08.08.2016

Angliya Superkubogida «Lester» darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘yindan olgan taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi. (2:1)

«Bu yaxshi hissiyot: ilk rasmiy uchrashuv, biz sovrin uchun o‘ynadik va g‘alaba qildik. Bu mening 31-sovrinim.

O‘yin qiyin kechdi. Biz yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. «MYu»da fantastik jamoa, yaxshi o‘yinchilar va ajoyib jamoaviy ruh bor.

«MYu» faoliyatimdagi eng katta klub. Uni faqatgina «Milan» bilan tenglashtirishim mumkin», – dedi Ibrahimovich.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino: Angliya yagona mamlakat

08.08.2016

Joze Mourino «Lester»ning Angliya chempioni bo‘lgani haqida fikr bildirar ekan bunday sensatsion chempionliklar sodir bo‘ladigan yagona mamlakat – Angliya ekanini aytdi.

«Bu shunaqa voqealar sodir bo‘lishini hamma xohlaydigan, futbol strukturasi bunga yo‘l qo‘yadigan yagona mamlakat. «Lester» kabi jamoalar chempion bo‘ladigan yagona mamlakat – Angliya.

Boshqa mamlakatlarda katta klublar bunga yo‘l qo‘yishmaydi. Ular teletranslyatsiyalardan keladigan foydani bo‘lishishni xohlashmaydi. Ular doim o‘zlarini qulay his qilishlari va chempionlar ligasida doim ishtirok etishlari kerak, deb o‘ylashadi. Angliyada esa hammasi boshqacha. Bu yerda futbol qadrlanadi.

Yevropada ba’zi futbol kishilari borki, o‘zlarini futboldagi Ona Tereza deb hisoblashadi, lekin bunday emas. Ular shunchaki chempion bo‘lishmaydi, o‘zlariga raqobat tug‘dira oladigan klublarning futbolchilarini ham sotib olishadi. Shu yo‘l bilan raqobatchilari yo‘qoladi.

Ular uchun ichki chempionat asosiy maqsad emas, ular Yevropa chempionlar ligasiniga intilishadi. Angliyada barcha ligani yutishni istaydi. Shuning uchun Premer liga bu Premer liga. U dunyoda tengsiz. Umid qilamanki, bu mavsum ingliz jamoalari uchun omadli keladi. Chempionlar ligasida ham.

Angliyaga kuchli futbolchilar, kuchli murabbiylar keldi. Menimcha, xalqaro maydonda ham hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi»,- deydi Mourino.

Муҳокама

07.08.2016

Uels termasi sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz mamlakat bosh terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin. 

Gap shundaki, Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulman «Xall Siti»da ish boshlashi kutilmoqda. «Yo‘lbarslar» 46 yoshli mutaxassisga qiziqishmoqda. 

The Mirror nashri bergan xabarga ko‘ra, Koulman «Xall Siti» bosh murabbiyi bo‘lishi deyarli aniq. «Xall Siti» Krisning maoshini termadagiga nisbatan uch baravarga oshirishga tayyor. Koulman Uelsda yiliga 1,5 million yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Giggz yaqinda «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabidan ketgandi. Uels termasini yangi bosh murabbiyi nomzodlari orasida Giggz asosiy da’vogar hisoblanadi.

Муҳокама

07.08.2016

Londondagi «Uembli» stadionida Angliya Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi mamlakat chempioni «Lester» va Kubok egasi bo‘lgan «Manchester Yunayted» o‘zaro bellashdi. Unda «Manchester Yunayted» 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 32- daqiqasida Jessi Lingard hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasiga kelib Jeymi Vardi muvozanatni tikladi.

Bahsning 83-daqiqasida esa «MYu»ning yangi a’zosi Zlatan Ibrahimovich juda chiroyli tarzda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shunday qilib, Joze Mourino yangi jamoasidagi ilk sovriniga ega bo‘ldi.

Angliya Superkubogi

«Lester» – «Manchester Yunayted» –  1:2

Gollar: 0:1 – 32 Lingard, 1:1 – 52 Vardi, 1:2 – 83 Ibrahimovich.

«Lester» – Shmeyxel, Morgan, Fuks (Shlupp, 80), Xut, Simpson (Ernandes, 63), King (Mendi, 63), Drinkuoter, Olbrayton (Grey, 46), Mahrez, Okadzaki (Musa, 46), Vardi.

«Manchester Yunayted» – De Xea, Valensiya, Shou (Roxo, 69), Bayi, Blind, Lingard (Mata, 63), Fellayni, Kerrik (Errera, 61), Ibrahimovich, Marsyal (Reshford, 70), Runi.

Ogohlantirishlar: Simpson (40), King (55), Bayi (71), Vardi (75).

