Giggz «Suonsi» bosh murabbiyi!?
22.09.2016

Rayan Giggz tez orada «Suonsi»da ish boshlashi ehtimoli bor.
«Suonsi» rahbariyati Franchesko Gvidolinni iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda. Jamoa chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Qolaversa, Angliya Liga Kubogidan ham chiqib ketdi. Gvidolin oktyabr oylarida lavozimini bo‘shatishi mumkin.
Uels jamoasi murabbiyning o‘rniga boshqa nomzodlarni qidirishni boshlab yuborgan. Ular qatorida Giggz ham o‘rin olgan.
Liga Kubogidagi raqib - «Manchester Siti»
22.09.2016

Angliya Liga Kubogi 3- bosqichida «Nortgempton» jamoasini 3-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan «Manchester Yunayted» 4-bosqichda «Old Trafford» da «Manchester Siti» jamoasini qabul qiladi.
4-bosqichning qolgan juftliklari quyidagi ko‘rnishda:
Vest Ham - Chelsi
Manchester Yunayted - Manchester Siti
Arsenal - Reading
Lids - Norvich
Bristol Siti – Hall Siti
Liverpul - Tottenhem
Nyukasl - Preston
Sougampton - Sanderland
4-bosqich uchrashuvlari 2016 yil 25-26 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mourinyu futbolchilarga dam bermoqchi
21.09.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu bugun bo‘lib o‘tadigan Liga Kubogi doirasidagi «Nortgempton» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoaning bir qator futbolchilariga xordiq chiqarish uchun imkon berish niyatida.
Manchester Evening News nashri xabar berishicha Mourinyu asosiy jamoaning uch nafar a’zosi - Davidu de Xea, Polyu Pogba va Eriku Bayiga xordiq chiqarishlariga ruxsat bergan. Bu uch futbolchi jamoaning so‘ngi barcha uchrashuvlarida maydonda to‘liq xarakat qilishgan.
Mourinyu jamoa akademiyasi tizimida faoliyat olib borayotgan futbolchilarni o‘yinini doimiy ravishda kuzatib kelmoqda. Kubok doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda akademiya tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishlari kutilmoqda.
Drinkuoter qishda «Yunayted» ga qaytadi?
21.09.2016

«Lester Siti» yarim himoyachisi Deniyel Drinkuoter qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.
Britan OAV lari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianlar 26 yoshli futbolchi uchun 35 mln. yevro mablag‘ to‘lashga tayyor. Jamoa uning yordamida tayanch yarim himoya zonasini yopishga umid qilmoqda. Jamoaning fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba esa ko‘proq hujumkor chiziqda harakat qilishishi kutilmoqda.
Drinkuoter aslida «Manchester Yunayted» jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, lekin u «qizil iblislar» safida biror marotaba ham rasmiy o‘yinda ishtirok etmagan.
Marsyal: O‘zimni ancha yaxshi xis qilmoqdaman
20.09.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal «Uotford» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Britan OAV lari uning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tishgan.
Bugun fransuz futbolchisi Facebook dagi rasmiy sahifasida quydagi xabarni qoldirgan.
«Bugun o‘zimni ancha yaxshi xis qilmoqdaman. Menga yo‘llagan xatlaringiz va qo‘llab quvtlashlaringiz uchun rahmat».
Fellayni: So‘ngi mag‘lubiyat juda og‘ir bo‘ldi
20.09.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni jamoaning hozirgi ahvoli borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Aytish mumkinki, jamoa katta bo‘lmagan kirizisda, «Manchester Yunayted» kabi jamoalar ketma-ket uch o‘yinda mag‘lbiyatga uchramasligi lozim. Ha, biz hozirda yuqori jismoniy holatda emasmiz, lekin biz eraklarmiz va biz birlashib o‘zimizni namoyish qilishimiz lozim».
«So‘ngi mag‘lubiyat juda og‘ir bo‘ldi, lekin biz bir bo‘libchorshanba kungi uchrashuvga tayyorlanmoqdamiz. Hozirda jamoa kayfiyati yaxshi emas, aytib o‘tganimdek biz birlashib bor ishonchni qaytrishimiz zarur».
« «Uotford» ga qarshi o‘tgan uchrashuv tanaffusida murabbiy bizga maydonga chiqib ishonch bilan xarakatlanishimizni aytdi. Biz shunga xarakat qildik va gol urdik. Biz yaxshi tempda o‘yin olib borishga intildik, faqatgina ikkinchi bo‘limda emas uchrashuv boshidan shunday harakat qilish lozim edi».
Shou va Marsyal jarohat olgan
20.09.2016

