01.08.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi sardori Ueyn Runi «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba ortda qaytsa xursand bo‘lishini ma’lum qildi.

«Pogba shunday futbolchilar sirasiga kiradiki, u bilan mashg‘ulotda jarohat olish mumkin. U buni atayin qilmaydi. Pol to‘p uchun kurashishni yaxshi ko‘radi. Uning «MYu»ga qaytishini intizorlik bilan kutyapman.

Pogba «MYu»dan ketgach katta tajriba orttirdi. Aminmanki, agar u ortga qaytsa, katta yutuqlarga erishadi. U safimizga qo‘shilsa, xursand bo‘laman», – dedi Runi.  

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi 2012 yilda «MYu»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgandi.

Муҳокама

01.08.2016

«Inter» va «Chelsi» klublari sobiq hujumchisi Ernan Krespo «MYu» boshqaruviga o‘tgan Joze Mourino va mankunianliklarning yangi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida fikr bildirdi.

- Mourino va Ibrahimovich bilan birga ishlash ajoyib bo‘lgan edi. Har ikkisi ham g‘oliblik ruhiyatiga ega ajoyib yigitlar.

«MYu» muxlislari dunyo futbolining ikki mohir insonini o‘z saflariga qo‘shib oldilar. Biri maydonda, ikkinchisi esa murabbiylik boshqaruvida «MYu»ni yana g‘oliblar safiga qaytara oladi, - deydi Krespo.

Муҳокама

31.07.2016

Fransiya terma jamoasi hamda Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba «MYu»ga qaytishga yaqin turibdi.

Oxirgi vaqtlarda og‘izdan-og‘izga o‘tishdan boshqa ishni qoyillatmayotgan Pogba «MYu»ga o‘tishga yaqin turibdi. Muxlislar nihoyat u haqdagi mish-mishlardan qutiladigan ko‘rinadi.

Ingliz nashrlarining xabar berishcha, «MYu» Pogba uchun 110 million funt to‘laydi. Transfer pulining 20 foizi futbolchining qorindor agenti Mino Rayolaga tegadi. Pogbaga haftasiga 290 ming funt maosh to‘lashadi.

Pogba tez orada Los-Anjelesda «MYu» safiga qo‘shilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U o‘tgan mavsumda «Yuventus» safida 42 o‘yinda qatnashib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Муҳокама

31.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning mashg‘ulotlardagi harakatlari haqida fikr bildirdi.

«Zlatan - shaxs va fantastik futbolchi. Undagi ego va o‘ziga bo‘lgan ishonch jamoa uchun katta foyda. U birinchi mashg‘ulotdayoq qanday futbolchi ekanini barchaga isbotladi.

Zlatan boshqalarning qanday mashq qilayotganini kuzatadi va ularga moslashishga harakat qiladi. U maydonda nafaqat gol urishni qoyillatadi, butun jamoa unga ishonoshi mumkin. Zlatan mana shunday ajoyib yigit»,- deydi Mourino.

Муҳокама

31.07.2016

«Manchester Yunayted» o‘rtoqlik uchrashuvida «Galatasaroy»ni tor-mor etdi. Uchrashuv 5:2 hisobida mankunianliklar hisobiga yakunlandi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq «MYu»ning yangi o‘yinchisi, hujumchi Zlatan Ibrahimovich hisobni ochdi. Bu gol Ibraning yangi jamoasidagi ilk goli bo‘ldi. 

1-bo‘lim o‘rtalarida Sinan Gyumyus javob to‘pini kiritdi, 40-daqiqada Bruma turk klubini hisobda oldinga olib chiqdi.

55- va 59-daqiqalarda Ueyn Runi dubl rasmiylashtirdi. 62-daqiqada Maruan Fellayni va 75-daqiqada Xuan Mata o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘ydilar.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Manchester Yunayted (Angliya) – Galatasaroy (Turkiya) – 5:2

Gollar: Ibrohimovich, 4 (1:0); Gyumyus, 22 (1:1); Bruma, 40 (1:2); Runi, 55 (2:2); Runi, 59 (3:2, pen); Fellayni, 62 (4:2); Mata, 75 (5:2).

