Mourino: 23 futbolchi yetarli
26.08.2016

«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino ma’lum qildiki, transferlar oyining oxirgi haftasini «qizil iblislar» xotirjamlik bilan o‘tkazadi.
«Menda 23 futbolchi bor, endi hech kim kelmaydi va hech kim ketmaydi. 23 futbolchi yetarli, agar qandaydir muammo yuzaga keladigan bo‘lsa, akademiyada bir qancha yosh futbolchilar bor va men ularning tezligidan bajonidil foydalanaman.
Menga Kemeron Bortvik-Jeksonning o‘yini juda yoqar edi, ammo u o‘ynash uchun «Vulverhempton»ga ketdi, chunki chap qanotda Lyuk Shou, Roxo va Blind bor. Barcha klublar ham shunday qarorlarni qabul qilib turishadi.
Menimcha oldindagi hafta biz uchun jimlik bilan o‘tadi, atrofda vertolyotlar uchmaydi, chunki hech kim kelmaydi va hech kim ketmaydi. Men qo‘l ostimda to‘plangan jamoadan mamnunman», — degan Mourino jamoa saytiga.
Yevropa Ligasi «Yunayted» raqiblari ma'lum
26.08.2016

Bugun Monakoda Yevropa Ligasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimda «Bavariya» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Patrik Andersson hamda «Valensiya» va «Sevilya» jamoalarining sobiq darvozaboni Andres Palop ishtirok etdi.
Turnir favoritlaridan biri bo‘lmish «Manchester Yunayted» jamoasi A guruhida Turkiyaning «Fenerbahchi», Niderlandiyaning «Feyenoord» va Ukrainaning «Zarya» jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Guruh bahslari 15 va 29 sentyabr, 20 oktyabr, 3 va 24 noyabr, shuningdek 8 dekabr kunlariga belgilangan.
Guruh bosqichiga chiqqan 48ta jamoa 12ta guruhni tashkil etgan:
A guruhi: «Manchester Yunayted» (Angliya), «Fenerbahchi» (Turkiya), «Feyenoord» (Niderlandiya), «Zarya» (Ukraina);
B guruhi: «Olimpiakos» (Gresiya), APOEL (Kipr), «Yang Boyz» (Shveysariya), «Astana» (Qozog‘iston);
C guruhi: «Anderlext» (Belgiya), «Sent-Eten» (Fransiya), «Mayns» (Germaniya), «Gabala» (Ozarbayjon);
D guruhi: «Zenit» (Rossiya), AZ (Niderlandiya), «Makkabi» (Tel-Aviv, Isroil), «Dandolk» (Irlandiya);
E guruhi: «Viktoriya Plzen» (Chexiya), «Roma» (Italiya), «Austriya» (Avstriya), «Astra» (Ruminiya);
F guruhi: «Atletik» (Ispaniya), «Genk» (Belgiya), «Rapid» (Avstriya), «Sassuolo» (Italiya);
G guruhi: «Ayaks» (Niderlandiya), «Standard» (Belgiya), «Selta» (Ispaniya), «Panatinaikos» (Gresiya);
H guruhi: «Shaxtyor» (Ukraina), «Braga» (Portugaliya), «Gent» (Belgiya), «Konyaspor» (Turkiya);
I guruhi: «Shalke» (Germaniya), «Zalsburg» (Avstriya), «Krasnodar» (Rossiya), «Nissa» (Fransiya)
J guruhi: «Fiorentina» (Italiya), PAOK (Gresiya), «Slovan» (Chexiya), «Karabax» (Ozarbayjon);
K guruhi: «Inter» (Italiya), «Sparta» (Chexiya), «Sauthempton» (Angliya), «Hapoel» (Beer-Sheva, Isroil),
L guruhi: «Vilyarreal» (Ispaniya), «Styaua» (Ruminiya), «Syurix» (Shveysariya), «Usmonlispor» (Turkiya);
Manchester murabbiylari yetakchi!?
26.08.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hamda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola The Sun talqini bo‘yicha eng ko‘p maosh oladigan mutaxassislar deb e’tirof etildi.
Manchester klublariga bosh murabbiylik qilayotgan mutaxassislar yiliga 17,6 mln yevro maosh olishadi. Uchinchi o‘rinni «Bavariya» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti egalladi. Uning yillik maoshi 10,56 mln yevroni tashkil qiladi.
Eng ko‘p maosh oladigan 10 nafar futbol murabbiylari:
1-2. Joze Mourinyu «Manchester Yunayted» - yiliga 17,6 mln yevro;
1-2. Xosep Gvardiola «Manchester Siti» - yiliga 17,6 mln yevro;
3. Karlo Anchelotti «Bavariya» - yiliga 10,56 mln yevro;
4. Arsen Venger «Arsenal» - yiliga 9,97 mln yevro;
5. Yurgen Klopp «Liverpul» - yiliga 8,21 mln yevro;
6. Antonio Konte «Chelsi» - yiliga 7,62 mln yevro;
7. Maurisio Pochettino «Tottenhem» - yiliga 6,45 mln yevro;
8. Zinedin Zidan «Real» - yiliga 5,28 mln yevro;
9. Diego Simeone «Atletiko» - yiliga 5,16 mln yevro;
10. Rafael Benites «Nyukasl» - yiliga 4,7 mln yevro.
Evropa Ligasi ishtirokchilari aniq bo‘ldi
26.08.2016

