14.09.2016

Bosh murabbiyi Joze Mourinyu qaysi prinsiplarga asosanlangan holda Yevropa Ligasi doirasidagi «Feyenoord» jamoasiga qarshi uchrashuvga tarkib tanlashi borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 «Keyingi uchrashuvimiz «Feyenoord» jamoasiga qarshi kechadi, ushbu o‘yinda Reshford maydonga tushadi. Faqatgina shuni aniq aytishim mumkin».

«Men unga to‘liqlikcha ishonaman. Men o‘ylashimcha uni ajoyib kelajak kutib turibdi. So‘ngi o‘yinimizda u ikkinchi taymda bizga yordam berdi».

« «Siti» ga qarshi bunday katta uchrashuvlarni Mikki qancha o‘tkazgan? Yosh Djessichi? Shuningdek Erike Bayi. U «Villyareal» da to‘p surganda bunday katta derbilarda ishtirok etmagan, u jamoa tarkibida bir qator ajoyib uchrashuvlarni o‘tkazdi».

«Shunday ekan  shanba kungi o‘yinda ishtirok etgan futbolchilar «Feyenoord» ga qarshi maydonga tushadimi deb so‘rashiz mumkin, men esa yo‘q deya javob beraman.  Bu ularga jazomi? Yo‘q.  Faqatgina men kim nimaga qodirligini ko‘rib olmoqchiman».

Муҳокама

13.09.2016

Joze Mourino yarim himoyachi Pol Pogbani «Old Trafford»ga qaytarish jarayoni haqida gapirib o‘tdi.

«Pogbani «MYu»ga qaytishiga ko‘ndirish qiyin bo‘ldi. Biz tez-tez telefon orqali suhbatlashdik, ko‘plab sms-xabarlar yubordik.

Ertalab u biron bir top-klubning murabbiyidan sms-xabar olgan, kunduzi esa mendan. Men uni boshqa birovni emas, aynan bizni tanlashiga ko‘ndirishim kerak edi», – deydi portugaliyalik mutaxassis.

Муҳокама

12.09.2016

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati yarim himoyachi Jessi Lingard bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqida Sunday People nashri xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, o‘yinchi bilan yangi bitim to‘rta yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qolgan shartlar sir tutilmoqda.

Mankunianliklar ustozi Joze Mourino joriy mavsumda 23 yoshli futbolchining xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanmoqda.

Муҳокама

10.09.2016

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» bahsi yakuniga yetdi.

«Old Trafford»da bo‘lgan uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan ikkala jamoa ham ochiq futbol ko‘rsatishdi. 15-daqiqaga kelganda Kevin de Bryuyne «MYu» himoyachilarining qo‘pol xatosidan foydalanib hisobni ochdi, - 0:1. Bu goldan biroz vaqt o‘tib Nacho Ixeanacho yana bir marotaba gol kiritib, «MYu»ni shokka tushirib qo‘ydi, - 0:2.

Ketma-ket gol o‘tkazib yuborgan «Manchester Yunayted» tezda shok holatida chiqib ketishni uddasidan chiqdi. Aniqrog‘i, 42-daqiqaga kelib Zlatan Ibrahimovich chempionatdagi to‘rtinchi golini urdi. U Klaudio Bravonining to‘pga chiqishda qilgan xatosidan foydalanib, oradagi farqni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda ikkala tomon ham juda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lganiga qaramay, to‘p kiritish birorta jamoaga nasib qilgani yo‘q. Shu tariqa, «Manchester Siti» derbida g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 12taga yetkazdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Anri: Zlatan uchun bu muhim emas

10.09.2016

«Arsenal» klubining sobiq hujumchisi Terri Anri «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida iliq fikr bildirdi. Anri o‘z vaqtida «Barselona»da Ibrahimovich bilan birga to‘p surgan.

«Zlatan Manchester derbisi kabi uchrashuvlarda maydonga tushish uchun tug‘ilgan. U faoliyatining oxiriga qarab ketmoqda va endi avvalgidek yosh emas. Balki u o‘yinlarni avalgidek boshqara olmay qolgandir, ammo Zlatan uchun bu muhim emas. U gol urmoqda va eng muhimi ham shu. Uning aynan shu hislati menga yoqadi. U g‘oliblik ruhiyatini taqdim eta oladi.

Zlatanga ikkinchi o‘rin hech qachon yoqmagan. U qaerga bormasin, mudom g‘oliblik uchun kurashadi. U gollar uradi va bu yil ham shu ishini takrorlashini ko‘rasiz. Menimcha u Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘la oladi», - deydi Anri.

Муҳокама

10.09.2016

Erik Bayi mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourino haqidagi fikrini bildirib o‘tdi.

