Yanuzay: O‘zimni ko‘rsatishim oson bo‘ladi
17.08.2016

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay «Sanderlend»ga ijaraga o‘tganini izohladi.
«Yana maydonga tushib futbol o‘ynayigan vaqtimni intiqlik bilan kutyapman - aynan shuning uchun bu yerga keldim. Ijara menga o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat beradi.
Bu yerda bo‘lib turganimdan xursandman, bizda yaxshi jamoa, juda yaxshi murabbiylar va albatta, ajoyib muxlislar bor. Moyes bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutyapman.
Men erkinlik va ishonchni sevaman, shunda o‘zimni ko‘rsatishim oson bo‘ladi», - deydi Yanuzay.
Mourino: Chempionlik uchun kurashamiz
16.08.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining yangi mavsumga rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
«To‘g‘risini aytsam, o‘yindan oldin biroz asabiylashdim, bu narsa hatto katta tajribali inson uchun ham normal holat. «Old Trafford»ga «Real» bilan kelganimda ser Aleks Fergyusondan «O‘yin oldidan hozir ham asabiylashasizmi?» deb so‘raganimni unutmayman. U «ha» deb javob bergan edi.
Chempionlik uchun kurashayotganimiz hammaga ma’lum. G‘olib chiqamizmi, yo‘qmi, bu boshqa masalar. Biz o‘z maqsadimizni yashirmaymiz va imkoniyat qolguncha kurashamiz.
Agar chempionlik uchun matematik imkoniyatlarimiz qolmasa, to‘tirnchi o‘rin haqida o‘ylaymiz. To‘rtinchi o‘rin ham o‘tgan mavsumdagi natijadan yaxshiroq bo‘ladi, bu yaxshi, ammo biz «yaxshi»da ko‘prog‘i - chempionlik uchun kurashamiz», - deydi Mourino.
Ibrahimovich: Yangi liga, yangi klub
16.08.2016

Zlatan Ibrahimovich APL birinchi turida urgan goli haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Futbolchi goldan ham ko‘ra, muhimi jamoasining g‘alabasi qozonganini ta’kidlagan.
«Jamoamiz yaxshi harakat qildi. O‘yin qiyin kechdi. Birinchi bo‘limda erkin harakat qila olmadik, ammo ikkinchi bo‘limda hujum qilish uchun imkoniyatdar paydo bo‘ldi va o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik.
«Chempionatni yaxshi boshlashimiz zarur. Menda hozircha barchasi boshqacha. Yangi liga, yangi klub. O‘z o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman.
«Men maydonda o‘z ishimni qilib, jamoamga yordam berishni istayman. Men uchun eng muhimi jamoaning g‘alabasi, ammo gol urganimdan mamnunman», – deydi Ibrahimovich.
Pirlo: Butun jamoa bo‘lib kulganmiz
15.08.2016

«Yuventus» klubining sobiq yarimhimoyachisi Andrea Pirlo Pol Pogbaning «Manchester Yunayted» klubiga qaytishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qildi.
«2012 yil Pogba «Yuventus»ga kelib, birinchi mashg‘ulotda qatnashganida, butun jamoa bo‘lib kulganmiz. Sababi, «MYu» shunday qobiliyatli futbolchini bepul qo‘yib yuborganiga ishonmaganmiz. Bilishimcha, «Yuventus»da bu voqea ustidan hozirgacha kulishadi.
Buni aniq eslayman, mashg‘ulotdan so‘ng kiyinish xonasiga yo‘llanganimizda, Buffon menga: «Nahotki ular bu yigitni bepul qo‘yib yuborishgan bo‘lsa?» - degan». Endi esa «Yuve» uni katta pulga sotishga muvaffaq bo‘ldi» - dedi Pirlo Football365 xabarida.
Mourino APLni g‘alaba bilan boshladi
14.08.2016

«Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining dastlabki turida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Mankunianliklar safarda «Bornmut»ni mag‘lubiyatga uchratishdi.
Birinchi bo‘lim nisbatan zerikarli o‘tdi, darvozalar oldida deyarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Bo‘lim tugashi arafasida mezbonlar himoyachisi Frensis bir vaziyatning o‘zida ikkita xatoga yo‘l qo‘ydi. Dastlab, u to‘pni o‘z darvozaboniga yetkazish chog‘ida Mataga berib qo‘ydi, biroq darvozabon Xuanning oyog‘iga tagiga tashlanib, to‘pni olib qoldi, ammo to‘p yana Frensisning oyog‘iga tegib, bo‘sh darvoza qarshisida yolg‘iz qolgan Mataga bordi. Gol!
Ikkinchi bo‘limni manchesterliklar faol boshlashdi va tezda ikkita gol urib olishdi. Dastlab, Valensiya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Marsialning zarbasi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Runi uchun uzatma bo‘lib chiqdi. Ueyn bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Zlatan Ibrahimovich tomonidan 25 metrlardan yo‘llangan zarbani «Bornmut» posboni qaytara olmadi. To‘p olis burchakka kirib ketdi.
O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida mezbonlar bitta javob to‘pini kiritishdi. Adam Smit jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilgan holda bir himoyachini aldadi va kuchli zarba bilan De Xeani dog‘da qoldirdi.
Shu tariqa, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «MYu» boshqaruvida APLning ilk o‘yinida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Xuan Mata asosiy tarkibda!?
14.08.2016

