09.09.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni shanba kuni bo‘ladigan derbini intizorlik bilan kutayotganligini aytib o‘tdi.

«Bu xaqiqiy jang bo‘ladi. Men o‘ziga xos atmosferada va chiroyli o‘tadigan o‘yinni kutmoqdaman. Oldindan kim g‘alaba qozonishini taxmin qilish qiyin. Imkoniyat ikkala jamoada ham 50/50».

Fellayni shuningdek jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuga bildirgan ishonchi uchun tashakkur aytdi.

«Menga buni eshitish juda yoqimli. Maydonda bor kuch bilan ishlashga kuch beradi. Men shuningdek xozirgi o‘ynayotgan pozitsiyamdan ma’mnunman. Bu mening eski pozitsiyam va bu mening eng yaxshi o‘rnimdir. Ushbu pozitsiyaga qaydganimdan xursandman».

«Men doim murabbiyning ishonchini xis qilib turaman. Joze menga ishon berdi, va men unga borimni berishga tayyorman».

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea: Erik jismonan kuchli

09.09.2016

«Yunayted» darvozaboni David De Xea yozda jamoa safiga qo‘shilgan himoyachi Erik Bayi borasidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Erik safimizga kelgach jamoaga tezda kirishib ketdi va uni hamma yaxshi qabul qildi. Men yaxshi eslayman dastlab Angliya kelganimda oson bo‘lmagan edibi, lekin u tezda moslasha oldi».

«Erik jismonan kuchli, aniq, texnikaviy va bir so‘z bilan aytganda super-tezkor. Uning xozirda yagona kamchiligi ingliz tilida yaxshi so‘zlasha olmaydi, lekin kiyinish xonasida ispanlar ko‘p, va Pol Pogba fransuz tilida gaplasha oladi».

«U o‘zini yaxshi tomondan namoyish qilayapti va jamoa o‘yini o‘sishiga katta hissa qo‘shmoqda».

Муҳокама

Янгиликлар /

Apollo Tyres yangi homiy

08.09.2016

«Manchester Yunayted» rasman yangi homiy tashkilot bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Jamoa Apollo Tyres kompaniyasi bilan uch yillik bitimga imzo chekkan.

«Manchester Yunayted» va Apollo Tyres 2013 yilda ham  o‘zaro hamkorlik qilishgan edi. Endilikda jamoa 100 ga yaqin Osiyo, Yaqin sharq va Afrika davlatlarida homiyning mahsulotlarini targ‘ib qiladi. Ushbu kompaniya jahon bozoriga avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan.

Hamkorlikning asosiy shartlaridan yana biri Hindistonda «Manchester Yunayted» yordamida futbol maktabini tashkil qilishdan iborat.

Муҳокама

08.09.2016

Zlatan Ibrahimovich ijtimoiy tarmoqda «Manchester Siti» darvozaboni Klaudio Bravo sovg‘a jo‘natganligini e’lon qildi.

«Manchesterge xush kelibsan! Mashg‘ulotlarga kerak bo‘ladigan barcha narsalarni yig‘dim, bular senga asqotishi mumkin. Shanba kuni ko‘rishamiz», - deydi Ibrahimovich.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuv 10 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

08.09.2016

Hozirda Ispaniyaning «Granada» jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan 20 yoshli Andreas Pereyra «Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan munosabatlarini aytib o‘tdi.

«Mourinyu menga mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi o‘yin uslubim unga maqqul kelganligini aytdi. – U mening Ispaniyada qanday o‘yin namoyish qilishimini kuzatib, so‘ngra jamoaga qaytarmoqchi va kelasi mavsumdan o‘ning qo‘l ostida to‘p surishim mumkin».

Pereyra shuningdek Zlatan Ibragimovichning jamoa qo‘shilishi borasida ham so‘zlab o‘tdi.

«U jamoaga kelgandan so‘ng, hammasi tushunarli bo‘ldi, u xaqiqiy professional. Hatto uning tashqi ko‘rinishidan ham buni anglash mumkin. U faqat g‘alaba qozonishni istaydi bo‘ldi, uning bor fikru hayoli – bu futbol. U jamoaga shaxsiy fizioterapevti bilan keldi».

«Mourinyu jamoaga kelgach ko‘p narsa o‘zgardi. Ibra jamoaga keldi, Pogba esa yana jamoaga qaytdi. Yana bir bor Polni jamoada ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi, xuddi u uzoq ta’tildan so‘ng safga qaytganga o‘xshaydi barchasi. Yangi o‘yinchilar so‘zsiz jamoaga yordam beradilar. O’ylashimcha bu mavsum «Manchester Yunayted» Premer Ligada boshqacha o‘yin ko‘rsatadi».

Муҳокама

08.09.2016

Himoyachi Erik Bayi jamoaning 2016-17 mavsumdagi dastlabki oyining eng yahshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Kot-de-Ivuarlik futbolchi jamoaning avgust oyida o‘tgazgan 4 uchrashuvning 3 tasida eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan edi. Yakunda ham futbolchi jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovar bo‘ldi.

Jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra muhlislarning 55 % Bayiga o‘z ovozlarini berishgan bo‘lsa, Zlatan Ibragimovich 37% ovoz va Deyli Blind 8% ovozga ega bo‘lishgan.

«Men hattoki bu «o‘yinning eng yaxshi futbolchisi» haqida o‘ylamagan ham edim, mening mehnatimni qadirlaganliklari uchun rahmat. O’ylashimcha, ushbu haftada yanada yaxshi o‘yinimizni namoyish qila olamiz»,- deydi Erik MUTV kanaliga bergan intervyusida.