«Joze meni o‘z qanoti ostiga olgan, men uning o‘g‘lidekman. Ammo u xuddi shu ishni boshqa futbolchilarga nisbatan ham qiladi.

U bilan birga ishlash men uchun juda yoqimli. U bilan ishlash va undan o‘rganishda davom etaman. Men o‘zimga berilgan imkoniyatdan maksimum foydalanishim va tajriba to‘plashim kerak.

Mening omadim keldi va shunday imkoniyatni qo‘lga kiritdim. «MYu»da meni ulkan kelajak kutib turibdi», - deydi Bayi.

Муҳокама

10.09.2016

«Manchester Yunayted» klubi yoshlar jamoasi uchun sirk artisti va parkur mutaxassisini ishga oldi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Mankunianliklar jarohatlar sonini kamaytirish uchun shu ishga qo‘l urishgan.

«Yoshlar jamoasidagi futbolchilarni ko‘rdim, ular umuman to‘g‘ri harakatlana olmayapti. Qanday yiqilish, dumalanishni bilmayapti. Natijada yelkadan olingan jarohatlar ko‘payib ketgan.

Men 15 marta daraxtdan yiqilganman, ammo biror marta jarohat olmaganman. Agar daraxtga chiqmasa, basketbol, kriket, regbi o‘ynamasa, tana mexanikasi shikastlanib qoladi» - dedi akademiya rahbari Niki Batt.

Муҳокама

10.09.2016

Joze Mourino APLning 4-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, u Xosep Gvardiola bilan to‘qnashuvlarini esga oldi.

«Bularning barchasi mutlaqo turli vaziyatlar. «Barselona» – bu «Barselona», «Manchester Siti» emas. «Inter» va «Real» – ular ham «Manchester Yunayted» emas. Turli o‘yinchilar, turli falsafa, turli musobaqalar. Bizning jamoalarimiz o‘tmishda ko‘p to‘qnash kelgan bo‘lsa, bu narsa kimgadir ustunlik bermaydi», – deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Mourino va Gvardiola jamoalari o‘zaro 16 marta to‘qnash kelishgan. unda 7 marta ispaniyalik mutaxassis g‘alabaa qozongan bo‘lsa, 3 marta portugaliyalik murabbiyning qo‘li baland kelgan, olti o‘yin esa durang bilan yakunlangan.

Муҳокама

10.09.2016

Zlatan Ibrahimovich murabbiy Joze Mourino bilan yana bir bor ishlashdan mamnunligini bildirib o‘tdi.

«Men Jozeni anchadan beri bilaman. U nima xohlayotganini va nimani talab qilayotganini yaxshi bilaman. Men g‘alaba uchun borimni beraman va u ham shunday o‘ylaydi.

Mourino qaerda bo‘lmasin har doim g‘alaba qozongan. «Portu» bilan YeChL chempioni bo‘lishini hech kim kutmagan edi. Boshqa murabbiy jamoani qurayotganda qolganlardan sabr qilishlarini so‘rasa, Joze bu paytda yutuqlarga erishayotgan bo‘ladi.

U hamma bilan ochiq gaplashadi va ortingdan hech qachon gapirmaydi, nima gapi bo‘lsa yuzinga ochiq-oydin aytadi. U g‘alaba uchun kerakli hamma ishni qiladi va g‘alabaga erishadi. Huddi men kabi u ham mag‘lubiyatni tan olmaydi» – deya Ibragimovich so‘zlarini keltirmoqda VVS agentligi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 2008/09 mavsumda  Mourino qo‘l ostida «Inter» bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Муҳокама

09.09.2016

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Manchester derbisi arafasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Arag Mourino meni o‘yindan keyin birga ichishga taklif etsa, men buni bajonidil qabul qilaman. Men ko‘p marta aytganman, unga hamisha hurmat bilan qaraganman. Hamisha o‘z hamkasblarimdan, raqiblarimdan o‘rganishga harakat qilaman. Men  Mourinodan ham o‘rganganman. Joze Bobbi Robson bilan ishlaganida mening murabbiyim edi.

Madriddagi oxirgi uchrashuvimiz, men o‘shanda «Barselona» bosh murabbiyi edim, oddiy bo‘lmagandi. Lekin biz  Mourino bilan 2-3 hafta oldin premer-liga murabbiylari uchrashuvi vaqtida ko‘rishdik va ozroq gaplashdik. Men o‘shanda Ronald Kuman va Toni Pulis bilan ham suhbatlashdim. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bizning dushmanlarcha raqibligimiz haqidagi gaplarni jurnalistlar o‘ylab topishgan», – degan murabbiy.

«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi bahsi 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Муҳокама