Reshford va Lingard terma jamoada
03.10.2016

Markus Reshford va Jessi Lingard Angliya terma jamoasi yig‘iniga chaqiriq oldi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri. Terma jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Gareta Sautgeyt shuningdek yig‘inga Ueyn Runi va Kris Smollingni ham jalb qilgan.
Reshford Semom Ellardays bosh murabbiyligi vaqtida terma jamoa yig‘iniga chaqirilmagan edi. Xarri Keyn jarohat olganligi bois Reshfordda terma jamoa tarkibida Malta va Slovakiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvda maydonga tushish imkoni yuzaga keldi. Ushbu o‘yinlar 8 va 11 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Lingard esa terma jamoada debyut qilish imkoniyatiga ega.
Angliya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yhati quyidagi ko‘rinishda:
Darvozabon: Freyzer Forster («Sautgempton»), Djo Xart («Torino»),Tom Xiton («Bernli»).
Himoyachilar: Rayan Bertran («Sautgempton»), Gari Keyxill («Chelsi»), Fil Djagelka («Everton»), Glen Djonson («Stok Siti»), Denni Rouz, Kayl Uoker (ikkalasi – «Tottenxem»), Kris Smolling («Manchester Yunayted»), Djon Stounz («Manchester Siti»).
Yarim himoyachilar: Erik Dayer, Dele Alli (ikkalasi– «Tottenxem»), Djordan Xenderson («Liverpul»), Aleks Oksleyd-Chemberlen, Teo Uolkott (ikkalasi– «Arsenal»), Micheyl Antonio («Vest Xem»), Jessi Lingard («Manchester Yunayted»), Raxim Sterling («Manchester Siti»).
Hujumchilar: Ueyn Runi, Markus Rashford (ikkalasi – «Manchester Yunayted»), Deniel Starridj («Liverpul»), Djeymi Vardi («Lester»).
Zlatan Ibragimovich - 35 yoshda
03.10.2016

Bugun «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich 35 yoshni qarshi oldi.
Futbolchi professional faoliyatini 1999 yilda «Malme» jamoasida boshlagan. Shunday so‘ng Ibragimovich «Ayaks» (2001-2004), «Yuventus» (2004-2006), «Inter» (2006-2009), «Barselona» (2009-2010), «Milan» (2010-2012), «Pari Sen-Jermen» (2012-2016) jamoalarida to‘p surdi. Ushbu yili yozda esa futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ibragimovich Gollandiya (2002, 2004), Italiya (2007, 2008, 2009, 2011), Ispaniya (2010) va Fransiya (2013, 2014, 2015, 2016) chempioni hisoblanadi.
«Barselona» tarkibida Yevropa Superkubogi g‘olibi (2009) va Kulublar o‘rtasidagi jahon chempioni (2009).
Shvetsiya terma jamoasi tarkibida Ibragimovich 116 uchrashuvda ishtirok etib 62 gol urishga erishgan.
Ushbu mavsumda futbolchi «Manchester Yunayted» tarkibida 11 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib 6 gol urdi.
«Yunayted» rahbariyati AFA ga xat jo‘natdi
03.10.2016

Armaniston futbol assotsiatsiyasi xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati Genrix Mxitaryanni Ruminiya va Polsha terma jamoalariga qarshi uchrashuvga chaqirmaslikni iltimos qilgan.
Federatsiya «Manchester Yunayted» jamoasining tibiyot departamenti rahbari doktor Stiv MakNellidan rasmiy xat olgan. Xatning qisqacha mazmuni quymidagicha.
«Genrix hozirda oyog‘idan olgan jarohatdan so‘ngi tiklanish davrini boshidan o‘tkazmoqda, u bu jarohatni «Manchester Yunayted» dagi ishtiroki vaqtida olgan edi. So‘ngi kunlarda uning tiklanishida progress kuzatilmoqda, hamda jamoa bilan belgilangan reja asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Hozircha u to‘liq dastur asosida mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi va o‘yinlarda esa ishtirok etmaydi».
«Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shuni aytish lozimki Genrix terma jamoa yig‘iniga chaqirilishi orqali tiklanish jarayonini to‘liq yakunlay olmasligi mumkin».
Errera: Bu futbol
03.10.2016

Ander Errera «Stok Siti» bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz ishona olmayapmiz, nega g‘alaba qozona olmaganimizga. O’ylashimcha, ushbu uchrashuvda biz «Lester» ga qarshi kechgan uchrashuvdan ham yaxshiroq o‘yin namoyish qildik, va raqib darvozasi oldida 10 yoki 11 xafvli vaziyat yaratdik. Raqib darvozaboni eng yaxshi o‘yinini namoyish qildi, buni barcha bir ovozdan tan oldi. Men o‘ylashimcha bizning muhlislar jamoadan faxrlanishadi, chunki biz g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qildik ».
«Bu futbol. Men ishonaman, kim yaxshi o‘yin namoyish qilsa, unda g‘alaba qozonish uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Biz shunday o‘yin bilan bemalol 6:0 va 7:0 hisobida g‘alab qozonishimiz mumkin edi».
«Agar biz ikkinchi golni ham kiritganimizda, o‘yindagi intrigani yo‘q qila olgan bo‘lardik, lekin biz buni uddalay olmadik. Shunday so‘ng kutilmagan vaziyat sodir bo‘ldi. Bu zarba David uchun murakkab edi. Uoltersga qarshi uch futbolchi tashlandi lekin barchasi befoyda ketdi. Bu biz uchun omadsiz bo‘ldi».
Mourino: Omad futbolning bir qismi
03.10.2016

