Bouen: Balki transfer amalga oshar
24.08.2016

«Stok Siti» bosh murabbiyining yordamchisi Mark Bouen «Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jonsga qiziqish bildirayotganliklarini aytib o‘tdi.
«Yodimda, o‘z vaqtida Sem Ellardays Fil Jonsni yangi Dankan Edvards deb atagan edi. U yoshligida juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi hamda kuchli klub safiga o‘tdi.
Negadir keyinchalik uning ishlari avvalgidek yurishmay qoldi. Bunga sabab nimadaligini ochig‘i bilmayman, ammo Aleks Fergyuson ham unga ishonch bildirgandi.
Biz har doim futbolchilarni qayta kashf qilishi bilan tanilganmiz. Ko‘ramiz, balki bu transfer ham amalga oshar, - deydi Bouen Stoke Sentinelga bergan intervyusida.
Mourino turli ligalarni solishtirdi
23.08.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino turli ligalarni solishtirdi.
«Menda Italiya yoki Ispaniyaga yo‘l olish variantlari bor edi. Lekin APL – alohida turnir va shu tufayli Angliyada qolishni tanladim.
Ba’zi mamlakatlarda katta jamoalar hamisha eng zo‘r bo‘lishni istaydi va orqadagilarni yanada kuchsizlantirishga harakat qilishadi.
Angliyada esa barchasi aksincha. Bu yerda liganing barcha klublari raqobatbardosh bo‘lishini istashadi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi GazzettaWorld nashri.
Qayd etish kerakki, ushbu portugaliyalik mutaxassis 2015 yil dekabrida «Chelsi» bosh murabbiyligidan ketgach, yarim yil davomida ishsiz yurdi. Bu vaqt davomida u «Real» yoki «Inter»ga qaytishi haqida xabarlar paydo bo‘lib turdi.
«Yunayted» Shvaynshtaygerni sotib yubormoqchi
23.08.2016

«Yunayted» yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerni yozgi transfer oynasi yopilguncha sotib yuborishni istamoqda.
Sport Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, Angliya klubi futbolchi uchun 2,5 million yevro so‘ramoqda. Nemis futbolchisining sotib yuborilishiga asosiy sabab, u klubda katta maosh olmoqda. Shvaynshtayger hozirda jamoada yiliga 11 million yevro maosh oladi.
Futbolchining «MYu» bilan shartnomasi 2018 yilga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shvaynshtayger o‘tgan mavsum yozida 9 million yevro evaziga «MYu»ga kelib qo‘shilgandi.
Kemeron Bortvik-Djekson ijaraga berildi
23.08.2016

19 yoshli «Manchester Yunayted» himoyachisi Kemeron Bortvik-Djekson rasman mavsum so‘ngiga qadar ijara asosida «Vulverxempton» jamoasi tarkibida to‘p suradi. Bu xaqida jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatdi
O’tgan mavsumda Kemeron asosiy tarkibda 14 uchrashuvda maydonga tushgan, shuningdek o‘rinbosarlar tarkibida Uorren Djoys qo‘l ostida ham o‘yinlarda ishtirok etgan.
O’tgan mavsum so‘ngida futbolchi 21 yoshlilar jamoasining eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lgan edi. Kemeronning «Yunayted» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil iyuniga qadar mo‘jjalangan.
Jamoa murabbiylari futbolchini ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun «Vulverxempton» jamoasiga ijaraga berishdi.
Blekett «Reding» safiga qo‘shildi
23.08.2016

Yosh himoyachi Tayler Blekett «Manchester Yunayted» jamoasini tark etib «Reding» safiga qo‘shildi. Futbolchi Chempionshipda ishtirok etadigan jamoa bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Xozirda «Reding» bosh murabbiyi «qizil iblislar» ning sobiq futbolchisi Yap Stam hisoblanadi.
Blekett «Manchester Yunayted» akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi va u Lui van Gal qo‘l ostida asosiy jamoa tarkibida 12 uchrashuvda mayjonga tushishga erishgan.
Jismoniy jihatdan kuchli bo‘lgan futbolchi markaziy himoya va qanot himoyachi pozitsiyasida xarakat qila oladi. Futbolchi o‘tgan mavsumda ijara asosida «Seltik» jamoasida to‘p surib 8 uchrashuvda maydonga tushgan.
«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Taylerning kelgusi faoliyatida omad tilab qolishini yozib o‘tgan.
Viera: Pol o‘z uslubini saqlab qolishi kerak
22.08.2016

