13.07.2016

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «MYu»ga o‘tib ketgan yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan haqida fikr bildirdi.

«Biz uchta asosiy o‘yinchimizni yo‘qotdik - Hummels, Gundogan va Mxitrayanni. Ularni olib qolish uchun qo‘limizdan kelganini qildik, ammo ularga bildirilgan takliflar juda yaxshi di.

Ketgan o‘yinchilar jamoaga katta ta’sir qilar edilar, ular boshqalarga o‘rnak edilar. Menimcha, hammasidan ko‘ra Mxitaryanni sog‘insam kerak. Men uning katta muxlisimman», - deydi Tuxel.

Муҳокама

13.07.2016

 «Manchester Yunayted» ning uch nafar yosh futbolchisi jamoani tark etdi.

18 yoshli Tayler Rid «Suonsi» jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Yosh ingliz futbolchisi «Yunayted» ning 18 yoshlar jamoasida to‘p surgan. Uorren Joys qo‘l ostida o‘rinbosarlar jamoasida ham ishtirok etgan.

«Yunayted» sobiq hujumchisi 20-yoshli Eshli Fletcher esa «Vest Xem» jamoasi bilan erkin agent maqomida to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining «Yunayted» jamoasi bilan tuzgan shartnomasi iyun oyida o‘z nihoyasiga yetgan edi. Eshli 21 yoshgacha bo‘lgan jamoa tarkibida doimiy ravishda to‘p surgan va ijara asosida «Barnsli» safida ham maydonga tushishga ulgirgan.

21 yoshli Djo Rotuell esa birinchi liga jamoasi «Oksford Yunayted» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Rotuell avvalgi mavsumda «Blekpul» va «Barnsli» jamoalarida to‘p surgan. Shuningdek, Uorren Joys qo‘l ostida o‘rinbosarlar tarkibida ham maydonga tushgan. Djo 2015-2016 yilgi mavsumda o‘rinbosarlar tarkibida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

«Manchester Yunayted» jamoa tarbiyalanuvchilariga kelgusi faoliyatida omadlar tilab qoladi.

 

Муҳокама

12.07.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi yangi bosh murabbiy Joze Mourino haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mourino bilan birga ishlashdan juda xursandman. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Men uni inson va murabbiy sifatida hurmat qilaman.

Yangi murabbiy kelganda futbolchilarning ishtiyoqi yanada oshadi. Ishonchim komil, yigitlar uning qo‘l ostida ishlashdan xursand bo‘lishadi.

Men yillar davomida Mourino klublariga qarshi o‘ynaganman va bu hech qachon oson bo‘lmagan. Mourino jamoalari tartib-intizomda ham, taktikada ham kuchlidir, eng muhimi ular muvaffaqiyatlidir. 

Lekin eng muhimi Mourinoda katta tajriba bor. U faoliyati davomida juda ko‘p muvaffaqiyatli jamoalarni boshqargan», – dedi Runi.

Муҳокама

12.07.2016

Xabaringiz bor, yozg‘i transfer vaqtida «Manchester Yunayted» klubi o‘z safiga «PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrohimovichni qo‘shib oldi. Endilikda barcha futbol ishqibozlari uning «qizil iblislar» safidagi o‘yinlarini intiqlik bilan kutayotgani shubhasiz.

Bugun «MYu» safida bir necha yillar o‘ynagan sobiq futbolchi Gari Nevill shvesiyalik futbolchining «qizil iblislar» safida qachon o‘ynashim umkinligiga oydinlik kiritdi. Nevillning twitterdagi sahifasida yozilishicha, «MYu» yozgi yig‘in davomida 26 iyul kuni Angliya Shimoliy milliy ligasida o‘ynovchi «Solford Siti» klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadai va unda aynan Zlatan Ibrohimovich debyut qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Solford Siti» klubining 50% aksiyalari milliarder Piter Limga tegishli bo‘lsa, qolgan qismi «MYu» sobiq futbolchilari Fil Nevill, Gari Nevill, Niki Batt, Pol Skoulz, Rayan Giggzlarga (har biriga 10% dan) tegishli

Муҳокама

12.07.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Old Trafford»da o‘zining g‘alabali seriyalarini davom ettirishni istashini aytib o‘tdi.

«Birinchi marta mruabbiy sifatida bu yerga kelishni orzu qilganman, chunki o‘shanda «Portu» bilan Chempionlar ligasi finalida ishtirokimizning eng yakuniy qismi shu yerda edi.

O‘shanda so‘nggi daqiqalarda gol kiritdik va men «Old Trafford»da o‘zim va mamlakatim uchun tarix yaratdim. Shuning uchun ham menda bu yerda har qanday ishni bajarish mumkin degan fikr bor.

Bu «Orzular teatri».

Men bu yerda «Portu» bilan g‘alaba qozondim, «Chelsi» bilan shu ishni bajardim, «Real» bilan ham g‘alaba qildim, xo‘sh nega endi bu ishni «MYu» bilan o‘z uyimizda va muxlislarimiz qarshisida davom ettirmasligim kerak?! Men shuni kutyapman».

Муҳокама

12.07.2016

Portugaliya hamda Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevropa chempionatining final o‘yinida Portugaliya terma jamoasi 1-0 hisobida g‘alaba qozonib, Yevropa chempioniga aylandi.

G‘alabadan so‘ng Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtiano Ronaldu o‘zining sobiq ustozi Ser Aleks Fergyusondan tabrik qabul qildi.