«Manchester Yunayted»ning APL birinchi turi doirasida «Bornmut»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkiblar ma’lum bo‘ldi.
Manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qaroriga ko‘ra Xuan Matani bu o‘yinni ilk daqiqalardanoq maydonda boshlaydi. Mxitaryan esa jarohati tufayli zaxirada qolgan. Romero, Roho, Kerrik, Shnayderlin, Depay va Reshford ham zaxira futbolchilari sifatida o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.
Bornmut – Borus, Smit, Frensis, Deniels, Kuk, Kuk, Serman, Ayb, Arter, King, Uilson.
Manchester Yunayted: de Xea, Valensiya, Bayi, Blind, Shou, Fellayni, Errera, Mata, Runi, Marsiyal, Ibrahimovich.
Ibrahimovich: Natija uchun o‘ynayman
14.08.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining shvesiyalik hujumchisi keksayishga shoshilmayapti.
«Men «Yunayted»ni kimdir rad eta olishiga ishona olmayman. Bu top klublardan biri. Men o‘z vaqtida «Barselona», «Yuventus» va «Milan»da o‘ynadim, ammo hozir oldinga yana bir qadam tashladim, deb o‘ylayman. Buyog‘i qanday bo‘lishini ko‘ramiz. «MYu»da qancha vaqt qolishimni oldindan aytib bo‘lmaydi. Balki ikki yil, balki uch yildan ham ko‘pdir. Men natija olib kelish uchun o‘ynayman.
Odamlarga Zlatan qiziqarli. Mening oilam bor, ammo maydonga tushgan paytda boshqa narsalarni yig‘ishtiraman. Men shunchaki o‘zimga ishonaman va o‘zimda bo‘lmagan narsaga urinmayman», – deydi Ibrahimovich The Telegraph nashriga bergan intervyusida.
Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted»ga yozgi transferlar arafasida erkin agent sifatida kelgan edi.
34 yoshli forvard ikki marta Niderlandiya, olti marta A Seriya, bir marta Ispaniya chempionati va to‘rt bor Fransiyada chempionlikni ko‘lga kiritgan.
Koul: Mourino «MYu»da bu ishni qilmasa kerak
13.08.2016

«Manchester Yunayted» klubining sobiq hujumchisi Endi Koul yangi bosh murabbiy Joze Mourino haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.
«Mourino falsafasida «himoyaga avtobus qo‘yish» degan gap bor, biroq u «MYu»da bu ishni qilmasa kerak. Umid qilamanki, jamoa Fergyuson davriga xos bo‘lgan hujumkor va sermahsul o‘yinga qaytadi.
Buni «MYu» muxlislari ham xohlamoqda. So‘nggi ikki yilda jamoa o‘ziga xos bo‘lmagan futbolni namoyish etgandi. Endi Mourino kelishi bilan raqiblar bizdan cho‘chiydi» - dedi Koul.
Reshford: Pogbaning qo‘lidan hamma narsa keladi
13.08.2016

Markus Reshford yarimhimoyachi Pol Pogbani jamoaga kelganidan xursand ekanini yashirmadi.
«Pogba universal yarimhimoyachi, uni qo‘lidan hamma narsa keladi. U hujumga o‘tadi, himoyalanadi, gol uradi, golli vaziyatlarni vujudga keltiradi. U jamoaga har tomonlama yordam bera oladi. Omadimiz kelib, uni tarkibga qo‘shib oldik.
Men tajribali futbolchilardan o‘rnak olyapman. Yaqin yillarda «MYu»ning yosh futbolchilari ulardan ko‘p narsalarni o‘rganib olishlari mumkin» - dedi Reshford «MYu» rasmiy saytida.
Mourino: Sovrin uchun kurashamiz
13.08.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino yangi mavsumda Angliya chempionatidagi maqsadlar to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi.
«Sovrin uchun kurashadigan jamoalardan birimiz. Biz qatori boshqalar jamoalarda ham mana shunday imkoniyat bor. Agar bizdan kuchli jamoa chempion bo‘lsa buni tan olamiz.
Ayni paytda biz «Manchester Yunayted»damiz, boshqacha gapira olmaymiz. Biz sovrin uchun kurashamiz», - deydi Mourino Manchester Yunayted rasmiy saytiga bergan intervyusida.