Giggz rasman jamoadan ketdi
02.07.2016

«Yunayted» yordamchi murabbiyi Rayan Giggz mankunianliklar safidagi 29 yoshli faoliyatidan so‘ng jamoadan ketdi.
42 yoshli mutaxassis bunday qarorini mustaqil ish boshlash maqsadi bilan izohlagan.
- «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan 29 yillik faoliyatimdan so‘ng men futbolchi va yordamchi murabbiy sifatida bu jamoa DNKsini - ya’ni yoshlarga imkon berish hamda hujumkor va yorqin o‘yin namoyish etishni yaxshi bilaman.
Shu sababli jiddiy qaror - klubdan ketishga qaror qildim. Bu yerda 14 yoshimdan buyon yashadim. Bu qarorni qabul qilish men uchun oson bo‘lmadi.
Shunga qaramay hozir ketishning ayni vaqti deb o‘ylayman. Garchi menda murabbiylik faoliyati borasida aniq reja bo‘lmasada, hozir shunga intilmoqdaman, - deydi Giggz.
Ibrahimovich: Juda xursandman
02.07.2016

«Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan Zlatan Ibrahimovich yangi jamoasiga o‘tganidan mamnun ekanini ta’kidladi.
«Mening «MYu»ga o‘tishim xuddi Meyvezer va Pakyao jangiga o‘xshaydi. Ko‘pchilik bu jang bo‘lishiga ishonmagandi, lekin u bo‘lib o‘tdi. Transfer amalga oshgani uchun «MYu» va Mourinoga rahmat aytaman. Juda xursandman.
Biz keyingi mavsumda Yevropa ligasida o‘ynaymiz. Men har qanday musobaqada chempionlik uchun kurashaman. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun barcha ishni qilamiz»,- deydi Zlatan.
Mourino: Ibrahimovich tanishtirishga muhtoj emas
02.07.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Zlatan Ibrahimovichning manchesterliklar tarkibiga o‘tganiga izoh berdi.
«Zlatan tanishtirishga muhtoj futbolchi emas. Ibra – dunyodagi eng kuchli hujumchilardan biri va o‘zini 100 foiz o‘yinga bag‘ishlaydigan futbolchi.
U dunyodagi eng kuchli chempionatlarda g‘olib bo‘lgan. Hozir unda eng yaxshi ligada o‘ynash imkoni bor.
Uning iqtidori «Old Trafford»dagi muxlislarga quvonch ulashishiga, uning tajribasi yosh futbolchilarning o‘sishida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonaman», – dedi Mourino.
Ibrahimovich — rasman «Yunayted» a'zosi
02.07.2016

«Manchester Yunayted» futbol klubi joriy mavsumdan jamoa tarkibini 35 yoshli shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich to‘ldirishi mumkinligini rasman tasdiqladi.
Futbolchi Fransiyada o‘tayotgan Yevropa chempionatida Shvetsiya tarkibida maydonga tushdi va turnirni tark etgach, terma jamoadagi faoliyatini tugatganligi haqida rasman e’lon qildi. Shundan so‘ng o‘z kelajagi rejalarini amalga oshirdi.
Shved bilan MYu o‘rtasidagi shartnoma bir yilga imzolandi.
Avvalroq futbolchining Fransiyaning PSJ jamoasi bilan shartnomasi tugaganligi va u erkin agentga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Patrik Viera: Manchester futbol poytaxtiga aylandi
01.07.2016

«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi, ayni vaqtda «Nyu-York Siti»da faoliyat ko‘rsatayotgan Patrik Viera Zlatan Ibrahimovichning «Manchester Yunayted»ga kelishi bilan bog‘liq jarayon bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
«U mening yaxshi do‘stim, «Yuventus» va «Inter»da birga o‘ynaganmiz. Biz hozir ham yaqin aloqalarni saqlab qolganmiz va ko‘pincha suhbatlashib turamiz. Menga uning xarakteri yoqadi, Zlatan — g‘olib, haqiqiy inson, u jamoani o‘z ortidan ergashtira oladi. Menimcha, «Manchester Yunayted» juda omadli transferga qo‘l urdi.
Men ertalab u bilan gaplashdim. U «MYu»ga o‘tishga tayyorlanayotgani, bu tanlovi to‘g‘ri ekaniga ishonchi komilligini aytdi. Men unga omad tilayman, uning yangi jamoasida ishlari qay tariqa kechishini kuzatib boraman.
Endi qarang. Kimlar Manchesterdagi klublarni boshqarmoqda, Mourino va Gvardiola qarama-qarshiligi. Bir tomonda Ibrahimovich va Ueyn Runi, ikkinchi tomonda Serxio Aguero va David Silva. O‘ylaymanki, Manchester futbol poytaxtiga aylandi», — degan Vieyra.
«MYu» Neymar bo‘yicha yangi taklif yubordi
30.06.2016

