Янгиликлар /

«MYu» g‘alaba qozondi

16.07.2016

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiy Joze Mourino qo‘l ostida dastlabki o‘yinni o‘tkazdi. «Mankunian»lar o‘rtoqlik o‘yinida «Uigan» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

O‘yin davomida Genrix Mxitaryan va Erik Beyi asosiy tarkibda maydonga tushib, yangi klubda debyut qilishdi.

Uigan Atletik (Uigan, Angliya) – Manchester Yunayted (Manchester, Angliya) – 0:2

Gollar: Uilyam Kin, 49 (0:1); Pereyra, 59 (0:2).

Муҳокама

16.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa himoyachisi Markos Roxoga ishonch bildirmayapti.

Shu sababli klub rahbariyati Roxoni sotib yuborish istagida. Himoyachiga «Vilyarreal»dan qiziqish bor. Ispanlar Roxoning universal jihatlariga e’tibor qaratishgan. U markaz va qanotlarda birdek o‘ynay oladi.

Argentinalik himoyachi o‘tgan mavsum Angliya chempionatida 16 uchrashuvda maydonga tushgan va shundan 15 tasini asosiy tarkibda boshlab, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Lyuk Shou maydonga tushadi

15.07.2016

O‘tgan mavsum boshida PSVga qarshi YeChL guruh bosqichida og‘ir jarohat olgan «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Lyuk Shou 10 oy deganda birinchi marta maydonga tushadi.

21 yoshli futbolchi «Uigan»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi ko‘zda tutilgan. Shou jarohatidan forig‘ bo‘lgan va umumiy guruhda mashg‘ulotlar o‘tamoqda.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» – «Uigan» uchrashuvi 16 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin Joze Mourino uchun «qizil iblislar» boshqaruvida dastlabkisi bo‘ladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» Forbes reytingida

14.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi Forbes nashri tomonidan tuzilgan eng qimmat sport jamoalari reytingida 5 o‘rinda qayd etildi, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

«Qizil iblislar» Angliyaning eng qimmat sport jamoasi nomini saqlab qoldi. Ingiliz jamoalaridan eng yaqin ta’qibchisi «Arsenal» esa 23-o‘rinda qayd etilgan.

«Yunayted» futbol jamoalarida faqatgina ikki ispan jamoasi «Barselona» va «Real» dan orta bormoqda. Birinchi o‘rinda esa «Dallas Kovboyz» Amerikancha futbol jamoasi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Forbres tomonidan tuziladigan reytingda 2011-2012 yillarda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Eng qimmat sport jamoalari reytingi quyidagi ko‘rinishda:  

Муҳокама

14.07.2016

«MYu»ning yangi futbolchisi Zlatan Ibrahimovich jamoa safida bitta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmay, allaqachon ikkita rekord o‘rnatdi.

Zlatanning «Instagram»da joylagan rasmi 500 ming «like» to‘plagan. Bu ijtimoiy tarmoqdagi «Yunayted» futbolchilari uchun rekord hisoblanadi. Shuningdek klub rasmiy «Instagram»i Zlatanning nomini ilova qilib yozgan post klub tarixidagi eng mashhur oltita postdan biriga aylandi.

Avvalroq Zlatan tibbiy ko‘rikdan o‘tar vaqtida jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha «MYu» rekordini yangilagan edi.

Муҳокама

14.07.2016

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson portugaliyalik futbolchi Krishtioano Ronaldu haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

«U futbolning mo‘jizakor bezagi. Har doim olg‘a intilishga harakat qiladi. Kuchli bo‘lishga, g‘alaba qozonishga intiladi. U asosan mana shunday finallarni, katta musobaqalarni yoqtiradi.

Mening qo‘l ostimda «Manchester Yunayted»da Krishtiano o‘z ustida ishlab o‘yinini kuchaytirgan futbochilardan eng kuchlisi edi.

U tinimsiz zarba berish, bosh bilan o‘ynash, gavda bilan harakatlanish ustida juda ko‘p mehnat qilgandi. Uning o‘yini rivojlanib borgani sayin jozibali ko‘rinishga keldi. Yana bir narsani alohida qayd etish kerakki, bugungi futbol juda ham tez.

Odatda top futbolchilar yuqori saviyada 5-6 yil futbol namoyish etadilar va shundan so‘ng tugaydi. Ronaldu 10 yildan buyon yuqori saviyali futbol namoyish etib kelmoqda, aynan shu holat uni boshqalardan ajratib turadi.

Har bir avlodning, davrning shunday futbolchisi bo‘ladi, Krishtiano bugungi davrning ana shunday futbolchisi» mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild nashri.

Муҳокама

14.07.2016

«Manchester Yunayted»ning yangi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoaning Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 8 kunlik turnesida ishtirok eta olmasligi mumkin.

The Guardian bergan xabarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchiga Yevro-2016 musobaqasidagi ishtiroki sababli qo‘shimcha ta’til berishni rejalashtirgan.

Futbolchi yangi jamoa bilan ilk uchrashuvini 30 iyul kuni Geteborgda «Galatasaroy»ga yoki 3 avgustda «Old Trafford»da «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.

Xitoyda «MYu» «Borussiya D» hamda «Manchester Siti» bilan kuch sinashadi.

Муҳокама

13.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi safida «Chelsi» yarimhimoyachisi Sesk Fabregasni ko‘rmoqchi.

The Mirror xabariga ko‘ra, ispan futbolchisi Antonio Konte kelganidan so‘ng london jamoasidagi kelajagiga ishonmayapti.

Buning ustiga «Chelsi» «Lester» yarimhimoyachisi N’Golo Kanteni sotib olishga yaqin turibdi. Shu sababli Fabregas klubini o‘zgartirish varianti o‘ylamoqda.

Bu vaziyatdan «MYu» foydalanib qolmoqchi va taklif bildirmoqchi. Ammo Mourino Fabregas bilan shaxsan suhbatlashib olmoqchi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Mourino nishonida Riz Oksford

13.07.2016

Joze Mourino «Vest Hem» jamoasining markaziy yarim himoyachisi Riz Oksfordni o‘z jamoasiga jalb qilmoqchi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.

Mankunianliklar jamoasining yangi bosh murabbiyi hisoblashicha, 17 yoshli bu futbolchi kelgusida jamoaning asosiy futbolchisiga aylana oladi. Skautlar uni Angliya yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlarini kuzatishgan.

«Manchester Yunayted» «Vest Hem»ga ushbu o‘smir futbolchi uchun 11,7 million yevro bermoqchi. «Vest Hem» Oksfordni sotmoqchi emas, lekin u bilan shartnoma yakunlanishiga 2 yil qolgan va shu jihat «bolg‘achilar»ning bu puldan voz kecha olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qayd etish kerakki, Mino Rayola Pol Pogba «Yuventus» bilan yangi shartnoma tuzishi mumkinligi haqida ma’lum qilganidankeyin Oksford «MYu»ning asosiy nishoniga aylandi.

Oksford o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lgandi. U o‘tgan mavsumda jamoasi bilan barcha turnirlarda jami 12 uchrashuvda o‘ynadi.

Муҳокама

13.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi Joze Mourino bosh murabbiyligidagi mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Bugun bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda OAV vakillari ham ishtirok etishlariga ijozat berildi.

Tarkibda yangi futbolchilardan Genrix Mxitaryan va Erik Baye mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqa.

Ibroximovich va jamoaning Yevro-2016 da ishtirok etgan boshqa bir qator futbolchilari ta’tildan so‘ng safga qo‘shilishadi. 

Муҳокама