Янгиликлар /

Klattenburg derbini boshqaradi

06.09.2016

Angliya Premer Ligasi 4-turidan o‘rin olgan Manchester derbisini boshqarib boruvchi hakam aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Mark Klattenburg boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16.30 da Old Trafford stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Муҳокама

06.09.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino avgust oyida Angliya Premer Ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Portugaliyalik mutaxassis 40 foiz ovoz to‘plagan holda birinchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Antonio Konte («Chelsi», 33 foiz), Xosep Gvardiola («Manchester Siti», 14 foiz) va Mayk Felan («Xall Siti», 13 foiz) lar joy olishdi.

Avgust oyida «Manchester Yunayted» Mourino boshchiligida o‘tkazilgan APL ning 3ta o‘yinning hammasida g‘alaba qozongan edi.

 

Муҳокама

06.09.2016

Xuan Mata «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Xalqaro o‘yinlardagi tanaffusdan so‘ng, shanba kuni bizni muxim o‘yin – Manchester derbisi kutib turibdi. Ammo barchamiz yaxshi bilamizki, bu muxim uchrashuv, ammo uch ochkodan o‘zgasi emas.

Ikkala jamoa xam, Premer Ligani yaxshi boshlashdi, shunday ekan ikkala klub xam o‘zlarini kutilganidek yuqori saviyada namoyish etishlari mumkin. Biz David bilan, o‘yin haqida Nolito va Silva bilan gurunglashib oldik.

Terma jamoa o‘yinidan so‘ng, biz uchun ajoyib derbi haqida o‘ylashimiz uchun yotarlicha vaqt buladi,» – deydi Mata.

Муҳокама

06.09.2016

Madridning «Real» klubi himoyachisi Rafael Varan «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourinoning taklifini rad etish qiyin bo‘lganini tan oldi.

Xabarlarga qaraganda, 23 yoshli fransuz hali ham «qizil iblislar»ning mo‘ljali ostida turibdi. «MYu» yozda futbolchiga taklif bilan chiqgan, ammo Varan sobiq murabbiyiga rad javobini bergan edi.

«Albatta, «Manchester Yunayted»dek klubdan taklif olish, odamga g‘urur bag‘ishlaydi. Biroq, men «Real» bilan kelajagimni qurar ekanman, boshqa klubga o‘tishni hayolimga ham keltirmayapman.

Men Madridda o‘zimni yaxshi his qilyapman va buni ko‘p takrorlaganman. Joze Mourinoga «yo‘q»  deyish oson ish emas, ammo men qarorimni o‘zgartirmayman», – deya Varan so‘zlarini keltirmoqda ESPN nashri.

Муҳокама

Янгиликлар /

Futbolkalar almashish taqiqlandi!?

06.09.2016

«Yunayted» futbolchilarga o‘yinlardan keyin raqib vakillari bilan futbolkalar almashishni taqiqlagan. «MYu» xo‘jayinlari liboslar ishlab chiqarish sohasida iqtisod qilish maqsadida shunday chora joriy etgan.

«Ular iqtisod qilish uchun futbolkalar almashishni taqiqlashdi. Bu juda bema’ni ko‘rinadi, «MYu» dunyodagi eng qimmatbaho klublardan biri sanaladi», - deya «MYu»dagi manbasi so‘zlarini keltirgan Sun nashri.

Yozda «Manchester Yunayted» yarim himoyachi Pol Pogba va hujumchi Zlatan Ibrahimovichni sotib olgandi va ularga mos ravishda 290 ming va 260 ming funt miqdoridagi haftalik maosh tayinlagan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ibrahimovich: Mourino daho

05.09.2016

Zlatan Ibrahimovich nima uchun aynan «MYu» klubini tanlaganini ma’lum qildi.

«Men Angliya Premer-ligasiga ikki marta o‘tishim mumkin edi. Birinchi safar «Arsenal»ga, keyingisida «Manchester Siti»ga. Ammo bu narsa ro‘y bermadi, chunki bunda ehtiyoj sezmagandim.

Mourino daho va aqlli bo‘lganligi uchun «Manchester Yunayted»ga o‘tishga qaror qildim. «Inter»da to‘p surgan paytlarim undan ko‘p narsa o‘rganganman. Jozening qo‘li ostida yana bir bor to‘p surish imkoniyatini yo‘qqa chiqara olmasdim», – dedi 34 yoshli shvesiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich «MYu» safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.

Муҳокама

05.09.2016

Ueyn Runi Angliya terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasidagi Slovakiyaga qarshi uchrashuvida boshlang‘ich tarkibga kiritildi.

Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi bugun terma jamoa uchun 116-uchrashuvini o‘tkazadi va maydon futbolchilari bo‘yicha rekordni qayd etdi. Bu bilan u Devid Bekhemning natijasini yangiladi.

Angliya terma jamoasi uchun eng ko‘p marta uchrashuv o‘tkazgan futbolchi darvozabon Piter Shilton hisoblanadi. U 125 uchrashuvda Angliya sharafini himoya qilgan.

Terma jamoa safida shu vaqtgacha o‘tkazilgan 115 o‘yinda Runi 53ta gol urgan va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Муҳокама

05.09.2016

Angliya Premer-ligasining 3-turida «Xall Siti»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Maruan Fellayni umumiy mashg‘ulotga qaytdi.

Belgiyalik futbolchi  jarohatidan butunlay forig‘ bo‘ldi hamda umumiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Endilikda u “Manchester Siti” bilan bo‘ladigan navbatdagi tur uchrashuvida maydonga tusha oladi.

Aksincha, jamoaning boshqa bir futbolchisi Genrix Mxitaryan esa terma jamoa safida jarohat olganligi sababli, Manchester derbisida qatnasha olmaydi.

Муҳокама

04.09.2016

Armaniston terma jamoasi va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yaqin 7-10 kun davomida maydonga tusha olmaydi.

Mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi Chexiya bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvda jarohat olgan. 27 yoshli yarim himoyachi endilikda Daniya bilan bo‘ladigan JCh-2018 saralash uchrashuvida ham maydonga tusha olmaydi.

Bundan tashqari, Mxitaryan 10 sentyabr kuni «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan derbini ham o‘tkazib yuboradi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Bekxem: Jiddiy gapiryapsizmi?

04.09.2016

Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishi lozimligini aytib o‘tdi.

- Bugun Runi Angliya terma jamoasi tarkibida eng ko‘p to‘p surgan maydondagi futbolchi bo‘ladi. Men esa odamlar Ueyn termadan ketishi lozimligi haqida gapirayotganlarini eshitmoqdaman. Shunda u klubdagi faoliyatini uzaytirishi mumkin ekan.

Ueyn termadan ketishi kerakmi? Jiddiy gapiryapsizmi? Futbolchi faqat o‘zi tayyor bo‘lganidan so‘ng ketishi kerak. Terma jamoada to‘p surish - eng yuqori saviya va unga faqat professional futbolchi erisha oladi. «Uembli»da terma jamoa libosida maydonga tushish eng yoqimli hissiyotlarni beradi, - deydi Bekxem.

Муҳокама