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Patrik Viera « Yunayted» klubida to‘p surayotgan vatandoshi Pol Pogba borasida gapirib o‘tdi.
«Men Pogbaning muxlisiman. U shubhasiz ajoyib futbolchi. Ammo, Angliya chempionati Italiya A seriyadan farq qiladi va Polning gardaniga katta mas’uliyat bor. Chunki unga hamisha transfer narxi bosim o‘tkazib turadi.
Agar Pogba bir o‘zi «MYu»ga g‘alabalarni olib beraman deb o‘ylasa hato qiladi. Agar qo‘lidan kelmaydigan ishlarni boshlasa - yana xato bo‘ladi.
Undan bir mavsumda 40ta gol kutish kerak emas. Pol jamoani jismoniy holati va texnikasi bilan kuchaytira oladi.
Eng muhimi u kimgadir o‘xshashni istamasdan o‘z uslubini saqlab qolishi kerak», - deydi Mirror nashri Viera so‘zlarini keltirib.
Uilson «Derbi Kaunti» da
22.08.2016

«Manchester Yunayted» va «Derbi Kaunti» jamoalari Jeyms Uilson borasida o‘zaro kelishuvga erishdi deya xabar bermoqda «qizi iblislar» rasmiy sayti.
20 yoshli futbolchi endilikda mavsum so‘ngiga qadar ijara asosida «Derbi Kaunti» jamoasi safida maydonga tushadi.
Uilson o‘tgan mavsumda ijara asosida «Brayton» jamoasida to‘p surgan edi.
Ushbu yozda Uilson «Old Trafford» ga qaytdi. Xozirda jamoa hujum chizig‘ida katta raqobatga yuzaga kelgan Ibragimovich, Runi, Marsyal va Reshford. Shu sababli jamoa Uilsonni «Derbi» jamoasiga ijaraga berishga qaror qilgan.
Errera: Valensiya eng yaxshi himoyachilardan
22.08.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Antonio Valensiya xozirgi kunda jahoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi ekanligini aytib o‘tdi.
«Men uni yaxshi bilaman, uning o‘yini maenga doimo manzur bo‘lgan. Albatta o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasi uning xaqiqiy joyi emas, avval u o‘ng qanot yarim himoyasida to‘p surgan, lekin o‘ylashimcha xozirda jahonda u eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi, xuddi Dani Alves kabi».
«U ushbumavsumda jamoa uchun muhim o‘yinchilardan biri bo‘ladi. U doim jamoa uchun muhim o‘yinchilardan biri bo‘lgan, u jamoada sakkiz yildan buyon to‘p surib kelmoqda».
«Yunayted» afsonasi shifoxonaga yotqizildi
22.08.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining afsonaviy futbolchisi Denis Lou shanba kuni Manchester aeroportida kasali xuruj qilib qolgani sababli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 76 yoshli veteran rafiqasi bilan ta’tilga ketayotgan edi, lekin aeroportda futbolchi vazovagal holatiga tushib qolgan va darhol Trafford umumiy shifoxonasiga olib ketilgan.
Eslatib o‘tish kerak, Lou va uning rafiqasi Diana ham hayoti davomida saraton kasalligiga qarshi kurashib kelishgan.
Ibrohimovich: Mehnat qilishimiz kerak
21.08.2016

Zlatan Ibrohimovich Angliya chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yini haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.
«APLda ikki o‘yin o‘tkazdik, hali jamoa yangi – murabbiy ham, futbolchilar ham. Hozircha ikki o‘yinda olti ochko jamg‘ardik. Biroq astoydil mehnat qilishimiz kerak, shunda natijalar yanada yaxshi bo‘ladi.
Odamlar men haqimda eshitgan gaplarga ishonaverishadi, mish-mishlarni keltirib chiqarishadi. Ammo men ularga e’tibor bermayman, u qulog‘imdan kirib, bu qulog‘imdan chiqib ketadi.
Men juda ko‘p yulduzlar bilan o‘ynaganman. «Yuventus»ga o‘tganimda yosh edim. Men bilan birga Vieyra, Kannavaro, Tyuram, Buffon, Del Pero, Trezege, Nedved, Kamoranezi, Emerson o‘ynagan. Men ulardan ko‘p narsani o‘rgandim.
Yosh o‘tgan sayin javobgarlik hissi ham ortib boraverar ekan. Hozir ikki nafar farzandim bor. Ular bilan baxtliman» - dedi Ibrohimovich.