Муҳокама

29.07.2016

«Manchester Yunayted» himoyachi Timoti Fosu-Mensa bilan yangi shartnoma tuzish niyatida deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri. Futbolchi xozirda yoshlar jamoasida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra 18 yoshli futbolchiga jamoa jiddiy e’tibor bermoqda va Fosu-Mensa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida. Xozirda futbolchiga Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirishgan.

Futbolchi bilan shartnoma Premer Liga o‘yinlari boshlangunga qadar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Fosu-Mensa xozirda jarohatini tiklash bilan mashg‘ul va ertaga «Galatasaray» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida. 

Муҳокама

29.07.2016

«Manchester Yunayted» ertaga Shvetsiyaning Gyoteborg shaxrida joylashgan «Ullevi» stadionida «Galatasaray» jamoasiga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilayotgan edi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha stadionning holati ushbu o‘yinni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin yoki uchrashuv «Ullevi» stadionidan boshqa yerga ko‘chirilishi ham mumkin.

Gyoteborgdagi ushbu stadionda chorshanba kuni Bryus Springstin konserti bo‘lib o‘tgan edi. Konsertdan so‘ng stadionni chimi zararlangan. Bu holat xozircha futbol mutaxassislariga maqqul kelmayapti va shu sababli ertaga bo‘ladigan o‘yin boshqa stadonga ko‘chirilishi ehtimoli yuqori.

 

Муҳокама

29.07.2016

 «Yunayted» yarim himoyachisi  Bastian Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Men terma jamoa bosh murabbiyidan kelajakdagi rejasiga kiritmasligi aytdim, chunki terma jamoadagi foliyatimni yakunlamoqchiman, - deya xabar berdi Bastian Facebook dagi rasmiy sahifasi orqali. –«Men muhlislarga, hamkasblarimga, futbol assotsiatsiyasiga, murabbiylarga va  barcha terma jamoa a’zolariga o‘z rahmatimni aytaman».

Bastian terma jamoada 120 uchrashuvda maydonga tushib 24 gol urgan. U terma jamoadagi debyutini 2004 yil iyun oyida o‘tkazgan edi. Desyat let spustya on podnyal nad golovoy kubok Chempionata mira v Brazilii, a pozje poluchil kapitanskuyu povyazku.

Germaniya terma jamoasi safida  Shvaynshtayger 2014 yilda Jahon chempioni, ikki karra Jahon chempionati 3 o‘rin sohibi, 2008 yil Yevropa chempionati kumush medali sohibi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shvaynshtayger yoshlar tarkibida

29.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino klubning germaniyalik futbolchisi Bastian Shvaynshtaygerni yoshlar tarkibi bilan shug‘ullanishga jo‘natdi. Bu haqda Mirror gazetasi xabar bergan.

 Portugaliyalik mutaxassis jami bo‘lib yoshlar jamoasiga asosiy tarkibning 9 futbolchisini jo‘natgan: himoyachilar Tim Fosu-Mensa, Peddi Makneyr, Tayler Blekett va Kemeron Bortvik-Jekson, yarim himoyachilar Bastian Shvaynshtayger, Andreas Pereyra va Adnan Yanuzay, hujumchilar Uill Kin va Jeyms Uilson.

 Bundan avvalroq 31 yoshli Shvaynshtayger transferga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.

 Shvaynshtayger «MYu» tarkibida 2015 yildan beri to‘p suradi. O’tgan mavsumda futbolchi turli musobaqalarda 31ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

 Futbolchi Germaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatining yarimfinaligacha bordi.

Муҳокама

29.07.2016

«Manchester Yunayted» Adidas tomonidan jamoaning 2016-2017 mavsum uchun mo‘ljallangan yana bir libosini taqdim etdi.

Ushbu libos oq rangda bo‘lib qora chiziqlar bilan bezatilgan va o‘ziga xos dizaynerlik yechimini o‘zida mujassamlashtirgan.

Jamoa ushbu libosda ilk bor ertaga Shvedsiyaning Geteborg shaxrida bo‘lib o‘tadigan «Galatasaray» jamosiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. Rasmiy musobaqalarda esa ushbu libosdan Premer Liganing ilk turida «Bornmut» jamoasiga qarshi uchrashuvdan foydalanishadi.

Муҳокама