«Manchester Yunayted» klubi «Barselona» hujumchisi Neymarni sotib olish uchun harakatni davom ettirmoqda. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar «ko‘k-anorranglilar»ga futbolchining transferi yuzasida yangi taklif yuborishdi. Ammo kataloniyaliklar har qanday holatda ham Neymarni sotishmoqchi emas, jamoa huquqshunoslari imkon qadar tezroq hujumchi bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilishmoqda.
Avvalroq Neymarning xizmatlariga «Real» va «PSJ» ham qiziqayotgani haqida ko‘plab xabarlar tarqatilgandi. Futbolchining otasi Neymarni «Real»ga o‘tish imkoniyatini nolga tenglashtirgandi. O’yinchining «Barselona» bilan shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi.
Runi: Murabbiyi ingliz bo‘lishi shart emas
30.06.2016

Angliya terma jamoasining sardori Ueyn Runi terma jamoaga yangi murabbiy tayinlanishi masalasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Murabbiyning ingliz bo‘lishi yaxshi, albatta. Asosiysi kerakli mutaxassis bo‘lsin. U ingliz bo‘ladimi yoki yo‘q, mazkur vazifani qabul qilib olishi uchun yetarli tajriba va darajaga ega bo‘lishi lozim.
Bir narsani aytishim mumkin: yangi murabbiyning o‘rnida bo‘lganimda hayratga tushgan bo‘lardim. Hozir buni anglash qiyin, ammo bizning tarkib juda yorqin», – dedi Runi.
Rayan Giggz jamoani tark etdi!?
30.06.2016

«Manchester Yunayted» jamoasida sobiq bosh murabbiy Lui van Gaalga yordamchi bo‘lgan Rayan Giggz jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning murabbiylar shtabi tarkibiga kirishni istamadi va klubni tark etdi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, u o‘z vakolatlari kamaytirilgan lavozimda ishlashni hamda Mourinoga bo‘ysunishni istamagan. Giggzning vakillari rahbariyat bilan uning shartnomani muddatidan 1 yil oldin yakunlashi va tovon puli bo‘yicha muzokaralarni boshlashgani aytilgan.
May oyida 2 mavsumdan buyon jamoani boshqargan Lui van Gaal bilan shartnoma qoniqarsiz natijalar tufayli bekor qilindi va Joze Mourino bilan 3 yillik shartnoma tuzildi.
«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumni APLning 5-o‘rnida yakunladi va Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.
Uelslik Giggz futbolchilik faoliyatini «MYu»ga bag‘ishlagan. U jamoa safida 672ta o‘yin o‘tkazib, bu o‘yinlarda jami 114ta gol urgan. Giggz «MYu» bilan Angliya chempionatida 13 marta g‘olib bo‘lgan, 4 marta Angliya Kubogi sohibi bo‘lgan, 9 marta mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 2 marta YeChLda zafar quchgan. 2014 yilda Devid Moyes ishdan chetlatilganida Giggz uning o‘rniga jamoani vaqtinchalikka boshqargandi.
29.06.2016

Yangi mavsumdagi ilk Manchester derbisi 4-turda o‘tkaziladi. Bugun e’lon qilingan taqvimga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 10 sentyabr kuni o‘z maydoni «Old Trafford»da «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
Qayd etish kerakki, bu ikki jamoaning yangi bosh murabbiylari bo‘lmish Joze Mourino va Xosep Gvardiolalarning 2013 yili 30 avgustida to‘xtab qolgan qarama-qarshiligi davomi bo‘ladi.
O‘shanda Gvardiolaning «Bavariya»si UEFA Superkubogi uchun bahsda Mourinoning «Chelsi»sini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ungacha ham mutaxassislar Ispaniyada, biri «Real», biri «Barselona» bosh murabbiylari sifatida ko‘p bor to‘qnashishgan va bu qarama-qarshilik futbol tarixiga o‘ziga xos duel sifatida kirgan.
«Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi javob uchrashuvi APLning 26-turida ro‘y beradi. «Etihad Stedium»da kechadigan bu uchrashuv 25 fevralga belgilangan.
Hojson: Ular maydonda ham, hayotda ham yaqin do‘st
28.06.2016

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hojson jamoa hujumchilari Ueyn Runi va Jeymi Vardi o‘rtasida muammo borligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.
«Men siz nima deyayotganingizni yaxshi tushunmayapman. Runi va Vardi o‘rtasida rostdan ham hech qanday muammo mavjud emas. Aksincha, ular maydonda ham, hayotda ham yaqin do‘st.
Siz gapirayotgan narsani tasavvur ham qila olmayapman. Men Ueyn bu xabarlarga ortiqcha e’tibor qaratmasligini istardim. Axir bu shunchaki beadab tarix. Bu xabarlarga munosabat bildirib, uni yanada yoyish shart emas. Bu gaplar biz uchun qiziq emas», – degan Hojson.
The Independent nashri ma’lumotiga ko‘ra, Runi Vardi bilan uning rafiqasi, ayni vaqtda muxlislar qatorida Fransiyaga kelgan Rebekaning OAVga terma jamoa ichkarisidagi ma’lumotlarni sizdirib chiqarayotgani bo‘yicha gaplashgan. Nashrda yozilishicha, Runi Rebekaning ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanishini so‘ragan.