Joze Mourino Angliya chempionatining 7-turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu bizning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi. Birinchi bo‘limning tanaffusigacha 3 yoki 4 gol urib olishimiz kerak edi, shunda o‘yin 6:0 hisobida yakunlangan bo‘lardi. Lekin o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi, bu futbol.
Bugun biz «Lester»ga qarshi o‘yindagidan ham yaxshiroq edi. Zo‘r o‘yin. Bizda 6, 7, 8 marta gol urish uchun yuz foizlik imkoniyatlar bo‘ldi. Bu jamoa ko‘proq gol urishni xohlaydi.
Birinchi daqiqalardanoq raqib darvozaboni zo‘r seyvlar amalga oshirila boshladi. Sizning fikringiz qanaqaligining farqi yo‘q, bu mening fikrim.
Yaxshi o‘ynab ham yomon natija ko‘rsatdik. «Stok Siti» futbolchilari har o‘yindagi kabi qattiq kurashishdi. Ular durang uchun kelishgandi. Ularning omadi keldi. Axir omad – futbolning bir qismi», – deydi Mourino BBC nashriga.
Mourino shogirdlari 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi
02.10.2016

Angliya chempionatining 7-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Stok Siti»ni qabul qildi. Mourino shogirdlari turnir autsayderiga qarshi o‘yinda muhim 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi.
Birinchi bo‘limda mezbonlar raqib darvozasi tomon jiddiy bosim uyushtirishdi, ammo mehmonlar posboni Li Grant yaxshi harakat qilib, darvozaning ishg‘ol qilinishiga yo‘l qo‘ymadi. Ayniqsa, 2-daqiqada Pogbaning jarima maydonchasiga bergan ajoyib uzatmasidan keyin Zlatan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va 7-8 metrdan zarba yo‘lladi. «Stok» posboni zarbani qaytardi. Tanaffusga qadar Pogba va Lingard juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Mourino birdaniga ikkita o‘zgarishga qo‘l urdi va bu o‘z samarasini berdi. Mezbonlarning hujumi paytida to‘p Marsialga futbolchiga keldi va u 13 metrlardan olis burchakni aniq nishonga oldi.
O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida «Stok»ning kam sonli hujumlaridan biri samara berdi. Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. De Xea to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va yon tomonga ketgan to‘pga birinchi bo‘lib Arnautovich yetib keldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p Davidga tegib, undan o‘tdi va to‘singa tegib qaytdi. Jo Allen bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
O‘yin tugashiga 1 daqiqa qolganida mankunianliklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi, ammo ularga omad kulib boqmadi. Reshford o‘ng qanotdan uzatma berdi. Pogbaning bosh bilan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi.
Shu tariqa, «MYu» o‘z uyida g‘alaba qozona olmadi. «Stok Siti» esa uchinchi ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
02.10.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford so‘zlariga qaraganda, jamoa joriy mavsumda bir necha sovrinlarni qo‘lga kiritishga qodir ekan.
- «Manchester Yunayted» Angliyada chempionlik uchun kurashga va boshqa musobaqalarda g‘alaba qozonishga qodir tarkibga ega. Bu bizning asosiy maqsadimiz, chunki so‘nggi yillar biz uchun omadsiz chiqdi.
Futbolda muvaffaqiyatga erishi uchun tinmay mehnat qilib, bosimga dosh bera olish qobiliyatiga ega bo‘lish zarur, - deydi Reshford.
Mourino: Runi «MYu» sardori!
02.10.2016

Joze Mourinoning ta’kidlashicha, jamoa futbolchisi Ueyn Runi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan bo‘lsa-da, u klub sardori bo‘lib qolaveradi.
«Har qanday holatda ham Runi «MYu» sardori bo‘lib qoladi. U maydonda bo‘ladimi yoki yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. Ueyn — klub va futbolchilar uchun sardor. Uning jamoada hurmati yuqori va uni hamma qo‘llab-quvvatlaydi.
Runi jamoadoshlari bilan suhbatlashadi va ularni ruhlantiradi. Bir necha hafta ilgari asosiy tarkibda o‘ynayotganida Runi qanday vazifani bajargan bo‘lsa, hozir ham u futbolchilar ichida shunday ishni qiladi. Runi — sidqidildan ishlaydigan va gollar uradigan «MYu» kishisi. Bunga shubha qilmayman», — deydi portugaliyalik murabbiy.
Mourino Vadim Shabliy bilan uchrashdi
02.10.2016

Kievning «Dinamo» klubi hujumchisi Andrey Yarmolenkoning agenti Vadim Shabliy «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino bilan uchrashdi.
Uchrashuv Yevropa ligasi doirasida «Manchester Yunayted» va «Zarya» klublari o‘rtasida kechgan bahsdan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Xabar qilinishicha, Mourino Andrey Yarmolenkoning transfer holati bilan qiziqqan.
Hozircha mankunianliklar tomonidan Andrey Yarmolenkoga qiziqish bo‘lgani haqida hech qanday xabar paydo bo‘lmagan.
01.10.2016

Joze Mourino jamoa rahbariyatiga murojaat qildi va Aleks Fergyussonga direktorlar kengashida ko‘proq vakolat berishini so‘radi.
Ser Aleks Fergyusson 2013 yilda klub direktorlar kengashiga a’zo bo‘lgan edi. Aynan o‘sha yilda klub Angliya chempionatida oxirgi bor g‘olib bo‘lgandi.
Fergyusson «Manchester Yunayted» bilan 13 marta chempionlik sovrinlarini qo‘lga kiritib, klub direktorlar kengashiga kirgan edi.
Shotlandiyalik mutaxassis klubda o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘lishiga qaramay, u jamoada ikkinchi darajali bo‘lib qolmoqda.