The Times nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou «Uotford» ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan. Futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uning jarohati qanchalik jiddiy ekanligiga oydinlik kiritiladi .
Britan OAV larning xabar berishicha jamoa hujumchisi Antoni Marsyal ham jarohat olgan va u «Yunayted» ning ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Fransuz futbolchisi hozirda Manchesterda jamoa bilan birga lekin jamoa shifokorlari uni ushbu haftada maydonga tushishiga rozilik berishmagan.
Hozircha «Manchester Yunayted» rasman futbolchilarning holati yuzasidan yakuniy izoh bermagan. Bugun Liga Kubogi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumanida barchasiga oydinlik kiritilishi rejalashtirilgan.
Mourino: Orzu qilish qoldi
20.09.2016

«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning chap qanot himoyachisi Lyuk Shouning«Uotford»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yinidagi harakatlarini tanqid qildi.
«Manchester Siti»ning bizga urgan birinchi goli va «Uotford»ning bugun urgan ikkinchi gollarini solishtiring, deyarli bir xil. O‘shanda Kolarov burchak tomonda to‘pni egallab olgan, mening futbolchilarim esa unga bosim o‘tkazish o‘rniga uning erkin harakatlanishi uchun keng maydon qoldirishgandi.
Bugun ikkinchi gol urilgan vaziyatda Amrabat to‘pni olganida chap qanot himoyachimiz undan 25 metr uzoqda edi, holbuki u raqibdan 5 metrdan ortiq uzoqlashmasligi kerak edi. Lekin 25 metr uzoqda bo‘lsang ham, raqib yoniga uchib borishing va bosim uyushtirishing kerak bo‘ladi. Lekin kutilgan ish bo‘lmadi.
Bu sezilar-sezilmas farq, lekin kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadigan farq. Keyingi 2 haftada vaziyat yaxshilanishini orzu qilish qoldi», — degan Mourino.
Mata: Vaqt yo‘qotishning mavridi emas
20.09.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata mag‘lubiyatlardan qayg‘urib vaqt yo‘qotishning mavridi emasligini aytib o‘tdi.
- Men har doim aytib kelganman, futbolning eng yaxshi tomonlaridan biri - qay darajada kuchli ekaningni o‘yinning o‘zi ko‘rsatib beradi. G‘alabalar uzoq vaqt davom etmaydi, mag‘lubiyatlar ham shunday.
O‘yinlar ketma ket davom etadi va shu haftaning o‘zida yana ikkita o‘yinda maydonga tushamiz. Bizda qora sahifadan o‘tib ketish uchun yaxshi imkoniyat bor. Qayg‘urib, vaqt yo‘qotishning mavridi emas, yig‘lab o‘tira olmaymiz. Biz mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, kelgusi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz lozim, - deydi Mata.
Skoulz: «Yunayted» juda achinarli ahvolda
20.09.2016

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «Uotford»dan uchralgan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
- Menimcha Fellayni yaxshi o‘ynadi, u o‘z ishini bajardi. Ammo «Manchester Yunayted»da o‘ynash uchun bundan ham ko‘prog‘ini bajarish lozim.
«Manchester Yunayted» yarim himoyasida raqibni to‘xtatib qolish bilan birga o‘yinni boshqara oladigan va oldinga yaxshi pas bera oladigan tayanch yarim himoyachisi kerak. Men nima uchun Maykl Kerrik asosiy tarkibda yo‘qligini tushuna olmayman. U xuddi o‘tgan mavsum oxirida jamoadan ketgandek. Shuningdek Mourino nima sababdan Shvaynshtaygerdan foydalanmayotganiga ham tushunmayman.
Men shunchaki maydon markazida pleymeyker kerakligini bilaman, holos. To‘pga egalik qilish juda yomon holatda. Ayniqsa «Manchester Yunayted» to‘pni olganda juda ayanchli ko‘rinmoqda. Bunga ham vaqt kerak, hozir jamoa o‘zini o‘zi qidirmoqda.
Reshford - yagona nur bo‘lib turibdi. Ammo u ham eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmadi. U hujum qildi, ammo «Manchester Yunayted» juda achinarli ahvolda ko‘rindi, deydi Skoulz.