Bugun Monakoda Yevropa Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. «Manchester Yunayted» guruh bosqichidagi o‘z rqiblarini bilib oladi. Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
O’tgan mavsum APLda 5 o‘rin bilan yakunlagan «Manchester Yunayted» UYEFA koeffitsiyentlari bo‘yicha saralangan jamoalar qatoridan joy oldi.
Guruh bosiqichida 48 jamoa 12 guruhga ajratiladi. Ushbu bosqichda bir mamlakatning ikki vakillari bir-birlari bilan to‘qnash kelishmaydi.
«Yunayted» Yevropa Ligasi bosqichidagi dastlabki uchrashuvni 15 sentyabr kuni o‘tkazadi.
Qur’a tashlash marosimida ishtirok etadigan jamoalar umumiy ro‘yhati:
Saralangan jamoalar:
"Shalke" (GER),"Zenit" (RUS),"Manchester Yunayted" (ENG),"Shaxter" Donetsk (UKR)
"Atletik" (ESP),"Olimpiakos" (GRE),"Vilyareal" (ESP),"Ayaks" (NED),"Internatsionale" (ITA)
"Fiorentina" (ITA),"Anderlext" (BEL),"Viktoriya" (CZE)
Boshqa jamoalar:
"Alkmaar" (NED),"Braga" (POR),"Zalsburg" (AUT), "Roma" (ITA),"Fenerbaxche" (TUR)
"Sparta" Praga (CZE),PAOK (GRE),"Styaua" (ROU),"Genk" (BEL), APOYEL (CYP),"Standard" (BEL)
"Sent-Eten" (FRA),"Gent" (BEL),"Yang Boyz" (SUI),"Krasnodar" (RUS),"Rapid" (AUT),"Slovan" (CZE),
"Selta" (ESP),"Makkabi" Tel-Aviv (ISR),"Feyenoord" (NED),"Austriya" (AUT),"Mayns" (GER)
"Syurix" (SUI),"Panatinaikos" (GRE),"Sassuolo" (ITA),"Karabax" (AZE), "Astana" (KAZ), "Nitssa"
(FRA),"Zarya" (UKR), "Astra" (ROU),"Konyaspor" (TUR), "Osmanlыspor" (TUR),"Gabala" (AZE)
"Xapoel" Beer-Sheva (ISR),"Dandolk" (IRL).
«Yunayted» Shvaynshtaygerni bepul qo‘yib yuboradi!?
25.08.2016

