Янгиликлар /

Ibragimovich 9, Marsyal 11

22.07.2016

«Manchester Yunayted» Premer Liganing yangi mavsumida jamoa futbolchilarini qaysi raqamda maydonga tushishlarini e’lon qildi.

Jamoaning yangi a’zosi Kot-d'Ivuarlik Erik Bayi 3 raqamda maydonga tushsa, Genrix Mxitaryan 22 raqamni olishni maqqul ko‘rdi.

Shvedsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich 9 raqamni olgan bo‘lsa Marsyal endilikda 11 raqamli futbolkada xarakatlanadi. Adnan Yanuzayga esa 15 raqam taqdim etildi.

Avvalgi mavsumda 35 raqamda maydonga tushgan Djessi Lingard yangi mavsumda 14- raqamni oldi. Markus Reshford esa o‘zining 39  raqamini 19 raqamga almashtirdi. Timoti Fosu-Mensa endilikda 24-raqamda qayd etilsa darvozabon Sem Djonston 32- raqamda qayd etiladi.

Premer Liga 2016-17 mavsumida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tarkib quyidagi ko‘rinishda*:

1: De Xea 3: Bayi 4: Djons 5: Roxo 7: Memfis 8: Mata 9: Ibragimovich 10: Runi 11: Marsyal 12: Smolling 14: Lingard 15: Yanuzay 16: Karrik 17: Blind 18: Yang 19: Reshford 20 : Romero 21: Errera 22: Mxitaryan 23: Shou 24:Fosu-Mensa 25: Valensiya 27: Fellaini 28: Shnayderlin 31: Shvaynshtayger 32: Djonston 33: Makneyr 36: Darmian 38: Tuanzebe 43: Bortvik-Djekson 44:  A. Pereyra 48: U. Kin.

* Raqamlarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Муҳокама

21.07.2016

The Guardian nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Yuventus» jamoasiga Pol Pogba transferi borasidagi ikkinchi taklif bilan chiqdi. Yangi taklif bo‘yicha futbolchi 92 million funt deya baholanmoqda.

«Manchester Yunayted» shuningdek Pogbaning agenti Mino Rayolaning xizmat xaqqini ham o‘z xisobidan to‘lashga rozilik bildirgan.

«Yuve» rahbariyati xozirda ushbu taklifni to‘liq o‘rganib chiqish niyatida. Fransiyaning L’Équipe nashri ham Pogba borasidagi taklifni tasdiqladi.

Муҳокама

21.07.2016

Soccerex kompaniyasi va Prime Time Sport sport agentligi 21 yoshgacha (U-21) bo‘lgan futbolchilarning transfer narxi borasida tadqiqot o‘tkazdi.

21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchi deb «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal topildi. Uning transfer narxi 47,15 mln yevro deb baholangan bo‘lsa Markus Reshford 22,51 mln yevroga boholandi.

Tadqiqotda futbolchilarning yoshi, shartnoma muddati, terma jamoa safidagi o‘yinlar soni, o‘ynagan daqiqalar, gollar, jarohatlar va texnik qobiliyati e’tiborga olindi.

21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat 20 futbolchilar:

1. Antoni Marsyal («Manchester Yunayted») – 47,15 milliona yevro

2. Leroy Sane («Shalke») – 37,13

3. Renatu Sanshesh («Bavariya») – 34,55

4. Dele Alli («Tottenhem») – 34,14

5. Kingsli Koman («Bavariya») – 30,69

6. Breel Embolo («Shalke») – 25,44

7. Markus Reshford («Manchester Yunayted») – 22,51

8. Maks Mayer («Shalke») – 21,64

9. Kelechi Ixeanacho («Manchester Siti») – 20,07

10. Yulian Vaygl («Borussiya» Dortmund) – 19,82

11. Gabriel Jezus («Palmeyras») – 19,82

12. Yuri Tilemans («Anderlext») – 19,33

13. Rixedli Bazur («Ayaks») – 19,15

14. Niklas Zyule («Xoffenxaym 1899») – 16,65

15. Mahmud Daud («Borussiya» Menxengladbax) – 15,03

16. Jovani Lo Chelso («Rosario Sentral») – 14,32

17. Ruben Nevesh («Portu») – 14,09

18. Usman Dembele («Borussiya» Dortmund) – 14,05

19. Gabriel Barboza («Santos») – 13,89

20. Janluiji Donnarumma («Milan») – 13,75

Муҳокама

20.07.2016

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba turinliklar klubini tark etishni istamoqda.

Italiyadagi ikkita nashr – La Gazzetta dello Sport va Tuttosport nomli nashrlar bir vaqtda fransuz futbolchining «Yuve» rahbariyatidan o‘zini «Manchester Yunayted»ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.

