Bayi Afrika Kubkogiga boradi
04.09.2016

«Yunayted» himoyachisi Erik Bayi Kot-d’Ivuar terma jamoasining Afrika Kubkogi doirasidagi uchrashuvlarda yordam berishi mumkin. Ushbu musobaqa qishda Gabon mamlakatida bo‘lib o‘tadi.
Kot-d’Ivuar saralash bahslarining so‘ngi turida Serra-Leone jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur xabar «Manchester Yunayted» muhlislariga yoqmasligi mumkin, Bayi ushbu turnirda ishtirok etishi orqali 3 hafta jamoa safida bo‘lmasligi mumkin. Turnir 2017 yil14 yanvardan 5 fevralga qadar davom etadi.
Ushbu vaqtlarda «Yunayted» «Liverpul», «Stok Siti», «Xall Siti», «Lester» va «Ufotford» jamoalariga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi
Shou: Ibrahimovich juda yaxshi futbolchi
02.09.2016

«MYu» himoyachisi Lyuk Shou jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning yetakchilik hislatiga alohida baho berdi.
- Ibrahimovich juda yaxshi futbolchi. U jamoaning bir bo‘lagiga aylana oldi. Jamoada shunday futbolchi borligi yaxshi. Undan katta tajriba olish mumkin.
Tushlik vaqtida u har doim hazil qiladi va turli kulguli voqealarni gapirib beradi. U o‘zi va jamoaga juda talabchan. Zlatan har doim bor kuchi bilan o‘ynaydi va jamoadoshlaridan ham shunday o‘yin kutadi.
U hech narsani nazardan chetda qoldirmaydi va maydonda biror jamoadoshi bo‘shashib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, - deydi Shou.
02.09.2016

Yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger «Manchester Yunayted»ning APLga bergan zayavkasidan o‘rin oldi.Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.
Avvalroq mankunianliklar futbolchiga ishonch bildirmayotganligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bundan tashqari, Shvaynshtayger «Manchester Yunayted» uning uchun Yevropadagi so‘nggi klub bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Nemis yarim himoyachisi Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Mourino Grizmanni sotib olmoqchi!?
02.09.2016

Joze Mourino 2017 yilning yozida «Atletiko» jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olmoqchi.Bu haqda Bleacher Report xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy kelasi mavsum oldidan tarkibni yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Mourino Grizmanni hujumchi Ueyn Runiga o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Murabbiy 30 yoshli Runidan voz kechmoqchi emas, ammo «Manchester Yunayted»da undan kam bo‘lmagan o‘ringa ega hujumchini olib kelishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann «Atletiko» bilan 2021 yilga qadar davom etadigan shartnoma imzolagan va unga ko‘ra transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.
16/17 mavsum transferlar darchasi yopildi
02.09.2016

1 sentyabr toshkent vaqti bilan soat 03:00 da 16/17 mavsum yozgi transferlar darchasi yopildi.
APL jamoalri 15/16 yozgi transferlari uchun 850 mln. funt sarflashgan bo’lsa 16/17 mavsumda 1,165 mln. funt sarflandi.
«Manchester Yunayted» barcha transferlari:
Keldi
Bosh murabbiy: Joze Mourino
Erik Bayi «Vilyareala»
Zlatan Ibragimovich «PSJ»
Gernix Mxitaryan «Borussii Dortmund»
Pol Pogba «Yuventusa»
Ketdi
Bosh murabbiy: Lui van Gal
Tayler Rid «Suonsi»
Viktor Valdes «Midlsbro»
Djimmi Dann «Bernli»
Nik Pauell «Uigan»
Djo Rotuell «Oksford Yunayted»
Eshli Fletcher «Vest Xem»
Peddi MakNeyr «Sanderlend»
Donald Lav «Sanderlend»
Tayler Blekett «Reding»
Uill Kin «Xall Siti»
Djeyms Ueyr «Xall Siti»
Ijara
Gilermo Varela «Ayntraxt»
Adnan Yanuzay «Sanderlend»
Djeyms Uilson «Derbi»
Kemeron Bortuik-Djekson «Vulverxempton»
Andreas Pereyra «Granadu»
Din Xenderos «Grimsbi Taun»
Djoel Kastro Pereyra «Belenensish»
Shnayderlin «Old Trafford»ni tark etmaydi!?
01.09.2016

