Янгиликлар /

Runi: Eng qulay fursat

31.08.2016

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi mamlakat termasidagi faoliyatini JCh–2018 turniridan keyin yakunlanishini ma’lum qildi.

«Rossiyadagi JCh–2018 turniridan so‘ng bo‘lib men mamlakat termasidagi faoliyatimni yakunlayman.

Bu Angliya bilan yuksak natijaga erishish uchun so‘nggi imkoniyat. Terma jamoada to‘p surish katta faxr, ammo Rossiyadagi mundialdan so‘ng ketishim uchun eng qulay fursat», – dedi Runi.

Ma’lumot uchun, Ueyn Runi Angliya terma jamoasining 115 o‘yinida 53 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Муҳокама

30.08.2016

 «Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi Angliya terma jamoasining sardori sifatidagi faoliyatini davom ettiradi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Terma jamoaga Sem Ellardays bosh murabbiy bo‘lib tayinlangandan so‘ng sardorlik bog‘ichi Runidan boshqa futbolchiga berilishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqatilgan edi.

Sem Ellardays matbuot anjumanida Runi terma jamoaning sardorlik vazifasini davom ettirishini aytib o‘tdi.

«Ueyn terma jamoa uchun ajoyib sardor, u o‘zining vazifalarini yaxshi bajara oladi. Men undan terma jamoa sardori vazifasida qolishini so‘radim. U jamoaning eng qariya futbolchilaridan, jamoadoshlari uni juda xurmat qilishadi. Shunday ekan Runi terma jamoa sardori bo‘lishi bu to‘g‘ri».

Муҳокама

30.08.2016

Sky Sport nashri xabar berishicha «Yunayted» hujumchisi Uill Kin «Xall Siti» jamoasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

23 yoshli hujumchi tez orada Mayk Felan jamoasi tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

Kin jamoa akademiyasida 2007 yilda debyut qilgan edi. Asosiy jamoa tarkibida ham bir necha marotaba maydonga tushishga ulgurgan..

Kin 2012 yil may oyida Angliya yoshlar terma jamoasi tarkibida jarohat olib bir yarim yildan ortiq muddatni davolanishbilan o‘tkazib yubordi. Keyinchalik ham futbolch bir necha marotaba jarohat oldi. Bu harohatlar unga o‘zining qobiliyatini to‘liq ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shirer: Runi ketishi kerak

29.08.2016

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer Ueyn Runi to‘g‘risida fikrlarini bayon qildi.

«Hozir «MYu»ning tarkibi juda kuchli, shuning uchun ham asosiy tarkibda o‘ynash uchun Runi yuqori saviyadagi o‘yin namoyish qilishi kerak. Endi Ueyn faqat o‘zi haqida o‘ylashi kerak. U terma jamoani tark etgani ma’qul. 30 yoshda ham klubda, ham terma jamoada yuqori saviyadagi o‘yinni namoyish etish mushkul.

Agar u shu qarorga kelsa, buni hijolatli joyi yo‘q. U terma jamoada bor kuchini sarflab, halol o‘ynadi. Uni biror narsada ayblab bo‘lmaydi» - dedi Shirer.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fellaini jarohat oldi

29.08.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellaini «Xall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvdi jarohat oldi deya xabar bermoqda jamoa rasmiy sharti.

Belgiyalik futbolchi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilari qatoridan joy oldi.

 Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Mourinyu quyidagilarni aytib o‘tdi: «Maruan biz uchun orqa chiziqdagi o‘ziga xos o‘yinchi. U oyog‘idan biroz jarohat oldi. Bu juda yomon».

Fellaini Belgiya terma jamoasi safiga sentyabrda Ispaniya va Kipr terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvga chaqiriq olgan edi, shifokorlarning yakuniy qaroriga ko‘ra futbolchining holatiga aniqlik kiritiladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shou, Runi, Smolling terma jamoada

29.08.2016

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays Slovakiya terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.

23 nafar futbolchi qatoridan «Manchester Yunayted» ning 3 nafar a’zosi o‘rin olgan. Bular Lyuk Shou, Ueyn Runi va Kris Smolling.

Jamoa xujumisi Markus Reshford esa 21 yoshlilar terma jamoasi tarkibiga chaqiruv olgan.

Angliya terma jamoasining to‘liq tarkibi:

Darvozabonlar: Freyzer Forster («Sautgempton»), Djo Xart («Manchester Siti»), Tom Xiton («Bernli»).