Bundan oldinroq, tomonlar muzokara boshlagani, unda futbolchining agenti Mino Rayola ham ishtirok etayotgani hamda «MYu» Pogba uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Shuningdek, «Yunayted» o‘zining sobiq futbolchisi bilan kelishuvga erishgan, unga ko‘ra futbolchiga yiliga 12-15 million yevrolik maoshni nazarda tutuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilingan.

Муҳокама

20.07.2016

«MYu»ning 2015 yil yozida transfer qilingan 20 yoshli hujumchisi Antoni Marsiyal o‘z nomi tushirilgan futbolkalar sotilishi orqali klub uchun deyarli 3 million yevro foyda keltirdi.

Bu borada u hatto Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan.

Marsiyalning «Monako»dan transfer qilinishi «qizil iblislar» jamoasi uchun 36 mln funtga tushgandi. U shu vaqtgacha jamoa safida barcha turnirlarda 51 uchrashuvda maydonga tushdi va 17 gol urib, 8 marta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Муҳокама

20.07.2016

«Manchester Yunayted» «Yuventus» bilan Pol Pogbaning transferi bo‘yicha muzokaralar boshlagan. Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, klublar vakillari uchrashib uning transferi xususida gaplashishgan.

Bundan oldinroq manchesterliklar 101 mln yevrolik taklif yuborgani, biroq bu taklif rad etilgani haqida xabar berilgandi.

Uchrashuvda fransuz futbolchisining agenti Mino Rayola ham hozir bo‘lgan. «Yuventus» yarim himoyachisi uchun 120 mln yevro talab qilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Pol futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylanishi mumkin. Ayni vaqtda bu maqom Garet Beylga tegishli. U «Real»ga 101 mln yevro evaziga o‘tgandi.

Qayd etish kerakki, Pogba 2012 yilgacha «MYu» futbolchisi bo‘lgan va keyin erkin agent sifatida jamoani tark etgan. Ayni vaqtda «Manchester Yunayted»dan tashqari bu futbolchiga«Real» tomonidan ham qiziqish saqlanib turibdi.

O‘tgan mavsumda Pogba «Yuventus» tarkibida 49 o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va 16ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek 12 marta sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Uilson ijaraga berilishi mumkin

20.07.2016

Londonning «Fulxem» jamoasi «Manchester Yunayted» yosh futbolchisi Jeyms Uilsonni ijaraga olish niyatida. Bu haqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Uilson Xitoyga yo‘l olgan asosiy tarkibga kiritilmadi. Xabarlarga ko‘ra shanba kuni «Uigan» ga qarshi uchrashuvda maydonda 45 daqiqa xarakatlangan hujumchining o‘yini jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuga maqqul kelmagan va shu sababli futbolchi turnega yo‘l olgan tarkibga kiritilmagan.

 «Fulxem» jamoasi ushbu vaziyatda unimli foydalanish maqsadida 20 yoshli futbolchini ijaraga olish niyatida. Uilson o‘tgan mavsumda «Brayton» jamoasi tarkibida ijara asosida to‘p surgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino APL taqvimidan norozi

20.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Chelsi» bilan safar uchrashuvi muddatidan noroziligini bildirdi.

«Chelsi» - «Manchester Yunayted» o‘yini 22 oktyabrga belgilangan va manchesterliklarning 20 oktyabrda Yevropa ligasidagi o‘yini sababli 23 oktyabrga ko‘chirilishi mumkin. Mourino jamoasiga tiklanish uchun kam vaqt qolishidan norozi.

«Manchester Yunayted» hozircha bu borada APLga murojaat qilmagan, ammo katta ehtimol bilan bu kabi murojaatlar rad qilinadi.

Муҳокама

19.07.2016

«Manchester Yunayted» klubi jamoaning tayanch yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Shu maqsadda mankunyanliklar APLda harakat qiluvchi tayanch yarim himoyachilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Uels terma jamoasi bilan Yevropa chempionatining yarim finaligacha yetib borgan va musobaqaning ramziy terma jamoasidan o‘rin olgan «Liverpul» yarim himoyachisi Jo Allen «MYu»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Wales Evening Post xabar bergan.

Allen oxirgi mavsumlarda «Liverpul»da zaxirada qolib ketayotgandi. Klopp kelganidan keyin u asta-sekin asosiy tarkibga qayta boshladi. Yevropa chempionatidagi ishtirokidan keyin esa Allen klublarning nazariga tushib qoldi.

Муҳокама

19.07.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford jamoa bilan Osiyo sayohatiga chiqishi haqida fikr bildirdi.

- Bu sayohat men uchun juda katta ahamiyatga ega. Unda murabbiyga nimalarga qodirligimni ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi va bu imkoniyatdan foydalanishim shart. Jamoaga yangi futbolchilar kelgan va ular bilan o‘ynash men uchun katta tajriba.

«Manchester Yunayted»ni Osiyoda bu qadar qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rish juda yoqimli. Bu yerda iqlim juda noqulay, ammo biz avval bunday qiyinchilikni yengib o‘ta olganmiz, - deydi Reshford.

Муҳокама