«MYu» Mourinoning taqdimotini o‘tkazdi
05.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoni rasman tanishtirish marosimini o‘tkazdi
U jurnalistlar qarshisida jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida qilgan chiqishida jamoa keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish huquqi uchun kurashishini ma’lum qilgan.
U shuningdek, Aleks Fergyusonning Ko‘hna qit’a turnirlarida o‘rnatgan rekordini yangilash niyatida ekanini aytgan.
«Men o‘zim istagan joydaman. Men shu mamlakatda, shu ligada, aynan shu klubda bo‘lishni istardim. Biz bu yili YeChLda o‘ynamaymiz, bundan biroz xafaman. Lekin men kelgusida Aleks Fergyusonning YeChLda qayd etgan rekordlarini yangilamoqchiman. «Manchester Yunayted» shunday turnir uchun tuzilgan, biz 2017 yilda YeChL yo‘llanmasini hal etishimiz kerak», deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
Mourino Pogbaning «MYu»ga o‘tishiga ishonmoqda
05.07.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbaning «Yunayted»ga o‘tishiga shubha qilmayapti. Bu haqda Daily Mail xabar bergan.
Manbada aytilishicha, Mourino do‘stlariga Pogbaning 80 million funt evaziga «MYu»ga o‘tayotgani haqida aytgan. Bundan tashqari «Yuve» Pogbaning muvaffaqiyatli ishtiroki uchun qo‘shimcha bonuslar ham oladi.
Avvalroq Pogbaning faoliyatini «MYu»da emas, «Real»da davom ettirishni xohlayotgani aytilgan edi. Ta’kidlash joiz, Pogba 2012 yilda «MYu»dan erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tgan.
Skoulz: Zlatan «Yunayted»ga juda mos keladi
05.07.2016

«Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz fikricha, klubning Zlatan Ibrohimovich bilan shartnoma imzolanganligi ajoyib yangilik bo‘ldi.
Shved futbolchisi bilan juma kuni shartnoma imzolandi, ammo shartnoma bandlari hamon sir saqlanmoqda.
«Zlatan «Manchester Yunayted»ga juda mos keladi. O‘ylashimcha, u jamoada 1-2 mavsum o‘ynasa kerak.
Zlatan xarizmaga ega, o‘zini boshqara oladi, shuning uchun muammolarni oson hal qiladi, deb o‘ylayman», - deydi Skoulz.
Mata asosiy tarkib uchun kurashmoqchi
05.07.2016

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Xuan Mata klubda qolib asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashmoqchi ekanini bildirdi. Unga «Everton» tomonidan qiziqish bo‘lgandi.
28 yoshli futbolchi mavsumoldi mashg‘ulotlarini «MYu» bilan boshlab, Ispaniya terma jamoasiga qaytish uchun astoydil harakat qilish niyatida.
Yaqin kunlarda jamoaga Genrix Mxitaryan kelib qo‘shilishini hisobga oladigan bo‘lsak, Mata uchun raqobat oson bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Everton» klubining yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Matani jamoaga taklif ilmoqchi.
SAF: Rayan mustaqil ishlashga tayyor
05.07.2016

«Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning ishonishicha, Rayan Giggz ma’lum bir sabablarga ko‘ra, klubda qolishi mumkin edi, biroq u o‘zi mustaqil ishlashga tayyorlanmoqda.
Avvalroq uelslik 42 yoshli Giggz murabbiylar shtabida Joze Maurino bilan ishlashni istamay va 29 yillik ish joyini tark etgani haqida xabar berilgan edi.
- Ayni damda murabbiylar shtabida o‘ziga ishongan yordamchi bo‘lsa kerak, bo‘lmasa Maurino Giggzni qo‘yib yubormagan bo‘lar edi. O‘ylaymanki, Rayan mustaqil ishlashga tayyor, - dedi Fergyuson.
03.07.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi va bugundan boshlab jamoaning sobiq bosh murabbiyiga aylangan Rayan Giggz jamoa Zlatan Ibrahimovich bilan shartnoma imzolaganiga munosabat bildirib o‘tdi.
«Bu katta transfer. O‘tgan mavsumda «Yunayted» ko‘p gol ura olmaslikdan jabr chekdi, Zlatan esa o‘tgan mavsumda Yevropadagi to‘purarlardan biri bo‘ldi. U hamisha g‘oliblikka o‘rgangan futbolchi. Uning o‘yinida kuchli xarakter va yuqori saviya yarq etib ko‘rinib turadi.
Rashford kabi yosh futbolchilar undan ko‘p narsa o‘rganishlari mumkin», — degan Giggz ITV efirida
Genrix Mxitaryan rekordni yangiladi!?
03.07.2016

Armaniston terma jamoasi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan ukrainalik sobiq futbolchi Andrey Shevchenkoga tegishli bo‘lib kelgan ko‘p yillik rekordni yangiladi.
Mxitaryan Sobiq Ittifoq hududi futbolchilari orasidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi.
Xabar qilinshicha, «Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» jamoasiga ushbu futbolchi uchun 42 million yevro to‘lagan va bu orqali 2006 yilda «Chelsi» Shevchenko transferi uchun «Milan»ga to‘lagan 40 million yevrolik rekord yangilangan.
Mxitaryanning «Manchester Yunayted» safiga o‘tgani dortmundliklar klubi tomonidan tasdiqlandi.
Mxitaryan nemislar klubi safida 2013 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 51 uchrashuv o‘tkazdi va 23 gol urib, 32 marta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Pol Pogba uchun 120 million yevro!?
03.07.2016

«Manchester Yunayted» «Yuventus»dan Pol Pogbani qaytarish bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda. Ayni vaqtda bu futbolchiga «Real», «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalari ham da’vogar.
Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» ayni vaqtda Fransiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan bu 23 yoshli futbolchiga 250 ming funt miqdoridagi haftalik maosh tayinlashga tayyor.
Bundan oldinroq «MYu» Pogba uchun turinliklar jamoasiga rekord darajadagi 120 million yevroni sarflashga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.
Ayni vaqtda dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Garet Beyl hisoblanadi, u 2013 yilda «Tottenhem»dan «Real»ga 100 million yevro evaziga o‘tgandi.
Qayd etish joizki, Pogba 4 yil oldin «MYu»dan «Yuventus» tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.
Maykl Kerrik: Takliflar bor
02.07.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Maykl Kerrik «qizil iblislar»dagi taqdiri borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Hozircha «Manchester Yunayted»da qolish yoki qolmasligimga rasman aniqlik kiritganicha yo‘q. Hammasini yaqin orada bilib olasiz.
Takliflar bor. Lekin birortasiga jiddiy e’itbor berganimcha yo‘q. Ko‘ramiz, taqdirimning qolgan qismini qanday davom etarkan» - deydi Kerrik Daily Mail nashriga bergan interyusiga ko‘ra.
Genrix Mxitaryan «Yunayted»ga o‘tdi!?
02.07.2016

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. Bu haqida dortmundliklar rasman ma’lumot tarqatishgan.
Nemis klubi rasmiy saytida xabar qilinishicha, Mxitaryan «Manchester Yunayted»ga o‘tishni juda istagan va dortmundliklar uzoq muddatli muzokaradan so‘ng bunga rozi bo‘lganlar.
- «Manchester Yunayted» bizga juda katta pul taklif qildi. Agar biz bu taklifni rad etganimizda, bir yildan so‘ng Mxitaryanni tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lar edik, - deyiladi «Borussiya» tomonidan qilingan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «Manchester Yunayted» Mxitaryan uchun 38 million yevro taklif qilgani aytilgan edi.