10.07.2016

«Inter»ning sobiq hujumchisi Diego Milito «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourinoning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

«Mourino ba’zan o‘ziga dushman yasab oladi, u buni bila turib shunday qiladi. Gvardiola - shulardan biri.

Mourino - istalgan jamoa uchun zo‘r yetakchi, eng yuqori saviyadagi murabbiy.

Uning qo‘l ostida hamma 100 foiz kuch bilan o‘ynaydi, Joze kerakli vaqtda kerakli so‘zlarini topa oladi, kerak bo‘lsa, aybdorlarni jazolaydi.

Mourino o‘z jamoasini qanday himoya qilishni biladi. Ammo unga o‘zinikilarni himoya qilish va hujumga o‘tish uchun dushman kerak», - deydi Milito.

Eslatib o‘tamiz, Milito «Inter»da Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.

Муҳокама

10.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa futobolchilari 30 dan katta bo‘lgan raqamlardagi kiyimlarda o‘ynashlarini xohlamayapti.

Portugaliyalik murabbiy Markus Reshford (39), Djessi Lingard (35) va Matteo Darmian (36) kabi futbolchilar bilan gaplashib, ular boshqa raqam tanlashlarini taklif qiladi.

Bu borada faqat Bastin Shvaynshtayger istisno bo‘lishi mumkin. Chunki u «Bavariya»dagi yulduzli davrlarini aynan 31-raqamli formalarda o‘tkazgan.

Муҳокама

10.07.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Erik Kantona jamoaning yangi a’zosi, shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichga yuzlandi.

«Menda Ibrahimovichga yo‘llaydigan o‘z so‘zlarim bor. Zlatan, sen qizillar jamoasiga o‘tishni tanlading — bu sen umringda qilgan eng yaxshi tanlov.

Sen «Orzu teatri» bo‘ylab sayr qilganingda klubda avval o‘ynagan afsonalar ruhi borligini his qilishing mumkin. Avvalgi jamoalaringda bunday bo‘lmagan.

«Stretford End» tribunalari oldida turib gol urishing mumkin. Bu yerda sening ismingni aytib hayqirayotgan olomon ovozlarini eshitishing mumkin. yuraging ko‘kragingdan chiqib ketayozgudek kuchli uradi.

Sen buni chindan his qilganingda, ularni o‘zing ham sevib qolasan. Shunda sen tushunasanki, nihoyat uyingni topgansan.

Va oxirgisi. Manchesterda faqat bir qirol bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, biroq agar istasang shahzoda bo‘lishing mumkin.

Agar seni qiziqtirsa, mening yettinchi raqamimni ham olishing mumkin. Bu senga sovg‘am. Qirol ketdi, yashasin shahzoda!», — deya Kantonaning so‘zlarini keltiradi Goal.

Муҳокама

09.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Pol Parker yevro-2016 yarim finalida Portugaliya va Uels terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U portugaliyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni «Vest Hem»ning angliyalik hujumchisi Endi Kerroll bilan taqqoslagan.

«Portugaliya terma jamoasiga qarang. Siz yetakchisi badqovoq va gerdaygan Ronaldu bo‘lgan jamoani ko‘rasiz. Ronaldu Endi Kerrolldan deyarli farq qilmay qo‘ydi. U endi 3-4 yil oldingi Ronaldu emas. Men portugaliyaliklarning Uels bilan o‘ynida hamisha bosh bilan gol urishga urinadigan va yugurishni istamaydigan Kerroll kabi futbolchini ko‘rdim.

O‘yinning qaysidir vaqtida o‘zimni Angliyaning uchinchi divizioni o‘yinini tomosha qilayotgandek his qildim, portugallarning oldingi chizig‘idagi hujumchi havodagi to‘p uchun kurashish bilan band edi. Ronaldu nima qilayotganiga qarab turish og‘ir edi. Aniqrog‘i u nimadir qilishga urinayotganiga. Masalan, Lionel Messini bu holatda ko‘rmaymiz», — deya Parkerning so‘zlarini keltiradi Mirror.

Муҳокама

Янгиликлар /

Blez Matyuidi: Bor gap shu

09.07.2016

«PSJ» yarim himoyachisi Blez Matyuidi «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Futbolchi ayni damda Fransiya terma jamoasi safida 10 iyul kuni «Stad de Frans» stadionida Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan Yevro-2016 final o‘yiniga tayyorlanmoqda.

«Avvalo, fransuzman. Hozir bunday savollar beradigan fursat emas», — dedi Matyuidi «MYu»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan.

«Men hozir bor e’tiborimni Yevroga qaratganman. Menda bunday vaziyat boshqa bo‘lmasligi mumkin. Hali ham «PSJ» bilan shartnomam bor — bor gap shu», — dedi Matyuidi.

Муҳокама

09.07.2016

Taniqli jurnalist Gilem Balage «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbaga «Real» va «MYu»dan bo‘lgan qiziqish haqida ma’lumot berdi.

