12.08.2016

13 avgust kuni Angliya Premer-ligasi bahslariga start beriladi. «UzReport TV» telekanali yangi mavsumda ham Angliya chempionati o‘yinlarini teletomoshabinlar e’tiboriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda havola qilib boradi.

Jumladan, 13 avgust kuni soat 16:30da «Xall Siti» – «Lester» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin namoyish qilinadi.

Shu kuni soat 21:30da esa «Manchester Siti» «Sanderlend»ga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuv ham telekanalimiz orqali «jonli» efirda translyatsiya qilinadi.

14 avgust kuni muxlislar soat 17:30da «Bornmut» – «MYu» hamda 20:00da «Arsenal» – «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

15 avgust kuni soat 00:00da «Chelsi» – «Vest Xem» o‘yini bilan 1-turga yakun yasaladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Yanuzay «Sanderlend» tarkibida

12.08.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay mavsum so‘ngiga qadar «Sanderlend» jamoasiga ijaraga berildi deya xabar bermoqda «qizil iblislar» ning rasmiy sayti.

Endlikda 21 yoshli belgiyalik futbolchi «Yunayted» ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes qo‘l ostida to‘p suradi. Bundan avval «qizil iblislar» ning ikki a’zosi Peddi MakNeyr va Donald Lav «Sanderlend» jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi.

Yanuzay mavsumning ilk turida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yanuzay o‘tgan mavsumning dastlabki qismini Germaniyaning «Borussiya D» jamoasida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Муҳокама

12.08.2016

Pogba va Smolling APL 2016/17 mavsumining 1-turida «Manchester Yunayted» jamoasiga diskvalifikatsiya tufayli yordam bera olmaydi

Angliya futbol assotsiatsiyasi xabar berishicha 4 nafar futbolchi APL ning yangi mavsumining dastlabki turida diskvalifikatsiya tufayli o‘z jamoasi safida maydonga tusha olmaydi.

Bu futbolchilar «MYu» dan  Pol Pogba (1 o‘yin), himoyachi Kris Smolling (1 o‘yin), «Lester» himoyachisi Robert Xut (1 o‘yin) va «Tottenxema» yarim himoyachisi Mussa Dembele (3 o‘yin).

Smolling Angliya Kubgi-2015/16 finalida qizil kartochka olgan bo‘lsa, Pogba ham Italiya Kubogi finalida ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mxitaryan «VKontakte» da

12.08.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining rasmiy sahifasini ochdi .

Genrixning birinchi xabari quyidagicha bo‘ldi: «Hammaga salom! Rus tilida so‘zlashuvchi yur vakillari bilan yanada yaqin bo‘lish istadim! VKontakte da men bilan birga bo‘ling. Intizorlik bilan kutaman, qo‘shiling!».

 Mxitaryan «VKontakte» dagi sahifasi orqali yangiliklarni rus tilida berib borishi ko‘zda tutililmoqda.

«Manchester Yunayted» ning armanistonlik futbolchisini quyidagi ilova orqali obuna bo‘lib doimiy kuztib boring.

Муҳокама

12.08.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Timoti Fosu-Mensa jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash borasida kelishib oldi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri. Yaqin kunlar ichida shartnoma borasida to‘liq oydinlik kiritiladi.

Mavsum oldi uchrashuvlardan so‘ng bir qator yosh futbolchilari jamoani tark etishi mumkinligi borasida xabar berilgan edi. Bosh murabbiy Joze Mourinyu 18 yoshli Gollandiyalik futbolchini jamoada olib bqolishni maqqul ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fosu-Mensa o‘tgan mavsumda asosiy tarkibda debyut uchrashuvni o‘tkazgane edi.

Муҳокама

12.08.2016

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Jessi Lingard yangi bosh murabbiy Joze Mourino haqida fikr bildirdi.

«Mourino - kuchli murabbiy. U bizning har bir mashg‘ulotimizda ishtirok etadi va bizning tirishib ishlashimizni istaydi. U har doim hazil qiladi, ba’zi futbolchilar ustidan hazillashishi mumkin.

Uni qattiqqo‘l deb o‘ylar edim. U bizni qattiq ishlatayotgan bo‘lsa ham, xayoli ish bilan bo‘lsa ham biz bilan hazillashishni unutmaydi.

Unda daraja bor, muhit uning atrofiga qurilgan, ammo uning oldiga borib xohlagan narsangiz haqida gaplashishingiz mumkin, u yordam berishga harakat qiladi», - deydi Lingard.

Муҳокама

11.08.2016

Angliya premer-ligasi ijrochi direktori Richard Skademor liga turnir g‘oliblari doimiy ravishda o‘zgarib turishidan manfaatdor ekani haqida gapirib o‘tdi.