Morgan Shnayderlin yozgi transferlar mavsumining so‘nggi pallasida bosh murabbiy Joze Mourinoning taqiqi sababli «Old Trafford»ni tark etmadi.
«Tottenxem» «MYu» safiga Pogba kelib qo‘shilgani hamda Mourinoning Fellayniga bo‘lgan ishonchi munosabati bilan Shnayderlinni o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonayotgandi.
Biroq, Mourino fransiyalik futbolchi «Tottenxem»ga o‘tmasligini bildirgan.
Joriy mavsumda Shnayderlin atigi 5 daqiqa to‘p surdi.
Reshford hashamatli uyni ijaraga oldi
01.09.2016

Markus Reshford Manchester shahrida 800 ming funtlik hashamatli uyga onasi va ikki ukasini joylashtirdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».
O‘tgan mavsumning yarmidan mankunianlarning asosiy tarkibida yorqin o‘yin namoyish qilgan Reshford Yevro–2016 turnirida ishtirok etish uchun Angliya terma jamoasidan chaqiruv olgandi. Umidli futbolchini qo‘ldan boy bermaslik uchun «MYu» rahbariyati u bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Haftalik maoshi 5 barobarga, ya’ni, 5 mingdan 25 ming funtga ko‘tarilgan Reshford o‘z pullarini oilasiga qulaylik yaratish uchun sarfladi.
Ayni damda 18 yoshli futbolchining hashamatli uy sotib olishga imkoniyati yo‘q, ammo u narxi 1 million funtga teng uy qurdirayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Futbolchilar uchun bir milliard funtd!?
31.08.2016

Angliya premer-ligasi jamoalari mavsumlar oralig‘idagi transferlar darichasi vaqtida yangi futbolchilar uchun bir milliard funtdan ortiq mablag‘ni sarflab bo‘lishdi.
Bu turnir tarixidagi rekord daraja hisoblanadi. Bu Mustafi «Arsenal»ga o‘tgani e’lon qilingach qayd etildi. Bu haqda Sky Sports xabar bergan.
APLda yozdagi eng yirik 5ta transfer quyidagilar bo‘ldi:
1. Pol Pogba «Manchester Yunayted» - 105 million yevro;
2. Jon Stounz «Manchester Siti» - 56 million yevro;
3. Leroy Sane «Manchester Siti» - 49 million yevro;
4. Granit Chaka «Arsenal»- 45 million yevro;
5. Genrix Mxitaryan «Manchester Yunayted» - 42 million yevro;
Shuningdek, ligadagi 20tadan 12ta klub 20 o‘zining transferlar borasidagi rekordlarini yangilagan.
Mourino: Katta yigitga katta ta’til kerak.
31.08.2016

Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibrahimovichga bir necha kun qo‘shimcha ta’til berishini ma’lum qildi.
«34 yoshli futbolchi dam olmasa bo‘lmaydi, mavsum davomida 70 ta o‘yinni o‘tkazishga qiynalib qoladi. Terma jamoalarga chaqirilmagan yigitlarga 2 kun ta’til berdim. Zlatanga qancha kerak bo‘lsa, shuncha berishga qaror qildim.
U to‘rt o‘yinda 360 daqiqa o‘ynadi, bir daqiqa bo‘lsa ham dam olmadi. Katta yigitga katta ta’til kerak. Unga to‘rt kun hordiq chiqarishiga imkon beraman» - dedi Mourino The Telegraphga bergan intervyusida.
Mourino rekord natija qayd etdi
31.08.2016

Joze Mourino mavsumning ilk to‘rt uchrashuvida g‘alaba qozonib, mankunianlar tarixidagi murabbiylar orasida rekord natija qayd etdi.
«Qizil iblislar» Angliya Superkubogi uchun bahsda «Lester»ni (2:1), APLning dastlabki uchta turida esa «Bornmut» (3:1), «Sautgempton» (2:0) va «Xall Siti»ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi va jamoa tarixidagi dastlabki 4 o‘yinda g‘alaba qozongan ilk murabbiyga aylandi.