Xitoyga boradigan tarkib aniq
19.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yangi mavsum oldi turnesida ishtirok etadigan futbolchilar nomini e’lon qildi.
Darvozabonlar:De Xea, Romero, Djonston
Himoyachilar: Bayi, Blind, Fosu-Mensa, Djons, Makneyr, Roxo, Shou, Smolling, Tuanzebe.
Yarim himoyachilar: Valensiya, Kerrik, Errera, Yanuzay, Lingard, Mata, Depay, Mxitaryan, Pereyra, Yang,
Hujumchilar: Kin, Reshford, Runi.
Tarkibga Yevro-2016 da ishtirok etgan futbolchilar Antoni Marsyal, Zlatan Ibragimovich, Morgan Shnayderlin va Maruan Felaynilar kiritilmagan.
Jamoa Xitoyda 22 iyul kuni Germaniyaning «Borussiya D» jamoasig qarshi maydonga tushsa, 25 iyul kuni muhlislar Manchester derbisiga guvoh bo‘lishadi.
van Gal xayrlashish uchun Manchesterga keldi
19.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui va Gal turmush o‘rtog‘i Trus bilan Manchester shahriga tashrif buyurdi.
The Sun nashrining xabar berishicha, gollandiyalik mutaxassis do‘stlari va yaqin insonlari bilan xayrlashish uchun Manchesterga qaytdi. U 4 soat davomida restoranda do‘stlari davrasida bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Lui van Gal 2014–2016 yillar davomida mankunianlarni boshqardi. Uning qo‘li ostida «MYu» o‘tgan mavsumda Angliya Kubogi sohibi bo‘ldi. Aynan «Kristal Pelas»ga qarshi (2:1) Angliya Kubogi finali van Gal uchun so‘nggisi bo‘ldi.
Raneri: Mourino o‘z izini qoldirishi tayin
18.07.2016

O‘tgan mavsumda «Lester» bilan Angliya chempioni bo‘lgan Klaudio Raneri «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalarida yangi bosh murabbiylar tayinlanganiga munosabatini bildirib o‘tdi. U xususan «qizil iblislar» jamoasiga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lgani borasida to‘xtalib, u ser Aleks Fergyuson kabi katta muvaffaqiyat qozonishi mumkinligini bashorat qilgan.
«Konte va «Chelsi» bir-biri uchun yaratilgandek. Muhimi unga yangi jamoasini tuzishda xalaqit bermasliklari kerak. Agar barcha unga quloq solsa, biz italyancha o‘ynaydigan «Chelsi»ni ko‘rishimiz mumkin.
Mourino yangi Fergyusonga aylanishi mumkin. U «Manchester Yunayted»da 26 yil ishlamasligi aniq, lekin u bu jamoada o‘z izini qoldirishi ham tayin. Bizning revanshimiz 7 avgustda bo‘ladimi? Chiroyli o‘yin bo‘ladi. Bu sport tarixi shunday go‘zal voqealardan iborat.
Gvardiola haqida nima deyishim mumkin? U endi o‘z joyini topdi. «Manchester Siti» chiroyli o‘yin ko‘rsatadi, bu jamoani avval Manchini, keyin Pellegrini boshqargan va futbolchilarni chiroyli futbol o‘ynashga o‘rgatgan», - dedi Raneri La Gazzetta dello Sport nashri uchun bergan intervyusida.
Ibrahimovich: Manchester xudosi bo‘laman
18.07.2016

«Manchester Yunayted»ning yangi o‘yinchisi Zlatan Ibrohimovich jamoaning sobiq hujumchisi Erik Kantonaning so‘zlariga javob berdi.
Kantona Ibraning jamoaga kelib qo‘shilganini sharhlay turib, Manchesterda qirol bittaligini, agar lozim topsa Zlatan shahzoda bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
«Kantonaning so‘zlarini eshitdim, men har doim unga qoyil qolganman. Ammo u shuni bilishi kerakki, men Manchester qiroli bo‘lgani kelganim yo‘q. Men Manchester xudosi bo‘laman», - deydi Ibraning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Mourino: Bayida barcha imkoniyat bor
18.07.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa himoyachisi Erike Bayining «Uigan»ga qaprshi o‘yindagi harakatlariga yuqori baho berdi.
«Bu uning uchun «Manchester Yunayted»dagi ilk o‘yin bo‘ldi. Hozircha u ingliz tilida so‘zlasha olmaydi, biroq maydonda ispanlar bilan tillasha oladi. Moslashuv bosqichma-bosqich kechadi, shuning uchun unga 45 daqiqadan ko‘proq o‘ynashiga imkon berdim. Hozirda bu unga boshqalardan ko‘proq kerak.
Men xuddi boshqa markaziy himoyachilar bilan ishlaganimdek, uning o‘sishiga intilmoqdaman. Masalan, Varan kabi. Bayida jahonning eng yaxshi himoyachisi bo‘lish uchun barcha imkoniyati bor», – dedi Mourinyu.
Xuan Mata «Espanol» qiziqishlari doirasida
17.07.2016