«Barcha klublarga hurmat saqlagan holda aytamanki, premer-ligada shunday strategik reja bor – «Har 6 yilda yangi chempion jamoani ko‘rish». Bu qaysidir jamoaning chempion bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatishimizni anglatmaydi. Shunchaki bu borada ba’zi rotatsiyalar amalga oshiriladi.

«Lester»ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyati barcha betaraf muxlislar uchun muhim voqeaga aylandi. Ba’zilar «tulkilar»ning chempion bo‘lishiga hayratlanmasdan qaragandir. Undaylar bu holatda ham boshqa katta klublar chempion bo‘lgan holatdagi munosabatlarini saqlab qolishdi. Lekin alal-oqibat bu jamoaning chempionligi butun dunyo bo‘ylab aks-sado berganini ham ko‘rdik.

Hozirda qancha jamoada premer-ligada g‘olib chiqish uchun real imkoniyatlar bor? Agar «Lester»ning chempion bo‘lganini nazarda tutadigan bo‘lsak, 17 jamoa deyishimiz mumkin. Hazil. Lekin Venger kabi bu savolga jiddiy qarab aytadigan bo‘lsak, bu mavsumda 8ta jamoa chempionlik uchun kurashadi» — degan Skademor Sky Sports nashriga.

Муҳокама

Янгиликлар /

Yanuzay «Sanderlend»da!?

11.08.2016

Yaqin vaqt ichida «Yunayted»ning navbatdagi futbolchisi Adnan Yanuzay «Sanderlend» safiga qo‘shiladi.

«Qora mushuklar» rahbariyati «qizil iblislar» bilan Patrik Makneyr va Donald Lavning transferlari borasida kelishib olgan dilar. Navbat belgiyalik Adnan Yanuzayga keldi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, «Sanderlend» bosh murabbiyi Devid Moyes futbolchining transferini to‘liq sotib olish taklifini bergandi, ammo manchesterliklar Yanuzayni faqat ijaraga berishini ma’lum qildi.

2013 yilda aynan Moyes «MYu»da Yanuzayni kashf qilgan edi, ammo mutaxassis jamoadan ketgach, futbolchi ko‘proq zaxiradan qoladigan bo‘ldi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Nevill: «Yunayted» qaytmoqda

11.08.2016

«Yunayted»ning sobiq sadori Gari Nevillning fikricha Pogba va Zlatan Ibrohimovichning kelib qo‘shilishi yangi mavsumda chempionlikni keltirishi mumkin.

«Ibrohimovichning «MYu»ga kelishidan ko‘p narsa kutyapman. Oxirgi uch-to‘rt yilda jamoaga salobat yetishmadi. Ibra va Pogbaning qo‘shilishi jamoada obro‘li futbolchilar bo‘lishini ta’minladi. Tarixda «MYu»da kuchli shaxslar o‘ynagan. Zlatan - klub uchun muhim transfer. Ha, klub uni faoliyatining cho‘qqisida va yaxshi yillarida olib kelmadi, ammo oxirgi ikki-uch yilda «MYu» futboli o‘zining jozibasini yo‘qotgan edi.

Polda takabburlik va o‘ziga ishonch bor. U barcha bosimlarga qaramay «Yunayted»ni tark etishga kuch topa olgan edi. Ishoning, agar sr Aleks jamoada qolishingizni istasa ketishingiz juda qiyin bo‘ladi. Bunday qilish uchun takabbur bo‘lish kerak.

«MYu»da hozir murabbiy ham kuchli va obro‘li shaxs. Bu uchlik va yana bir qancha o‘yinchilar klubga va shaharga avvalgi obro‘ni qaytaradilar», - deydi Nevill.

Муҳокама

11.08.2016

Pol Pogbaning «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, turinliklar jamoasi ushbu futbolchini 105 million yevroga pullagan bo‘lsada, sof foyda 72,6 million yevroni tashkil qildi. Futbolchining agenti bo‘lmish Mino Rayolaga vositachilik haqqi sifatida 25 million yevro berilgan.

Yana 5 million yevro «Yuventus» tomonidan kelishuvga ko‘ra futbolchi uchun Manchester shahrida uy sotib olinishi uchun sarflangan.

Bundan tashqari, 2 million yevro Pogbaning bolalikdagi klublari — «Gavr», «Torsi» va «Royssi-an-Bri» tomonidan taqsimlab olingan.

Kelishuvga ko‘ra «Yuventus» hali yana 5 million yevroni bonus sifatida olishi mumkin. Bu Pogba «MYu» bilan mavjud 5 yillik shartnomasini uzaytirsa yoki u boshqa bir klubga 50 million yevro evaziga sotilsa ro‘y beradi.

Муҳокама