Муҳокама

07.09.2016

«Ser Aleks Fergyusonni juda hurmat qilaman va hech qachon u men va oilam uchun qilgan ishini unutmayman».

Terri professional faoliyatini «Stemford Brij»da o‘tkazdi, ammo u bolaligida «Yunayted»da shug‘ullangan va ser Aleks uni «Manchester Yunayted»ga o‘tishini istagan.

Angliya terma jamoasi sobiq sardori 2006 yil «Observer»ga bergan intervyusida, Fergyuson unda katta taassurot qoldirganini aytgan.

«Chelsi»dagi birinchi kunimda, o‘zim istagan klubda ekanligimni his qildim ammo «Manchester Yunayted» ham men bilan bog‘landi. Men ser Aleks Fergyusonning o‘zi bilan uchrashdim va bu g‘aroyib uchrashuv bo‘lgan edi. Maktab ta’tili paytida Manchesterga borib, tengqurlarim (14 yosh) bilan shug‘ullandim, bir nechta uchrashuvda ishtirok etib qaytdim.

Ammo «Manchester Yunayted»da meni hayron qoldirgan narsa, ser Aleks meni o‘yin tomosha qilishga chaqirgani bo‘ldi. Keyin biz futbolchilar bilan tushlik qildik. U yerda otam, onam va ukam bor edi. Keyin esa Premer-liga kubogi bilan suratga tushdik.

«Chelsi»ga o‘tish qarorimni otam qiyinchilik bilan qabul qildi, ammo keyin u bilan suhbatlashib, bu to‘g‘ri qaror ekanligiga ishontirdim» - degan edi Terri.

Муҳокама

07.09.2016

«Yunayted» klubi rahbariyati Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl agenti bilan muzokaralarga kirishgan.

Bu haqida OK Diario nashri xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, ingliz klubi anchagina foydali shartnoma taklif qilgan holda 27 yoshli uelslik futbolchini qo‘lga kiritmoqchi.

«Qizil iblislar» o‘yinchiga soliqlarni inobatga olgan holda yiliga 16,7 million yevro maosh taklif qildilar.

Avvalroq, Madrid klub Beyl bilan bitimni uzaytirish niyatida ekanligini xabar qilingandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Skoulz: Eslash qiyin

06.09.2016

Pol Skoulz Angliya futbolining bugungi holatini keskin tanqid qilib chiqdi.

«Men tomosha qilishga arzigulik futbol deb sifatli futbolni bilaman, ko‘cha futbolini emas. 

Ko‘pchilik Angliya futboli barchasidan zo‘rligi haqida gapiradi.

Men esa Ispaniya chempionatini dunyodagi eng zo‘r liga deb bilaman. Germaniyada ham yaxshi jamoalar bor.  Italiyada hozir ahvol zo‘r emas. Angliyada bu ligani zerikarli va yomon liga deb aytishadi. Lekin men vaziyatni kuzatib borayapman va u yerdagi ahvolni yaxshiroq bilaman. Menimcha, «Yuventus» premer-ligadagi istalgan jamoani yenga oladi. O‘tgan mavsumda turinliklar «Manchester Siti»dan kuchliroq chiqishgandi. Biznikilar buni italyanlarning himoyaviy o‘yin ko‘rsatishi bilan izohlashadi.

Yevropadagi turnirlarga qaraydigan bo‘lsak ham ispanlar yaqqol ajralib turishini ko‘ramiz. O‘tgan mavsumda YeChL va Yevropa Ligasi chorak finalidagi 16ta jamoaning 6tasi Ispaniya vakillari bo‘lishdi. Bu qariyb yarmi. Taqqoslaydigan bo‘lsak APLning 2 jamoasi turnirlar chorak finalida ishtirok etdi. Bir necha futbolchilarni istisno qiladigan bo‘lsak, barcha kuchli futbolchilar Ispaniyada yoki «Bavariya» va «Yuventus»da jamlangan. Biz Messi yoki Neymarni Angliyada ko‘rmaymiz.

Rostini aytadigan bo‘lsak, «Solford»ning yoki menga o‘g‘lim a’zosi bo‘lgan jamoa o‘yinlarini kuzatish ko‘proq yoqadi. Premer-ligada esa keyingi 2 mavsum davomida sifatli o‘yin ko‘rdikmi? Men «Voh! Qoyilmaqom»! deyiladigan o‘yinlarni nazarda tutmoqdaman. Eslash qiyin. Afsuski, hozirda APLda o‘z o‘yiningni emas, homiylar va pullar uchun o‘ynash birinchi planga chiqib qoldi.

Masalan, «Barselona» biznes va futbolni teng olib boradi. Bu son-sanoqsiz muxlislarga ega klub. Ular foyda ko‘rishni istashadi, biroq bu asosiy va yagona maqsad emas. Ular katta g‘alabalarga intilishadi va tarkiblariga ajoyib futbolchilarni jalb etishadi», – deya Skoulzning so‘zlarini keltirgan The Guardian.

Муҳокама

06.09.2016

Genrix Mxitaryan jarohatdan tez orada forig‘ bo‘lishiga umid bildirdi. Futbolchi Armaniston terma jamoasi tarkibida Chexiyaga (0:3) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

«Muhtaram muxlislar, men haqimda qayg‘urganingizdan boshim osmonga yetdi. Endi davolanish uchun Manchesterga qaytdim. Umid qilamanki, tez orada safga qaytaman» - deb yozdi Mxitaryan tvitter sahifasida.

Mxitaryan 4 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Armaniston – Daniya o‘yinini o‘tkazib yuboradi, shuningdek 10 sentabr kuni o‘tkaziladigan Manchester derbisida ham maydonga tushmaydi.

Муҳокама