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Xuan Mata «Espanol» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar beradi Mirror.
Manbaga ko‘ra, barselonaliklar 28 yoshli futbolchining airofidagi voqealarni kuzatmoqda va va unga taklif bildirmoqchilar.
Avval xabar qilinganidek, Mata yangi mavsumda Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynamoqchi emas va unga o‘z qadrini bildirmoqchi. 2014 yilda «Chelsi»ni boshqargan Mourino Mataning «MYu»ga o‘tishiga sabab bo‘lgan edi.
Mata o‘tgan mavsum APLning 38 uchrashuvida oltita gol urgan.
Mourino: Mxitaryan top o‘yinchi
17.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtoqlik uchrashuvida «Uigan» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) yangi futbolchi Genrix Mxitaryanning o‘yiniga yuqori baho berdi.
Bu uchrashuv murabbiy va futbolchi uchun «MYu»dagi debyut o‘yin edi.
«Mxitaryan - top-saviyadagi o‘yinchi, u futbolchi uchun eng yaxshi yoshda - 27-28. U qoyilmaqom: fikrlash doirasida ham, driblingda ham. U maydonda tez fikrlaydi, qaror chiqarishni biladi.
U yarimhimoyaning turli nuqtalarida o‘ynay oladi. Unga keskinlik yetishmayapti, ammo men uning o‘yinidan qoniqdim», - deydi Mourino.
Joze Mourino: Bu yoqimli albatta
16.07.2016

Bugun «MYu» jamoasi Mourino boshchiligida o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi va ushbu o‘rtoqlik o‘yinida «Manchester Yunayted» 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng «qizil iblislar» ustozi Joze Mourino o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
«Bunday o‘yinlarda natija muhim deb hisoblanmasa-da, men ushbu natijdan xursandman.
Yana xursand bo‘layotganimning sababi shundaki biz mashg‘ulotlarda nimalarni amalga oshirgan bo‘lsak, men bugun o‘yinda ham shularni ko‘ra oldim.
Barchasini amalga oshirish vaqtni talab qiladi, biroq biz mashg‘ulotlarda xar xil taktikalar ustida ishlaymiz. Biz - men futbol haqida qanday o‘ylasam shunday o‘ylashni boshladik, bu yoqimli albatta.
Barcha futbolchilar o‘zlarining chiroyli o‘yinini ko‘rsatishga harakat qildi va muxlislar ham ularni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bu fanatastika.
Agar o‘rtoqlik o‘yinida shunchalik olqishlashgan bo‘lishsa, taqdimot marosimida aytganimdek, agar bular mendan nimadur kutayotgan bo‘lsa va men o‘sha narsani bera olsam, ishonchim komil muxlislar jamoani bundan ham zo‘r qilib olqishlab turishadi» deydi Mourino MUTVga bergan intervyusida.
Rio Ferdinand: Murabbiy bo‘lishim kerak
16.07.2016

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand mamlakatning bosh jamoasini boshqarishga tayyor ekanini ta’kidladi.
«Katta musobaqaga borsang‑u, asosiy tarkibni, qanday o‘ynashni bilmasang, bu daxshat. Individual jihatdan kuchli futbolchilar kimgadir suyanishlari mumkin ekaniga ishonsalargina o‘zlarini ko‘rsatishlari mumkin. Jamoada fundament bo‘lishi kerak.
Shuning uchun ham men murabbiy bo‘lishim kerak. Angliya terma jamoasini boshqarishga doim tayyorman»,- deydi Ferdiand.
Umbrella coach
16.07.2016

«Manchester Yunayted» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Uigan»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bu Joze Mourinoning bosh murabbiy sifatidagi ilk o‘yini bo‘ldi.
Muxlislar hazil tarzida Mourinoning allaqachon rekord natija qayd etganini ta’kidlashdi. «Mourino allaqachon van Gaaldan ko‘proq maydon chetiga chiqdi», deb yozadi Adam ismli muxlis twitter'dagi sahifasida.
«MYu»ning avvalgi bosh murabbiyi Lui van Gal odatda zaxira o‘rindig‘idan o‘yinni kuzatar va futbolchilarga ko‘rsatmalarni Rayan Giggz yetkazar edi. Shu sabab van Galni «Umbrella coach» deb atashardi. Mourino allaqachon bir ko‘rsatkich bo‘yicha van Galdan o‘zib ketdi...