28.06.2016

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda Ruhr Nachrichten ma’lumot tarqatgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida armanistonlik futbolchi «qizil iblislar» jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi. Uning yangi jamoadagi yillik maoshi miqdori 12 mln yevroni tashkil qiladi. Manchesterliklar klubi rahbariyati futbolchilar uchun dortmundliklar klubiga 32-36 mln yevro to‘lashi aytilgan.

Dortmundliklar Mxitaryanning o‘rniga yangi futbolchi izlashni boshlagan. Bu o‘ringa asosiy da’vogar sifatida «Volfsburg» a’zosi Andre Shyurrle nomzod bo‘lib turibdi. Lekin «bo‘rilar» jamoasi Germaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan bu futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Mxitaryan o‘tgan mavsumda bundesliganing 31 uchrashuvida maydonga tushgan va 11 gol urib, 15 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Муҳокама

26.06.2016

Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan  «Manchester Yunayted»ga o‘tish arafasida.

Gianlucadimarzio.com ma’lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi ushbu armanistonlik futbolchi uchun 38 million yevro bermoqchi va bu miqdor nemislar klubi rahbariyatini qoniqtiradi.

Bundan oldinroq, «MYu» Mxitaryan uchun 25 milliondan 34 million yevrogacha pul taklif qilayotgani,  «Borussiya» esa 40 million yevro so‘rayotgani xabar qilingandi.

Futbolchining o‘ziga yiliga 10 million yevro maosh to‘lanishi ko‘zda tutilgan. Bu esa uning hozirgi jamoasida oladigan maoshi miqdoridan 2 baravar ko‘p.

2013 yili Germaniyaga kelgan 27 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumlarda dortmundliklar jamoasi safida 140 marta maydonga tushgan va 40ta gol urgan.

Муҳокама

26.06.2016

«PSJ»ni 30 iyun kuni erkin agent maqomida butunlay tark etadigan hujumchi Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted» a’zosiga aylanadi.

Gianlucadimarzio.com xabariga ko‘ra, shvesiyalik ushbu futbolchi Angliyaga yo‘l oladi va mankunianliklar klubi bilan 1 iyul kuni shartnoma imzolaydi.

Ayni vaqtda Ibrahimovich Monte-Karloda ta’tilni o‘tkazmoqda va o‘z agenti Mino Rayola bilan «MYu»dagi shartnomasining barcha jihatlarini hal qilib olgan.

The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, u «qizil iblislar» jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi va haftasiga 220 ming funtlik maosh oladi.

Муҳокама

25.06.2016

Taniqli sport jurnalisti Gilem Balage xabar tarqatishicha, «Real» klubi«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xeani xarid qilish fikridan voz kechdi.

«O‘ylaymanki, David De Xea bilan bog‘liq vaziyat tushunarli. «Real» ushbu xariddan voz kechdi. O‘yinchi o‘z jamoasida baxtli. U Manchesterda qolishni va Joze Mourino unga nima bera olishi mumkinligini ko‘rishni istaydi», – deydi Balage.

Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘tgan yilgi transfer paytida De Xeani qo‘lga kiritishga harakat qilgandi, ammo transfer oynasi oxiriga qadar madridliklar mazkur transferni rasmiylashtirishga ulgurishmagandi.

Муҳокама

25.06.2016

Bugun Buyuk Britaniyada aholi o‘rtasida referendum yakuniga ko‘ra, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan  chiqishini xohlaydiganlar 52 foizni tashkil qildi. Natijada Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etadigan bo‘ldi.

Bu esa Angliya premer ligasida o‘ynayotgan futbolchilarga ta’sir qilmay qolmaydi.

BBC nashrining xabar berishicha, avvalgi qoidaga ko‘ra Yevropa Ittifoqiga kiradigan mamlakatlardan kelgan legionerlar Britaniyada ishlash huquqini beradigan guvohnomaga ega bo‘lish uchun terma jamoalarining oxirgi 30 foiz o‘yinida qatnashgan bo‘lishi kerak edi. Endi esa bu ko‘rsatkich 45 foiz bo‘lishi kerak. Shu sabab APLda o‘ynayotgan 122 futbolchi mamlakat hududida ishlash huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Ular orasida Antoni Marsyal, Ngolo Kante va Yoan Kabay kabi futbolchilarning nomlari ham bor.

Муҳокама

23.06.2016

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni qo‘lga kiritish harakatlaridan voz kechmayapti.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, inglizlar jamoasi 27 yoshli armanistonlik futbolchi transferi uchun taklif etayotgan puli miqdorini oshirgan va 34 million yevro taklif etmoqda.

Futbolchining o‘ziga esa yiliga 10 million yevro maosh to‘lanishi mumkin.

