SAF: Terma jamoani Sem Ellardays boshqarishi kerak
07.07.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Angliya terma jamoasini ayni vaqtda «Sanderlend»da faoliyat yuritayotgan Sem Ellardays boshqarishi kerak ekanini ta’kidladi.
«Angliya term jamoasini boshqarishga eng munosib nomzod Sem. Chunki u uzoq yillardan buyon premer ligada. APLda atigi uchta ingliz murabbiy bor. Ularning biri Sem.
Uning taktik qarorlari va millat futbolini yaxshi bilgani terma jamoaga mos keladi. Terma jamoaning Yevropa chempionatida yomon qatnashganiga jamoalarning tig‘iz taqvimi ham sabab bo‘ldi.
Germaniyada dekabr va yanvarda ta’til beriladi. Bizning yigitar charchab qolishmoqda»,- deydi Fergsyuson.
Mourino: Ular o‘tgan mavsumning eng yaxshilari
07.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Borussiya»dan Genrix Mxitaryanning va erkin agentga aylangan Zlatan Ibrahimovichni transfer qilinishiga izoh berdi.
«Birinchidan, Zlatan Fransiya chempionatida, Miki esa Bundesligada o‘tgan mavsumning eng yaxshilari bo‘lishdi.
Zlatanni muxlislar emas, jurnalistlar emas, futbolchilar eng zo‘r deb tan olishdi. Bu esa ko‘p narsani anglatadi.
Miki ajoyib futbolchi, u hammadan ham ko‘ra menga ko‘proq yoqadi. U hujumchi ampluasida o‘ynamay turib, shuncha ko‘p gol urdi. Uning o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlari uning qay darajadagi futbolchi ekanidan darak. U ko‘p gol urish bilan birga sheriklarini shunchalik ko‘p marta golli pas bilan ta’minlagan.
Men uni jamoa uchun juda ham kerakli futbolchi deb bilaman.
Biz yangi mavsumda chuqur himoyada o‘ynaydigan jamoalar ustidan hokimlik qilishga intilishimiz va bunga erishishimiz kerak bo‘ladi. Shu tufayli bizga uning o‘yin tezligini o‘zgartira olish qobiliyati juda zarur.
U o‘yin tezligini o‘zgartirishga qodir. U to‘p bilan harakatlanganida ham, to‘psiz o‘ynayotganida ham jamoa uchun juda ko‘p ish qila oladi», — degan Mourino.
Pogba «Yunayted»da!?
07.07.2016

«Manchester Yunayted» «Yuventus» bilan Pol Pogbaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Gianlucadimarzio.com ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya terma jamoasining 23 yoshli futbolisi turli soliqlardan tashqari yiliga 13 million yevrolik maosh taklifini qabul qildi.
Yevro-2016 turniridan so‘ng «MYu» «Yuventus»ga Pogba uchun dunyo futbolidagi rekord darajadagi 120 million yevro taklif etmoqchi.
Hozircha dunyoning eng qimmat futbolchisi 2013 yilda 101 million yevro evaziga «Tottenhem»dan «Real»ga o‘tgan uelslik yarim himoyachi Garet Beyl hisoblanadi.
Pogba «MYu» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yilda u «MYu»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgandi.
Genrix: «MYu» futbolchisi bo‘lganimdan faxrlanaman
06.07.2016

Armanistonlik yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan «Manchester Yunayted» klubi bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, o‘z fikrlarini bayon etdi.
«MYu» klubi futbolchisi bo‘lganimdan faxrlanaman, bu mening orzum edi. Shonli tarixga ega klubda to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman, ko‘p yillar davomida klubda qolishni istayman.
Menga ishonch bildirgani uchun Joze Mourinoga minnatdorchilik bildiraman.
Ishonamanki, buyuk klubda o‘ynash otamning xotirasiga hurmat bajo keltirishga yordam beradi, chunki aynan u meni yoshligimida qo‘llab-quvvatlab turgan», — dedi Mxitaryan «MYu» matbuot xizmati xabarida.
Mourino: Genrix qobiliyatli futbolchi
06.07.2016

«Manchester Yunayted» klubining bosh murabbiyi Joze Mourino Genrix Mxitaryanning transferi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Genrix – judayam qobiliyatli futbolchi. U klubda ham, terma jamoada ham samarali o‘yin namoyish etgan. U haqiqiy jamoaviy futbolchi, mahoratli, maydonni yaxshi ko‘radigan, hujumlar yakunida faol ishtirok etadigan yarimhimoyachi.
Genrix «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaganidan xursandman. U tezda jamoa o‘yiniga o‘z hissasini qo‘shib borishiga ishonaman. Uning o‘yini premer-liga uchun juda mos keladi», – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Mxitaryan — «Manchester Yunayted» a’zosi
06.07.2016