Himoyachilar: Gari Keyxill («Chelsi»), Nataniel Klayn («Liverpul»), Fil Djagelka («Everton»), Denni Rouz («Tottenxem»), Lyuk Shou («Manchester Yunayted»), Kris Smolling («Manchester Yunayted»), Djon Stounz («Manchester Siti»), Kayl Uoker («Tottenxem»).

Yarim himoyachilar: Dele Alli («Tottenxem»), Micheyl Antonio («Vest Xem»), Erik Dayer («Tottenxem»), Denni Drinkuoter («Lester»), Djordan Xenderson («Liverpul»), Adam Lallana («Liverpul»), Ueyn Runi («Manchester Yunayted»), Raxim Sterling («Manchester Siti»), Teo Uolkott («Arsenal»).

Hujumchilar: Xarri Keyn («Tottenxem»), Deniyel Starridj («Liverpul»), Djeymi Vardi («Lester»).

Муҳокама

28.08.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi  Joze Mourino «Xal Siti» ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Reshford juda yaxshi harakat qilyapti. Jamoa o‘yinda qiyinchilika uchrayotgan va gol ura olmayotgan pallalarda Reshford asqotmoqda.  Angliya Superkubogi va bugungi o‘yinda Markus maydonga tushib, g‘alabaga o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

Hamma Reshford va Ibra haqida gapirmoqda. Ular birga harakat qila oladi va bugun shuni isbotlashdi. Agar Markus o‘z ustida ko‘proq ishlasa, orqaroqda ham o‘ynashi mumkin, ammo men uni hujumchi deb hisoblayman.

Reshford va Ibrani birga qo‘llab, biz raqiblarga katta muammo keltiramiz. Ba’zan Zlatan orqaroqqa qaytadi, chunki u ko‘proq to‘p bilan ishlaydi. Markus esa tezkor va o‘yinga chanqoq,  qanotlarda ham yaxshi harakat qiladi», – deydi portugaliyalik mutahassis.

Муҳокама

28.08.2016

«Yunayted» Angliya Premer-ligasining dastlabki 3ta turida ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu galgi g‘alaba katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritdi.

Mourino shogirdlari 2ta o‘yinda 2ta g‘alaba bilan peshqadamlar safida borayotgan «Xall Siti» mehmoni bo‘lishdi. Faqat ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalardagina mankunianliklar g‘alabani ilib ketishdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar ishonchli himoyalanib, nomdor raqibga hujum qilish uchun deyarli imkoniyat bermadi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmidan boshlab manchesterliklarning bosimi oshib bordi. Ammo yaratilayotgan vaziyatlar ha deganda golga aylanavermadi. Qo‘shib berilgan 4 daqiqaning ikkinchisi o‘tib borayotganida Runi chap qanotdan bir himoyachidan ajoyib tarzda o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Reshford 2-3 metrdan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» 3ta o‘yinda uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa «Chelsi» bilan birgalikda jadvalni boshqarib turibdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Hech narsa bilmayman

27.08.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasiga tashlangan qur’a natijalari haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra mankunianliklar «Fenerbaxche», «Feyenord» va «Zarya»ga qarshi to‘p surishi lozim.

Chempionlar ligasida bizning guruhga o‘xshagani bor. Bu yaxshi. Yevropa ligasida qiyin guruhga tushishimizni kutgan edik va bu yaxshi holat. Agarda jamoamizda istak va ishtiyoq bo‘lmasa, muxlislar «Old Trafford»ga kelmaydilar. Bu esa ishtiyoqni oshirishga yordam beradi.

Bizning guruhimiz Chempionlar ligasi kabi olifta bo‘lmagan musobaqaga juda mos keladi. «Manchester Yunayted» kabi klub «Fenerbaxche» va «Feyenord» bilan o‘ynashi - yaxshi holat. Ukraina jamoasining saviyasi haqida esa hech narsa bilmayman, - deydi portugaliyalik murabbiy.

Муҳокама

27.08.2016

«Granada» yarim himoyachi Andreas Pereyraning transferi haqida rasman ma’lum qildi.

Andalusiyaliklar klubi ushbu futbolchini «Manchester Yunayted»dan 1 mavsum uchun ijaraga olgan.

Futbolchi shanba kuni «Granada»ning mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

O‘tgan mavsumda futbolchi premer-liganing 4ta uchrashuvida maydonga tushgandi.

Braziliya yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan ushbu 20 yoshli futbolchi yoshlar jamoasida yetakchiga aylangan, Lui van Gaal tomonidan asosiy tarkibga jalb etilishi boshlangandi. Uning o‘rniga Mourino kelgach u jamoa tarkibini optimallashtirishga kirishdi. Pereyra oxirgi hafta davomida jamoani tark etgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi.

Муҳокама