Runining uyiga hujum qilishga urinishdi
05.08.2016

The Sun nashri xabar berishicha Ueyn Runi sharafiga «Old Trafford» da bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida futbolchining uyiga niqobdagi nomalum talonchi shahs kirishga uringan.
Xabarda aytilishicha Cheshir grafligida joylashgan uyning xavfsizlik tizimi ishlab ketishi oqibatida niqobli shaxs qochishga uringan. Bir necha daqiqalardan so‘ng uchta politsiya avtomobili va vertolet kelgan. Xozirda uy joylashgan xududda surishtiruv ishlari olib borilmoqda..
Talonchining xarakatlari uy atrofidagi video kuzatuvda qayd etilgan va u asosiy eshikdan uy ichiga kirishga uringan hamda xavfsizlik tizimi ishlab ketgandan so‘ng ryukzakni tashlab qochigan.
Roxo jamoadan ketmoqchi emas
05.08.2016

Sky Sports nashri xabar berishicha «Yunayted» himoyachisi Markos Roxo jamoani tark etish niyatida emas.
26 yoshli Roxoni jamoaning asosiy tarkibidan o‘rin olishi xozircha so‘roq ostida «Yunayted» bosh murabbiy himoya markazida Kris Smolling, Erik Bayi, Fil Djons va Deyli Blinddan foydalanish niyatida chap qanot himoyasida esa jarohatdan qutilib safga qaytga Lyuk Shou to‘p surishi kutilmoda.
Roxo hali beri «Old Trafford» ni tark etish niyatida emas, avvalroq u Xitoy Superligasidan tushgan jiddiy taklifni rad etdi..
Eslatib o‘tamiz, Markos «Yunayted» ga «Sporting» jamoasi safidan 2014 yilda 16 million funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqtga qadar u jamoa safida 51 uchrashuvda maydonaga tushib 1 gol urishga erishgan.
Mourino: Yana bir futbolchi olishimiz aniq
04.08.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning yozgi transfer kampaniyasi haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Yana bir futbolchi olishimiz aniq. Pogba haqida gapirishni istamayman, chunki u – «Yuventus» futbolchisi. Menga ham boshqa murabbiy o‘z futbolchim haqida gapirishi yoqmagan bo‘lardi. Men boshqa futbolchilar haqida gapirishni istamayman, ammo haqiqat shundayki, biz yana bir futbolchini o‘zimizniki qilamiz.
Transferlar bozori 31 avgust kuni yopiladi, demak bizda yetarlicha fursat bor. Menga qolsaku, mavsum boshlanguniga qadar yaxlit tarkibga ega bo‘lishni istardim», — degan Mourino.
Bundan oldingi xabarlarda, «MYu Pogbaning transferi haqida yakshanba kuniga qadar e’lon qilishi aytilgandi.
«Yunayted» – «Everton» – 0:0
04.08.2016

Kecha Angliya terma jamoasi va «Yunayted» sardori Ueyn Runi sharafiga «Manchester Yunayted» va «Everton» o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvdan tushgan mablag‘ xayriya yo‘lida sarflanishi belgilangan.
Qizg‘in kurashlar ostida o‘tganligiga qaramay uchrashuvda hisob ochilmadi.
«Manchester Yunayted» – «Everton» – 0:0 (0:0)
«Manchester Yunayted»: De Xea (Romero 64), Bayi (Djons 46), Valensiya (Darmian 64), Shou (Roxo 46), Blind (Mata 64), Lingard (Yang 46), Errera (Fellaini 46), Kerrik (Shnayderlin 46), Marsyal (Mxitaryan 46), Ibragimovich (Depay 64), Runi (Reshford 53).
«Everton»: Stekelenburg (Robles 46), Xolgeyt (Beshich 65, Devis 77) Stounz, Mori, Koulmen, Berri (Kleverli 65), Beyns (Ovedo 65), Makkarti (Gibson 65), Barkli (Lennon 65), Deulofeu (Mirelyash 46), Lukaku (Kone 65).
Zlatan: Runi boshqalar uchun namuna
03.08.2016

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamodoshi Ueyn Runi borasida gapirib o‘tdi.
«O‘ylaymanki, barcha yuksak saviyali futbolchilar bir-birlarini tushinib, yaxshi o‘ynab ketishadi. Maydond taktikani murabbiy hal qiladi va men Runi bilan juftlikdan muammo ko‘rmayapman.
Avval ham aytganman: hozir ham aytaman, Runi - boshqalar uchun namuna bo‘ladigan futbolchidir. Men u bilan bir yonma-yon o‘ynashdan xursandman.
U fantastik faoliyatni boshidan kechirmoqda. 12 yildan beri top-klubda shunaqa saviyada o‘ynab turish oson ish emas. Futbolchilar keladi - ketadi. Runi esa har yili ajoyib o‘yin namoyish etmoqda», - deydi Ibrohimovich.
Runi:Men shunday o‘ynashni xohlayman
03.08.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa sardori Ueyn Runi hujumchi ortida o‘ynashini xohlamoqda.
«Yangi murabbiy hujumchi ortida, imkon boricha darvozaga yaqin joyda o‘ynashimni xohlamoqda. Men butun faoliyatim davomida gol urib keldim, yana shunday imkon berilayotganidan xursandman».
«Mourino menga to‘pni yarim himoyadan qabul qilib hujumga qo‘shilishimga ham ruxsat bermoqchi. Men aynan shunday o‘ynashni xohlayman. Hozir men va «MYu» uchun hayajonli damlar»,- deydi Runi.
Facebook orqali translatsiya
03.08.2016

