18.09.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati hujumchi Markus Reshford bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. 

Ingliz klubi shu yilning may oyida Reshford bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzolagan edi hamda uning maoshi 1 million funtga oshirilgan edi.

Shunga qaramay, jamoa yana futbolchi bilan kelishuv muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda. 

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Pol Pogba bilan bog‘liq vaziyat takrorlanmasligini oldini olmoqchi. Fransiyalik futbolchi 2012 yili erkin agent sifatida «MYu»ni tark etandi, shu yozda «Yuventus»dan 89 million funt evaziga qayta sotib olingan edi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Men unga ishonaman

17.09.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino klub yarim himoyachisi Pol Pogba borasida aytilayotgan fikrlarga izoh berdi.

Shuningdek, u Pogba o‘zining 110 mln yevrolik transferini unutishi lozimligi haqida ham gapirib o‘tgan.

«Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi, tabiiyki, barchaning diqqat markazida turadi. Ammo men Pogba o‘z transferi qiymati haqida unutishini istayman. U Fransiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatining finaliga qadar yetib bordi. So‘ng mavsum oldi tayyorgarligini o‘tkazib yubordi.

Men unga to‘liq ishonaman: u ajoyib yigit, shu sabab yaqin orada o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichlarini namoyish etadi», — deydi Mourino.

Муҳокама

17.09.2016

«Uotford» bosh murabbiyi Valter Madzarri «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich haqida o‘z fikrini bayon qildi.

«Ibrohimovich o‘lmas, abadiy futbolchilar qatoriga kiradi. Jamoalarim unga qarshi juda ko‘p marta o‘ynab, mag‘lub bo‘lgan. U maydonda hal qiluvchi rolni bajara oladi.

Ibrohimovich – har tomonlama mukammal futbolchi. Unga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bunday futbolchilarni imkoniyatini biroz cheklash mumkin, ammo butunlay o‘yindan chiqarishning iloji yo‘q» - dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, APLning navbatdagi turida «Uotford» «MYu» klubi bilan o‘ynaydi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Skoulz: Pogbaga hamkorlar kerak

16.09.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoa o‘rta chizig‘ining joriy ahvoli borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mourino Pogbaga mos hamkorlarni topishi kerak. «Yuventus»da u o‘ziga dirijyor kerakligini ko‘rsata olgan edi. Turinda u Pirlo bilan — jahonning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri bilan yonma-yon o‘ynagan edi. Shnayderlin esa baribir ko‘proq himoyaga qaytib o‘ynaydigan o‘yinchi», — dedi Skoulz. 

«O‘ylashimcha, Mourinyu transfer bozoriga chiqib, shundayroq futbolchini topishi kerak. Kerrikning qo‘lidan bu ish keladi, biroq, mening fikrimcha, hozirgi «MYu»ga baribir markazni nazorat qilib tura oladigan o‘yinchi kerak, Pogba esa o‘yinni boshqarishi kerak», — dedi Skoulz. 

«Bilaman, Mourinyu yozda tarkibga qo‘shib olgan to‘rt futbolchisidan qoniqish hosil qilyapti, lekin, o‘ylashimcha, «MYu»ga Luka Modrich yoki Toni Kroosdek o‘yinchi kerak. Fikri ojizimcha, bu futbolchilarni sotib olish mumkin. Bunday futbolchilar birga Pogba o‘zini qulayroq his qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Skoulz.

Муҳокама

16.09.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasining 1-turida «Feyenoord»ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. 

«Natijadan mamnun emasman. Biz mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmagan uchrashuvda yutqazib qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda to‘p nazoratini o‘z tomonimizda ushlab turdik, yaxshi o‘ynadik. Biz safardagi o‘yinda g‘alaba qozonishni rejalashtirgan edik. Oxirigacha mag‘lubiyatdan chiqib ketish yo‘llarini izladik. 

«Feyenoord» offsayddan gol urgani menga alam qilmoqda. Bizda golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, biroq men bular uchun kimnidir ayblamoqchi emasman. Ba’zi futbolchilar boshqalarga nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ayrimlari esa o‘z debyutini o‘tkazdi», -deydi Mourino. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Muxlis o‘z orzusiga erishdi

15.09.2016

«Manchester Yunayted» futbolchilari Markus Reshford, Jessi Lingard, Eshli Yang va Timoti Fosu-Mensa saraton kasaliga chalingan va umri tugashiga oz qolgan jamoa muxlisi Peddi Loulerani ziyorat qilishdi.

