga to‘liq haqli», — deydi Runi.
Depay: Men o‘ynashni hohlayman
05.10.2016

Memfis Depay agar zahira o‘rindig‘ida qoladigan bo‘lsa «Manchester Yunayted» ni tark etishi mumkinligini aytib o‘tdi.
22 yoshli futbolchi «Old Trafford» ga 2015 yozida kelib qo‘shilgan edi, bir necha muvaffaqiyasiz o‘yinlardan so‘ng u zahira o‘rindig‘ida qolib ketayotgan edi.
«Zahira o‘rindig‘idagi joy men uchun emas. Men bunday darajadagi futbolchi emasman. Bu mening orzuimdagi jamoa, lekin men o‘ynashni hohlayman».
Depay shuningdek Joze Mourinyu jamoani yuqori bosqichga olib chiqishi borasida ham aytib o‘tdi.
«Mashg‘ulotlar ajoyib tarzda o‘tmoqda, men sog‘ salomatman va yaxshi jimoniy holatdaman, buni boshqa futbolchilarga nisbatan ham aytish mumkin. Jamoa yuqori daraja tomon odimlamoqda, xuddi Mourinyu –top-darajada bo‘lgani kabi. Joze menga ishonishini o‘zimga ham va pressalar orqali ham aytib o‘tgan».
Runi: Muhimi jamoa g‘alaba qozonishi
05.10.2016

Angliya terma jamoasi uchrashuvi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Ueyn Runi jamoadagi holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
«Hammasi ko‘rinib turibdi, hozirda «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida maydonga tushamayapman, lekin men jiddiy ravishda ishlab, tarkibga qaytish uchun barcha ishni qilishga tayyorman. Ishonamanki o‘zimga beriladigan imkoniyatni qo‘ldan chiqarmay foydalanaman».
««Manchester Yunayted» dagi jamoadoshlarim va murabbiylarning qo‘llab quvatlashlarini doim xis qilib turaman. Albatta, o‘ynashni istayman, lekin eng muhimi bizning jamoa g‘alaba qozonishi».
Ueyn shuningdek terma jamoadagi o‘rni borasida ham aytib o‘tdi.
«Men bilmayman, qaysi o‘rinda harakatlanishni, buni Garetdan so‘ragan maqqul. Men qaysi pozitsiyada o‘ynashim hujumdami, yarim himoya chizig‘idami yoki «o‘nlikda» -buni murabbiy hal etadi. Bu savolga ko‘p bora javob berganman, yana bir bor takrorlayman: murabbiy meni qayerda o‘ynatishni istasa, men o‘sha yerda o‘ynashga tayyorman».
Mata: Bu o‘yindan juda jahlim chiqdi
04.10.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata Angliya chempionati 7-turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan o‘yindagi 1:1 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.
«Bu o‘yindan juda jahlim chiqdi, chunki jamoamiz yaxshi o‘ynasada g‘alaba qozona olmadi. Afsuski bu haqiqat. Biz yaxshi o‘ynadik, vaziyatlar yaratdik, ammo ishni oxiriga qadar olib bora olmadik».
«Biz g‘alaba uchun maydonga tushgandik va «Stok Siti»dan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik. Raqib darvozaboni Grantga qoyil qolish kerak, u darvozasini juda yaxshi qo‘riqladi», - deydi Mata.
Djiukvan: Runi – Xitoyda birinchi raqamli futbolch
04.10.2016

Xitoy Futbol assotsiatsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra «Yunayted» sardorini Ueyn Runini Xitoy Super Ligasida intizorlik bilan kutishmoqda.
«Ueyn Runi – Xitoyda birinchi raqamli futbolchi, xattoki mening kichkina o‘g‘lim u haqida hamma narsani biladi, - deydi Xitoy FA marketing bo‘limi direktori Li Djiukvan.
«Agar Runi Xitoy Super Ligasida o‘ynasa, bu bizning chempionatga bo‘lgan qiziqishni faqatgina o‘zimizda emas dunyo bo‘ylab yanada oshiradi va bu turnirning rivojlanishiga katta impuls bo‘ladi. O’ylashimcha Messi va Ronaldugina dunyoda Ueyndan mashhurroq».
«Men Ueyni Xitoydagi o‘yinini yaxshi tasafur qila olaman, va shuni ishonch bilan ayta olamanki bizning mamlakat ko‘plab futbolchilarning faoliyatlarni yakunlashlari uchun juda qulay variant hisoblanadi».
Eslatib o‘tamiz, Runi ushbu mavsumda 10 uchrashuvda ishtirok etib 1 bora gol urgan. Jamoadoshlariga esa 4 golli pasni amalga oshirgan.