Муҳокама

07.08.2016

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bugun o‘tkaziladigan o‘yindan oldingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men xuddi avvalgidek intensivlik va o‘zimga bo‘lgan ishonch bilan ishlamoqdaman. Kam ham emas, ko‘p ham emas. Futbolchilar nimani o‘ylashayotganini bilmayman, lekin ko‘nglim sezyapti, bu o‘yin biz uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Men mashg‘ulotlar chog‘ida ularning o‘yinini kuzatdim va ko‘rdimki, ularda barchasi joyida. Men ularni o‘yin vaqtida ham shunday holatda ko‘rishni istayman. To‘pga egalik qilishdagi ustunlik bizning ustun jihatimiz emas.

Istaganimizdek o‘ynashimiz uchun  100 foizga tayyor bo‘lishimiz kerak. Lekin biz «MYu»ni 90 daqiqa davomida pressing qilmoqchi ham emasmiz», - deya Ranerining so‘zlarini keltiradi FourFourTwo.

Муҳокама

07.08.2016

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanish arafasida.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, fransiyalik xavbek ayni vaqtda Angliyada va u bugun jamoa uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Futbolchining transferi yakunlangani haqida 8 avgust kuni e’lon qilinishi aytilmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda mankunianliklar futbolchi uchun futbol tarixidagi rekord darajada mablag‘ (110 million yevro naqd va 10 million yevro bonus ko‘rinishida) to‘lashi haqida aytilgandi.

«Yuventus»ga Pogba «MYu» bilan shartnomasini uzaytirishi evaziga yana 5 mln yevro berilishi mumkin.

«Manchester Yunayted» Pogbaning agenti bo‘lmish Mino Rayola bilan ham shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, futbolchining maoshi yiliga 20 million yevroni tashkil etadi.

Муҳокама

06.08.2016

Joze Mourino jamoa yana bir futbolchi sotib olishini ta’kidladi.

«Menimcha, transfer oynasi vaqtida yaxshi futbolchilarni sotib oldik. Kuchli futbolchi bo‘lishi uchun vaqt kerak bo‘lgan yosh markaziy himoyachi oldik. Uning jamoaga moslashib ketishini kutish kerak.

Miki (Mxitaryan) keldi. Uning qanday futbolchi ekanini bilamiz. Superhujumchi oldik. Endi yana bir yaxshi yarim himoyachi olsak, bo‘ldi. Biz o‘nta futbolchi olishni reja qilmagan ham edik. Yangi futbolchilardan ko‘nglim to‘q»,- deydi Mourino

Муҳокама

06.08.2016

Zlatan Ibrahimovich Angliya Superkubogi finalida «Lester» bilan o‘yinda «qizil iblislar»ning g‘alabasiga shubha qilmayapti. Biroq shvedsiyalik futbolchi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritmaguncha xotirjam bo‘la olmaydi.

– «Lester» bilan bahsda biz birinchi titulni qo‘lga kiritamiz. Bitta o‘yin – bitta sovrin. Men ko‘plab sovrinlarga eag chiqishni istayman. Bu yerga vaqt o‘tkazish uchun kelmadim. Angliya Superkubogi bular orasida birinchisi bo‘ladi. Men 30ta sovrin yutganman va qolgan barchasi yutishni istayman. Unga erishmaguncha tinchimayman va g‘alaba qozonish uchun o‘ynayman, – deydi Ibragimovich «MYu»ning matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Lester» – «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs ertaga 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Муҳокама

05.08.2016

Joze Mourino jamoaning avvalgi murabbiyi Lui Van Gaal bilan umuman boshqacha murabbiylar ekanini ta’kidladi.

«To‘g‘ri, mening jamoalarim Van Galnikidan farq qiladi. Men har yerda aniqlik bo‘lishini xush ko‘raman. O‘zimga qolsa, 20 futbolchi bilan hammasini boshidan boshlashni xohlayman.

Mening o‘yin uslubim Van Galnikidan zo‘r, kuchli demoqchimasman, lekin farq qilishi aniq. Futbolchilar yangi murabbiyning o‘yin uslubiga ko‘nikishi kerak. Hozircha qotib qolgan bir-ikki unsurni hisobga olmasa, hammasi joyida»,- deydi Mourino.

Муҳокама

05.08.2016

«Yunayted» ning yangi a’zosi Zlatan Ibrahimovich Manchester shahridan ijaraga uy oldi deya xabar bermoqda ingliz matbuoti.

Bungacha futbolchi oila a’zolari bilan Radisson Blu mehmonxonasida istiqomat qilayotgan edi. Endilikda shvedsiyalik futbolchi ijaraga oligan uy ko‘chib o‘tadi.

Zlatanning yangi uyida 6 ta yotoqxona bor. Uyning garajiga futbolchining umumiy qiymati 1,8 million yevro deya baholanayotgan avtomashinalari uchun joy ham bor. Xozirda futbolchi avtomobillarini Parijdan Manchesterga olib kelgan.

Ibrahimovich yangi uyning ijarasi uchun oyiga 16 500 funt-sterling to‘lashi ko‘zda tutilgan.

Ushbu uy zamonaviy jihozlanganligi bilan futbolchida katta ta’surot qoldirgan.

 

Муҳокама