Daily Star nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, xasta muxlisning nabirasi futbolchilarga ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, ushbu uchrashuvni tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Manbada keltirilishicha, futbolchilar 73 yoshli Peddi xonadonida bo‘lish chog‘ida, unga jamoa futbolkasini berishgan va u bilan suratga tushishgan. Muxlis »MYu» a’zolari bilan uchrashuvi tugaganidan bir soat o‘tib hayotdan ko‘z yumgan.

Муҳокама

15.09.2016

«Liverpul» sobiq hujumchisi Dirk Kuyt «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Memfis Depayni kelajakda ajoyib vaqtlar kutayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Bugungi kunda gollandiyalik futbolchilarning «MYu» kabi mashhur klublarda o‘zlarini ko‘rsatishlari qiyin kechmoqda. Memfis «PSV»da yaxshi o‘ynardi, u bilan JCh-2014da Gollandiya terma jamoasida birga maydonga tushganmiz.

Depay «Manchester Yunayted»ning yulduzli tarkibidan joy olish uchun mexnat qilishi lozim. Depayda «Old Trafford»ning yetakchi futbolchisi bo‘lish uchun yetarli imkoniyati mavjud. Agar u, «Feyenoord»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadigan bo‘lsa, bor kuchi bilan harakat qilishi va qanday kuchga ega ekanini ko‘rsatishi shart», deydi Dirk Kuyt.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum gollandiyalik futbolchining «qizil iblislar»ni tark etishi xaqida xabar qilingandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jons bir oy maydonga tushmaydi

15.09.2016

«Yunayted» rasmiy sayti xabar berishicha himoyachi Fil Jons mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan va yaqin bir oy ichida maydonga tusha olmaydi.

Shu jarohat sababli futbolchi jamoa bilan Rotterdamga bormagan. Futbolchi xozirda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish arafasida.

24 yoshli ingliz futbolchisi so‘ngi bor jamoa tarkibida 2 yanvarda maydonga tushgan edi. O’tgan mavsumda esa umumiy hisobda jamoa tarkibida 7 uchrashuvda ishtirok etgan. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi Niderlandiyaga bormaydi

14.09.2016

 «Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoaning Rotterdamda «Feyenoord» ga qarshi uchrashuviga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxatini elon qildi.

Manchesterda jamoa sardori Ueyn Runi, Lyuk Shou, Antonio Valensiya, Djessi Lingard, Fil Jons va Genrix Mxitaryan qolishgan. Joze Mourinyu o‘zi bilan 20 nafar futbolchini Rotterdamga olib ketish niyatida. Bugun kechqurun bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Niderlandiyaga yo‘l oladigan futbolchilar ro‘yhati: David De Xea, Serxio Romero, Sem Djonstoun; Matteo Darmian, Erik Bayi, Deyli Blind, Timoti Fosu-Mensa, Markus Roxo, Kris Smolling; Maykl Karrik, Maruan Fellayni, Ander Errera, Xuan Mata, Memfis Depay, Pol Pogba, Morgan Shnayderlin, Eshli Yang; Zlatan Ibragimovich, Antoni Marsyal, Markus Reshford. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Mxitaryan va Jons jaroxat olgan

14.09.2016

Yevropa Ligasi doirasida «Feyenoord» jamoasiga qarshi maydonga tushadigan «Manchester Yunayted» Rotterdamdaga ketishdan oldin OAV vakillari uchun 15 daqiqalik ochiq mashg‘ulot tashkil qildi.

Mazkur mashg‘ulotlarda jaroxat sababli faqatgina ikki futbolchi ishtirok etmadi. Bular Genrix Mxitaryan va Fil Jons.

Mashg‘ulotda ishtirok etgan futbolchilar: David De Xea, Serxio Romero, Antonio Valensiya, Timoti Fosu-Mensa, Matteo Darmian, Kris Smolling, Deyli Blind, Erik Bayi, Markos Roxo, Lyuk Shou, Morgan Shnayderlin, Ander Errera, Maruan Fellayni, Pol Pogba, Maykl Karrik, Djessi Lingard, Xuan Mata, Eshli Yang, Memfis Depay, Antoni Marsyal, Zlatan Ibragimovich, Markos Reshford, Ueyn Runi.

 

Муҳокама