Bugun Ueyn Runi sharafiga tashkil qilinayotgan «Manchester Yunayted» va «Everton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv APL tarixida ilk bora Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali butun dunyoga translatsiya qilinadi deya xabar bermoqda BBC Sport nashri.
Hozirgi kunda Facebook ning foydalanuvchilari soni 1,7 milliardan ortiq. Uchrashuvni «Manchester Yunayted» ning yoki Ueyn Runining Facebook dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.
Runi ushbu translatsiya haqida quydagilarni aytib o‘tdi: «Men xursandman, mening sharafimga o‘tkazilayotgan uchrashuv butun dunyo bo‘ylab translatsiya qilinishidan. Ishonamanki, bu bizlarga qo‘shimcha xayriya mablag‘larni yig‘ishimizga yordam beradi».
«Yunayted» peshqadam
02.08.2016

Yangi mavsum oldidan Angliya chempionatida qatnashuvchi jamoalarning homiylardan qancha pul ishlashlari aniq bo‘ldi. Umumiy hisobda ingliz jamoalari futbolkalarda nomi keltiriladigan titul homiylardan 226,5 million funt ishlashadi. Bu APL rekordi hisoblanadi.
Oxirgi besh yil ichida bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshib ketdi. 2010/11 yilgi mavsumda APL klublari titul homiylaridan 100,45 million funt ishlashgandi. Solishtirish uchun Germaniya bundesligasining 18 jamoasi o‘tgan mavsumda homiylardan 101 million funt, Ispaniya premerosining 20 jamoasi esa 65 million funt ishlagan.
Titul homiylardan eng ko‘p «MYu» foyda ko‘radi. Chevrolet jamoaga yangi mavsumda 47 million funt foyda keltiradi. «Chelsi» esa Yokohama'dan 40 million funt ishlaydi. Londonning «Arsenal» klubi futbolchilarining kiyimlariga Fly Emirates deb yozib qo‘ygani uchun 30 million funt ishlaydi.
SEM: Reshford iqtidorli yigit
02.08.2016

Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Sem Ellardays «MYu» hujumchisi Markus Reshfordning muntazam maydonga tushishini istamoqda.
«Reshfordning o‘yinini ko‘rishni istayman, ammo u o‘tgan mavsumdagi chiziqda o‘ynay olmaydi. U iqtidorli yigit, umid qilamanki, Joze buni payqay oladi va Markus o‘tgan mavsumdagi kabi maydonga tushadi.
Ammo Jozening vazifasi «MYu» bilan sovrinlar yutishdan iborat. U bir qancha ajoyib o‘yinchilar, jumladan, Ibrohimovichni olib keldi.
APLda yoshlarni maydonga tushirish oson ish emas, chunki xato juda qimmatga tushadi, ammo Reshfordning o‘yiniga boqing.
To‘g‘risini aytsam, agar o‘tgan yili «Mityulend»ga qarshi o‘yin oldidan Marsial jarohat olmaganida, biz Angliya terma jamoasida o‘ynayotgan yigitchani ko‘rmas edik. Biz Reshfordning iqtidori ochilishiga yordam berishimiz kerak», - deydi Ellardays.
Blind: Menga hech narsa aytilgani yo‘q
02.08.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Deyli Blind klubni tark tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Odamlar «MYu»dan ketishim haqida xato gapirishmoqda. Menga hech narsa aytilgani yo‘q, men boshqalar kabi asosoiy tarkibdan joy olish uchun harakat qilyapman.
Futbolda hech narsa kafolatlanmagan ammo o‘zingizga ishonsangiz va tirishib ishlasangiz o‘z imkoniyatingizga ega bo‘lasiz. Bir men mas, jamoadagi har bir o‘yinchi shunday deb o‘ylaydi. Men jamoaning bir qismi bo‘lish uchun tirishib ishlayapman.
Har bir murabbiyi o‘z g‘oyalariga ega. Mourino - o‘z rejalariga ega ajoyib murabbiy, biz jamoa sifatida ko‘p narsalarni o‘rganyapmiz.
Mourino bir menga emas, hamma uchun vijdonli murabbiy. «MYu» - kata klub, undagi raqobat kattaligini bilamiz», - deydi Blind.