Kubokni qabul qilib olgan Portugaliya termasi a’zolari tribunadan maydonga qaytayotganida muxlislar qatorida o‘tirgan Ser Aleks avvaliga Nanini so‘ngra esa Krishtianoni alohida tabriklagan.
Xabaringiz bor 2003 yilda Fergyuson Ronalduni «MYu»ga olib kelgan va 2009 yilda futbolchi «Real»ga transfer qilngan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ushbu o‘yinda bor yo‘g‘i 25 daqiqa harakat qildi va jarohat olib maydonni tark etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 109 daqiqada Eder kiritdi.

Муҳокама

12.07.2016

«Manchester Yunayted» safida bir necha yillar davomida o‘ynagan va muxlislarning eng sevimli futbolchilaridan biri bo‘lgan Devid Bekxem «qizil iblislar»ning ushbu mavsumdagi kashfiyotiga aylangan hujumchisi Markus Reshfordga o‘zining 7 raqamli futbolkasini sovg‘a tariqasida yubordi. Bu haqda Reshfordning o‘zi instagarmdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Futbolkadagi 7 raqamda Bekxemning Reshfordga tilaklari ham bitilgan: «Markusga, Omad va qattiq mehnat qilishda va quvonch hamda ishtiyoq bilan o‘ynashda davom et. Hurmat bilan David Beckham 7 « deb yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, Reshford ushbu mavsumda «MYu» safida 18 ta o‘yinda maydonga chiqib 8 ta gol urdi. Angliya termasidagi debyut o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Муҳокама

11.07.2016

«Yuventus» jamoasining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba «Manchester Yunayted»ga qaytishi oydinlashmoqda. Angliya klubi futbolchining agenti bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Pogbaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Mino Rayola Zlatan Ibrahimovichning Manchesterga kelishi jarayonida ishtirok etdi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, Rayola shartnomaga rozi bo‘lgan.

Endilikda fransiyalik futbolchi qaror qabul qilishi kerak. Unda buning uchun 1 hafta bor. Rayola Polni ko‘ndirishga va’da qilgan.

Bundan oldinroq, «Manchester Yunayted» Pogba uchun 110 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Unga «Real» jamoasi ham da’vogarlik qilayotgandi. Lekin kecha madridliklar jamoasi bu futbolchi uchun kurashdan chiqdi.

Ma’lumot uchun, 2011-2012 yillarda Pogba «Manchester Yunayted» jamoasida o‘ynagan, keyin erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tib, bu jamoa bilan 4 marta Italiya chempioni (2013-2016) bo‘ldi. U shuningdek, turinliklar safida 2 marta Italiya Kubogini (2015, 2016) va 2 marta Italiya Superkubogini (2013, 2015) qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi klubi safida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 16ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Муҳокама

11.07.2016

«Manchester Yunayted» fransiyalik futbolchi Pol Pogbaning transfer qiymatini bitimga ispaniyalik Xuan Matani qo‘shish bilan tushirmoqchi.

«Yuventus» dunyoning eng istdedodli futbolchilaridan biri Pogbaga rekord darajadagi 120 mln yevro so‘radi. «MYu» 23 yoshli fransuzni o‘z safiga qo‘shib olishni juda ham istamoqda, biroq yarim himoyachining narxini biroz tushirishga harakat qilmoqda.

Fransuzning transferi bo‘yicha bitimga qo‘shiladigan opsiyalardan biri Italiyaga Xuan Mataning ko‘chib o‘tishi bo‘lishi mumkin. Ispan «Chelsi»ni Joze Mourino kelgandan keyin tark etgandi, endi bo‘lsa 1,5 oy avval Mourino boshchilik qila boshlagan «MYu»ni ham tark etishi mumkin.

Mataning «Yuventus»ga o‘tishi foydasiga turinliklar yarim himoyachi qidirayotganlari ham aytmoqda: Pogbaning jamoadan ketishi mumkinligidan tashqari, Klaudio Markizo jarohat tufayli uzoq vaqtga safdan chiqdi.   

«Yuventus» o‘z tarkibini bosniyalik Miralem Pyanich bilan kuchaytirgandi, biroq «Roma»ning sobiq futbolchisiga o‘rinbosar kerak va shu maqsadda «Yuve» «Bavariya» yarim himoyachisi Mario Gyotsega ko‘z tikib qo‘ygan.

Муҳокама

11.07.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Pol Pogbaning 2012 yilda jamoadan ketgani haqida gapirib berdi.

«Pogbani ko‘rganimda 17 yoki 18 yoshda edi. Uning o‘yinini ko‘rdim va yigitlarga «Yoshlar jamoasida bir futbolchining o‘yinini ko‘rdim. U boshqalarga umuman o‘xshamaydi», dedim. Pol biz bilan shug‘ullana boshlaganidan keyin barcha mening fikrimga qo‘shildi.

Uning jamoadan ketganini eshitgan yigitlar: «Jin ursin, bu jamoda nimalar bo‘lyapti o‘zi», deb so‘kinishgan edi. U yosh bo‘lishiga qaramay o‘z kuchiga ishondi va «Yuventus»ga o‘tdi. Bu futbolchining qanday kuchli xarakterga ega ekanidan dalolat beradi.

Pogbaning APLga qaytishidan xursand bo‘lardim. Premer ligada mana shunday xarakter va xarizmaga ega futbolchilar kerak. Afsus hozir bunday futbolchilar yo‘q. Ha, Zlatan endi Angliyada, lekin ko‘pgami?..»,- deb yozadi Ferdinand «The Times» gazetasidagi kolonkasida.

Pol Pogba 2012 yilda ser Aleks Fergyusonning xohishi bilan «MYu»ni tark etgan va erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tgan edi. Hozir esa «MYu» 130 million yevro to‘lab Pogbani sotib olmoqchi.

Муҳокама