«Manchester Yunayted» Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman tasdiqladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.
Manbada aytilishicha, futbolchi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolangan. Keyinchalik tomonlar roziligi bilan uni yana bir yilga uzaytirish mumkin.
O‘tgan mavsumda Mxitaryan «Borussiya» safida Germaniya chempionatida 31 o‘yinda maydonga tushib, 11 golga va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«PSJ» Bastian Shvaynshtaygerga qiziqish bildirgan
06.07.2016

Fransiyaning «PSJ» klubi kutilmagan transferga qo‘l urmoqchi. Parijliklar Germaniya terma jamoasi hamda Angliyaning «MYu» klubi futbolchisi Bastian Shvaynshtaygerga qiziqish bildirgan.
Bild nashrining xabar berishicha, «PSJ» 31 yoshli Shvaynshtaygerni Zlatan Ibrohimovich ketganidan keyin jamoaning yuziga aylantirishmoqchi.
Bundan tashqari u maydon markazida Marko Veratti hamda Gjegoj Krixovyaklarga raqobatni yuzaga keltiradi.
Avvalroq «PSJ» yarim himoyachisi Blez Matyudinign «MYu»ga ko‘chib o‘tishi xabar qilingandi. Bu ikki transfer kelishilgan holda amalga oshishi ham mumkin.
Blez Matyuidi «Yunayted» qiziqishlari doirasida
06.07.2016

«Pari Sen-Jermen» klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan.
L’Équipe nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «MYu» ustozi Joze Mourino 29 yoshli xavbekka asosiy maqsadlardan biri sifatida qaramoqda.
Matyuidining transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
Fransiya terma jamoasi vakillari Matyuidi dushanba kuni yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun biroz muddatga terma jamoa ixtiyorini tark etgani haqidagi ma’lumotni inkor etdilar.
Fergyuson: Joze Mourino to‘g‘ri qaror qabul qildi
06.07.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino to‘g‘ri qaror qabul qilganini ta’kidladi.
«Menimcha, bu jamoa uchun ham murabbiy uchun ham o‘sish bo‘ldi. U «Chelsi»ga qaytib, xato qildi. Doim bir joyga ikkinchi marta qaytish oson bo‘lmaydi.
U ikki marta chempionlar ligasida g‘alaba qozongan. Qaysi jamoada ishlasa, sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Uning natijalarini inkor qilib bo‘lmaydi. Shu sabab «MYu» Mourino uchun to‘g‘ri tanlov bo‘ldi»,- deydi Fergyuson.
Joze Mourino va «Yunayted» maqsadlari
05.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino rasman tanishtirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy «Yunayted»ning maqsadlari haqida gapirdi.
Ser Aleks Fergyusonning rekordlari
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Joze Mourino o‘zining rejalari haqida gapirar ekan ser Aleks Fergyusonning rekordlarini takrorlashni niyat qilganini ta’kidladi.
«Yashirib o‘tirmayman, maqsadim - ser Aleks Fergyusonning rekordlarini takrorlash. Bu oson ish emas. Bu yerda o‘tirishni har qanday murabbiy xohlagan bo‘lardi, lekin bu yerda hozir menman. Omadim bor ekan.
Men umuman asabiylashayotganim yo‘q. Aynan shu mammalaktda, shu jamoada ishlashni xohladim. Afsus, chempionlar ligasida o‘ynamaymiz. «Manchester Yunayted» chempionlar ligasida o‘ynashi kerak bo‘lgan jamoa».
Transfer maqsadlari
«Biz to‘rt futbolchini sotib olishni rejalashtirgan edik. Ulardan uch nafari jamoada. Yana biri qoldi. Men aniq pozitsiyada o‘ynaydigan futbolchilarni yoqtiraman. Shundagina aniq rejalarimni amalga oshirishim mumkin».
«MYu» yozgi transfer oynasi vaqtida «Vilyarreal»dan himoyachi Erik Bayi, «Borussiya D»dan Genrix Mxitaryan va erkin agent sifatida Zlatan Ibrahimovichlarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Keyingi transfer Pol Pogba bo‘lishi kutilmoqda.
Ueyn Runi
«Ha, futbolchi o‘zgarishi mumkin, maydondagi harakatlari o‘zgarishi mumkin, lekin hujumchidagi bir narsa hech qachon o‘zgarmaydi - to‘pni darvozaga yo‘llash. Runi mening jamoamda darvozadan 50 metr uzoqlikda o‘ynamaydi.
Aytishingiz mumkin, Runining paslari juda ajoyib, deb, lekin mening ham paslarim ajoyib. Runi menda markaziy hujumchi bo‘ladi»,- deydi Mourino.