«Yunayted» Bastian Shvaynshtaygerni boshqa klubga bepul qo‘yib yuborishga tayyor, deb xabar beradi The Guardian.
Futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinoning rejalariga kirmay, yoshlar jamoasiga o‘tkazib yuborilgan edi. «Shvayni» haftasiga 140 ming funt maosh olishi tufayli, «MYu» uni boshqa klubga bepul qo‘yib yuborib, ancha-muncha mablag‘ni tejab qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Shvaynshtayger avvalroq Yevropada boshqa klub tarkibida o‘ynamasligini e’lon qilgan edi. Xitoy va MLSda transfer oynasi yopilganini inobatga oladigan bo‘lsak, u Qatar yoki BAA klublariga o‘tishi mumkin.
Ibrahimovich rekordni yangilashi mumkin
25.08.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mavsumni juda yaxshi boshladi. U mankunianliklarning uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotgan rekordini yangilashi mumkin.
Shvesiyalik futbolchi «MYu»ning mavsumdagi dastlabki 3ta rasmiy o‘yinida («Lester», «Bornmut» va «Sautgempton»ga qarshi) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
APLning 3-turi doirasida «Xall Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Ibra darvozani ishg‘ol qilsa, u «Yunayted» forvardi Jimmi Xensonning natijasini takrorlashi mumkin.
«Qizil iblislar»ning ushbu futbolchisi 1924/25 va 1925/26 yilgi mavsumlarning dastlabki 4ta o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘shandan beri bu natijani hali hech kim takrorlamagandi.
Reshford jamoani tark etmaydi!
25.08.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning bosh murabbiyi Markus Reshfordga yetarlicha imkoniyat berilishini takidlab o‘tdi. Bu haqida The Sun nashri xabar bermoqda.
«Markus Reshford hech qaysi jamoaga ijaraga berilmaydi, u jamoada qoladi».
«Reshford kubok bellashuvlari uchrashuvlarida, shuningdek ayrim futbolchilarga dam berilgan vaqtda maydonga tushishi mumkin. Markus – yaxshi yigit, va u maydonga tushish niyatida xech qanday to‘palon ko‘tarmaydi».
Nortxempton - Liga Kubogidagi raqib
25.08.2016

Kecha Angliya Liga Kubogining 3-bosqichiga qura tashlash marosami bo‘lib o‘tdi. Joze Mourinyu shogirdlari 3-bosqichda «Siksfilds Stedium» stadionida «Nortgempton Taun» jamoasi mehmoni bo‘lishadi.
Angliya Liga Kubogi 3-bosqichdan o‘rin olgan boshqa juftliklar quyidagi ko‘rinishni oldi:
Nottingem Forest – Arsenal
Lids – Blekbern
KPR – Sanderlend
Vest Xem – Akkrington Stenli
Sautgempton – Kristal Pelas
Suonsi – Manchester Siti
Fulxem – Bristol Siti
Bornmut – Preston
Tottenxem – Xillingxem
Everton – Norvich
Derbi – Liverpul
Nortxempton – Manchester Yunayted
Brayton – Reding
Nyukasl – Vulverxempton
Stok Siti – Xall Siti
Lester – Chelsi
Uchrashuvlar 2016 yil 20-21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Shvaynshtayger: Yordam berishga doim tayyorman
24.08.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoadagi o‘zining holati yuzasidan dastlabki izohni berib o‘tdi.
32 yoshli futbolchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuning taktik sxemasiga to‘g‘ri kelmasligi bois uchrashuvlarda maydonga tushmayapti.
«Manchester Yunayted» mening Yevropadagi so‘ngi jamoam, - deya yozmoqda Shvaynshtayger Facebook dagi rasmiy sahifasida. – Boshqa jamoalarni xurmat qilgan holda shuni aytamanki, «Bavariya» ni tark etganimdan keyingi Yevropadagi yagona jamoa bu «Yunayted».
«Men jamoaga yordam berishga doim tayyorman. Hozirgi vaziyatda faqatgina shuni ayta olishim mumkin. So‘ngi haftalarda doimo meni tinimsiz qo‘llab-quvatlagan barcha muhlislarga rahmat aytmoqchiman».
Mourinyu Jonsni jamoada olib qolmoqchi
24.08.2016

The Telegraph nashri xabar berishicha «Arsenal» va «Stok Siti» jamoalari «Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Djonsni sotib olish istagida.
«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa himoyasida yuzaga kelgan kamchilikni Jons orqali hal etishi mumkinligi aytilmoqda. Jonsning transfer narxi 20-25 million funt deya baholanmoqda.
Xabarda aytilishicha «Yunayted» bosh murabbiyi Jonsni «Arsenal», «Stok Siti» jamoalariga sotmoqchi emas. Bosh murabbiy futbolchinini jamoada saqlab qolish niyatida. Futbolchi rasmiy o‘yinlarda so‘ngi bora 2 yanvarda maydonga tushgan..