Pogba masalasi 48 soatda hal etiladi-mi?
28.07.2016

«Yuventus» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yaqin 48 soat ichida «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanishi mumkin.
«Mankunianlar fransuz futbolchisi uchun rekord summa — 110 million yevro, shuningdek, 10 million yevro bonus beradi. «Yuventus» agar Pogba ingliz klubi bilan shrtnomani uzaytirsa, yana 5 million yevro olishni istamoqda».
«Manchester Yunayted» Pogbaning agenti Mino Rayola bilan transfer uchun beradigan pulni kelishib olgan — agentga 20 million yevro beriladi.
Ibrahimovich: Men AQShga ketishimni inkor etmayman
27.07.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mankunianliklar sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem undan o‘z jamoasiga o‘tishini so‘raganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Bekxem ayni vaqtda AQShda o‘z jamoasini shakllantirmoqda va bu klub 2018 yildan MLSda ishtirok etishi lozim.
«Devid - yaqin do‘stim va u mendan o‘z jamoasida o‘ynashimni so‘radi. Ammo men ayni vaqtda «Manchester Yunayted»da g‘alabalarga erishmoqchiman. Shu bilan birga MLSni ham juda hurmat qilaman. Shunday ekan, istalgan narsa bo‘lishi mumkin».
«Men AQShga ketishimni inkor etmayman. Parijdan ketganimdan so‘ng ko‘p takliflarni eshitdim. Zlatan uchun bu odatiy holat. AQShdan tushgan taklif ham qiziqarli edi, ammo men «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan va do‘stim Mourino bilan birga ishlashdan o‘zimni tiya olmasdim», - deydi Ibrahimovich.
Mourino: APL boshqacharoq bo‘lib boryapti
26.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.
«Gvardiola hamma o‘zining sinovlaridan o‘rganadi deganida haq edi. Sinovlar qancha qiyin bo‘lsa, shuncha ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Biz Pep bilan bir-birimizning o‘sishimiz uchun ko‘p harakat qildik. Ammo futbolchi bu 11ga 11 o‘yin va aynan futbolchilar uchrashuv taqdirini hal qiladi. Ular murabbiylardan muhimroq».
« «MYu» va «Siti» - o‘z oldiga katta maqsad qo‘yuvchi klublardir. Ammo boshqa raqiblar ham bor. Angliya chempionligi uchun olti yoki yetti jamoa kurashadi. Har bir jamoa hech bo‘lmasa 1 ochko uchun oxirigacha kurash olib boradi. APL avval ham o‘zgacha edi, hozir esa undanda boshqacharoq bo‘lib boryapti» - deydi Mourino.
Varela Germaniyada
25.07.2016

«Manchester Yunayted» va Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasi urugvayli himoyachi Gilermo Varela borasida kelishuvga erishdi. Kelishuvga ko‘ra Varela nemis jamoasi tarkibida 2017 yil 30 iyunga qadar ijara asosida to‘p suradi.
Urugvaylik himoyachi Joze Mourinyu qo‘l ostida «Uigan» jamoasiga qarsh uchrashuvda maydonga tushgan edi.Futbolchi Xitoyga yo‘l olgan tarkibga kiritilmadi va Germaniyaga jo‘nab ketgan edi.
Futbolchi «Yunayted» asosiy tarkibida 2015 yil 5 dekabrda debyut qilgan edi.
«Siti» jamoasiga qarshi uchrashuv bekor qilindi
25.07.2016

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Xitoydagi turne doirasidagi bugun rejalashtirilgan «Siti» jamoasiga qarshi uchrashuv bekor qilinganini e’lon qildi.
Pekinda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan. Hozirda Pekin shahrida kuchli yomg‘ir yog‘moqda va bu uchrashuvni yuqori darajada tashkil qilishga to‘sqillik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashkilotchilar ushbu uchrashuv qoldirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berishgan edi.
«Manchester Yunayted» jamoasi keyingi uchrashuvda 30 iyul kuni Turkiyaning «Galatacaray» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Yunayted» yangi libosini taqdim etdi
25.07.2016

«Manchester Yunayted» 2016-2017 mavsum uchun jamoaning yangi rasmiy libosini taqdim etdi. Dastlab bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bergan bo‘lsa. Keyinchalik jamoa Shanxayda jamoa liboslarini rasmiy taqdimotini o‘tkazdi.
«Adidas» tosonidan taqdim etilaytgan mazkur liboslar to‘plami o‘ziga xos uslubda tayyorlangan bo‘lib, jamoaning klassik uslubini yodga solib yuboradi .
Jamoa ushbu libosda ilk bor 25 iyulda Pekinda bo‘lib o‘tadigan «Manchester Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan.
«Borussiya D» - «Yunayted» 4:1
25.07.2016