- Zidan va Pogba bir necha oydan buyon gaplashib kelishdi, ammo «MYu» futbolchi uchun «Yuventus»ga ko‘proq taklif qildi - 100 million yevro. Yana Pogbaning agentiga (Mino Rayola) 25 million yevro ham to‘lashadi. Futbolchining o‘zi esa yiliga 13-15 million yevro maosh olishi lozim. Bundan tashqari mukofot pullari ham ko‘zda tutilgan.

«Real» esa bu talablarni eshitgani hamono: «Nima, aqldan ozganmisiz? Biz buncha to‘lamaymiz», dedi va darhol savdodan chiqib ketdi. Menimcha Pogba «MYu»ga o‘tish arafasida turibdi.

Pogbaning o‘zi «Old Trafford»ga qaytishni va Yevropa ligasida o‘ynashni istaydimi? Bilmadim, - deydi Balage.

Муҳокама

09.07.2016

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bugun o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida «Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan raqobati haqidagi savollarga javob qaytardi.

«Mourino g‘alabalarga chanqoq, men ham. Biz men «Barselona»da u «Real»da ishlagan vaqtdan buyon bir-birimizni yaxshi bilamiz. Menimcha premer-ligada saviyali murabbiylar to‘planayotgani ajoyib holat. Ular bilan raqobat meni yangi bosqichga olib chiqadi.

Ular meni masalan shu jamoa bilan Yevropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishga unday oladi. Murabbiy uchun «Barselona», «Real», «Bavariya» yoki «Manchester Siti»da ishlashning o‘zi ham katta cho‘qqi. Lekin men Angliyada endi ish boshlayapman va hali sovrinlarga chanqoqman.

Qiziq bo‘ladi. Konte – taktikalar bo‘yicha master. O‘ylaymanki, bu «Chelsi» uchun ayni muddao. U bilan raqobatlashish ham qiziq bo‘ladi. Klaudio Raneri va Ronald Kuman ham bor. Hozir oldinda nimalar kutayotganini aytib bo‘lmaydi», – degan murabbiy.

Муҳокама

08.07.2016

Lui van Galning «Manchester Yunayted»dagi sobiq yordamchisi Rayan Giggz klubdan ketgani haqida izoh berdi.

«Joze Mourino ajoyib murabbiy, uni top-murabbiy desa ham bo‘ladi. «Yunayted» doim sovrin uchun harakat qiladi, u esa bunga mos tushadi. 
Men hech qachon ortga nazar solmayman, aksincha, doim oldinga boqaman. Xullas kalom, men bosh murabbiy bo‘lishni istayman.

Menda o‘qish uchun katta davr bo‘lgan – bu ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida o‘ynagan kezlarimdir. Shundan so‘ng van Galga yordamchi bo‘ldim. Men haqiqatan ham bu ishlardan zavqlanganman», - dedi Giggz.

Муҳокама

08.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi skautlar tizimnini yanada kengaytirish maqsadida yangi skautlar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. O’zining skautlik xizmati bilan nom qozongan «Reydjers» jamoasining sobiq murabbiyi Tommi Meller Nilsen jamoa bilan shartnoma imzoladi.

Daniyalik Tommi Meller Nilsen «Manchester Yunayted» jamoasining Skandinaviyadagi hamkoriga aylandi. 54 yoshli Nilsen avvalroq «Evertone», «Vest Brome», «Boltone» va «Nottingem Forest» jamoalari bilan ham birgalikda foliyat olib borgan.

Nilsen shuningdek «Aybroks» jamoasida ser Aleks Fergyusonning do‘sti Uolter Smit va Dik Advokatlarga ham yordamlashgan. Endilikda tajribali mutaxassis ushbu Skandinaviya regionda jamoaga yangi iqtidorlarni topishda yordamlashishi ko‘zda tutilgan.

Муҳокама

08.07.2016

Joze Mourinoga «Old Trafford» dagi faoliyati davomida unga yordam beradigan mutaxassislar nomlari e’lon qilindi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Seshanba kuni «Manchester Yunayted» ning rasmiy bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan Joze Mourino u bilan birga ishlaydigan mutaxassislar nomini tez kunda aytishga vada bergan edi..

Portugaliyalik murabbiyga 6 nafar mutaxassis yordam beradi. Bular bosh murabbiy assistenti Rui Faria, darvozabonlar murabbiyi Silvinu Loru, shuningdek Rikardu Formozinyu, Karlos Lalin va Emilio Alvares. Shuningdek murabbiylar shtabidan analitik Djovanni Cherra ham o‘rin olgan.

Bosh murabbiy assistenti Rui Faria      

Darvozabonlar murabbiyi Silvinu Loru

 

Murabbiy -skaut Rikardu Formozino 

 

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Karlos Lalin    

 

Murabbiy Emilio Alvares

 

Analitik Jovanni Cherra 

Муҳокама