Xitoyda mavsum oldi turnesida ishtirok etayotgan «Manchester Yunayted» o‘zining dastlabki uchrashuvini Germaniyaning «Borussiya D» jamoasiga qarshi o‘tkazib 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
«Borussiya D» - «Manchester Yunayted» 4:1 (2:0)
Stadion: Shangxay stadioni
Gollar: Kastro 19, 86, Obameyang 36 (pen.) Dembele 57 - Mxitaryan 59.
«Borussiya D»: Vaydenfeller, Bender (Merino 62), Dembele (Pulishich 63), Obameyyang (Xober 63), Rode (Shaxin 63), Ramos (Mor 63), Kagava (Litner 63), Papastatopulos (Bartra 62), Kastro, Shmelser (Burnich 63), Passlak (Larsen 46).
«Manchester Yunayted»: Jonston (Romero 46), Bayi, Jons (Roxo 46), Depay (Reshford 46), Mata, Lingard (Yang 46), Blind (MakNeyr 66), Ander Errera, Mxitaryan (Yanuzay 66), Shou, Valensiya (Pereyra 75).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos 38, Bayi 82.
Mourino: Zlatan «Yunayted»ga juda mos keladi
22.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida iliq fikr bildirdi.
«Men Zlatanni «Inter»da ishlagan vaqtlarimdan buyon yaxshi bilaman. Menimcha uning haqiqiy yoshi pasportidagiga qaraganda ancha yoshroq. U yerda shunchaki tug‘ilgan vaqti ko‘rsatilgan. Haqiqiy yosh - jismonan, aqlan va ishga bo‘lgan munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Ibrahimovich bu borada hali ancha yosh va ajoyib jismoniy tayyorgarlikka ega».
«U futboldan tashqari boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullangan holda ulg‘aydi. Ayniqsa bu holat jangari yakkakurashlarga juda bog‘liq. U hech bir futbolchiga o‘xshamagan jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega. Zlatan juda boy. U butun faoliyati davomida katta pul ishlagan va ko‘p sovrinlar yutib olgan. Siz faqat shunga kuchingiz yetishiga ishongan taqdirda dunyoning eng kuchli chempionatiga o‘tishingiz mumkin. Aks holda Amerika yo Xitoyga ketgan bo‘lardingiz. Yoki Fransiyada yana bir mavsum o‘tkazish mumkin. Ibrahimovich esa yangi sinovlarni ma’qul ko‘rdi».
«U hali Angliyada g‘alabalarga erishganicha yo‘q. Bu unga katta ishtiyoq bag‘ishlaydi. Yakshanba kuni Zlatan individual tayyorgarlikni boshlaydi. Payshanba kuni umumiy guruhda mashg‘ulot o‘taydi. Unda besh kun vaqt bor. Menimcha Zlatan «Manchester Yunayted»ga juda mos keladi», - deydi Mourino.
22.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Lyuk Shou PSVga qarshi (1:2) 2015/16 yilgi ECHL guruh bosqichida o‘ta og‘ir jarohatidan so‘ng nimalarni his qilganini aytib o‘tdi.
«Men shanba kuni maydonga tushganimda, turli hissiyotlar mening ichimda jo‘sh urdi. Bu eng yaxshi hissiyotlar. Jarohat olganimda: Yana o‘ynay olamanmi, degan fikr ichimdan o‘tgandi».
«O’shanda faoliyatimni yakunlashga to‘g‘ri kelishi mumkinligi qo‘rquvini his qildim. Endi esa mavsumning boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman», – deydi 21 yoshli futbolchi.
22.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Xitoyda muhlislari bilan uchrashuv vaqtida «Chelsi» libosiga imzo (avtograf) qo‘yishdan bosh tortdi.
Mourinyu muhlislarga avtograf ulashayotgan vaqtdi bir futbol muhlisi unga «Chelsi» libosini uzatdi. Joze esa ushbu libosga imzo qo‘yishdan bosh tortdi va boshini chayqab noroziligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyu o‘zining sobiq jamoasi «Chelsi» bilan 8 ta musobaqada g‘alaba qozongan va «ko‘klar» jamoasi muhlislari uni haligacha xurmat qilishadi .
Bugun «Manchester Yunayted» Xitoydagi o‘zining dastlabki uchrashuvini «Borussiya D» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.