Bungacha «MYu» Mxitaryan uchun 25 million yevro taklif qilgan, nemislar jamoasi bu taklifni rad etgandi.

«Borussiya» bu futbolchisini 40 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas va u ketgan taqdirda uning o‘rnini «Volfsburg» futbolchisi Andre Shyurrle bilan to‘ldirmoqchi.

Bundan oldinroq Mxitaryanning agenti Mino Rayola «MYu» bilan muzokaralar omadli yakunlanishiga «Borussiya» to‘sqinlik qilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Men o‘ynashga tayyorman

23.06.2016

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Yevropa chempionati 1/8 finali o‘yinlari arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Inglizlarning nimchorak finaldagi raqibi Islandiya terma jamoasi bo‘ldi. Bu jamoalar uchrashuvi 27 iyun kuni Nissa shahridagi «Alyans Rivera» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

«Pley-offda kim bilan o‘ynashimizning farqi yo‘q. Ha, Islandiya bu turnirda debyutant. Lekin ular himoyada juda yaxshi harakat qilishadi, bunday raqibga qarshi o‘ynash esa hamisha qiyin. Lekin biz Yevropa chempionatidagi har bir uchrashuvimizda raqibga nisbatan ustunlik ko‘rsatib kelmoqdamiz. Umid qilamanki, pley-off o‘yinida ham shunday bo‘ladi. Biz pley-offda raqiblarga nisbatan shafqatsiz bo‘lishimiz, o‘z vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Turnirda Yevropadagi eng kuchli jamoalar jamlangan. Agar biz turnirni yutishni istasak, xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Men o‘ynashga tayyorman. Dushanba kuni kelishini intiqlik bilan kutmoqdaman.

Islandiya, Vengriya va Shimoliy Irlandiya turnirdagi ishtiroki bilan barchani hayron qildi. Lekin pley-offda yaxshi tashkil qilingan jamoaviy o‘yin ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Biz 11-metrlik jarima zarbalarini tepishni mashq qilayapmizmin? Ha. Lekin, o‘yin penaltilar seriyasigacha uzaymaydi deb umid qilaman», — degan Angliya terma jamoasi sardori Runi.

Qayd etish kerakki, Angliya pley-offda Fransiya, Italiya, Ispaniya va Germaniya kabi terma jamoalar bilan bir setkadan o‘rin olgan.

Муҳокама

21.06.2016

«Barselona» jamoasining 2 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan hujumchisi Neymar «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalaridan berilayotgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Bu jamoalarning har biri uning shartnomasida ko‘rsatilgan 192 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.

ABC nashri ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar 24 yoshli bu braziliyalikka yiliga 15 million yevrodan to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Parijliklar Neymarga yiliga 18,5 million yevrodan maosh to‘lamoqchi, bu miqdor bonuslar hisobiga yiliga 28 million yevroni tashkil qilishi ham mumkin.

Manchesterliklar esa hujumchini o‘z safiga jalb qilish uchun unga 17 million yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlashga tayyor.

Bu vaqtda «Barselona» futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, uning yillik maoshi miqdorini 9 million yevrodan 14 million yevroga oshirmoqchi.

Futbolchining otasi Neymar da Silva hamda uning agenti Vagner Ribeyro uni «Barselona»dan ketishga va takliflardan birini qabul qilishga undamoqda.

Bundan oldinroq, Neymar «Barselona» bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirishi haqida xabarlar berilgandi. Ammo shu vaqtgacha bu ro‘y bermadi.

Муҳокама

21.06.2016

Angliya terma jamoasining yarim himoyachisi Ueyn Runining aytishicha, u Stiven Jerard va Pol Skoulzdan ko‘p narsa o‘rgangan.

«Men qachondir yarim himoyada o‘ynashimni bilganman. Bu haqda ilk marta gapirganimda 24 yoshda edim. Mana, shu narsa bo‘lib turibdi. 

Men Angliya futbol tarixining eng yaxshi yarim himoyachilari Stiven Jerard va Pol Skoulz bilan birga to‘p surganman. Kelajakda ularning pozitsiyasida harakatlanishimni bilgan holda, ularning har bir xatti-harakatini kuzatganman.

Men ularni uchrashuvlarda va mashg‘ulotlarda kuzatganman. Xatti-harakatlarni takrorlashga va biror yangilik qo‘shishga intilganman», – dedi Runi.

Муҳокама

20.06.2016

Londonning «Chelsi» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Sesar Aspilikueta kelaysi mavsumni yangi jamoada boshlashi mumkin. Bu haqda «AS» nashri xabar tarqatdi.

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Aspilikuetani jamoaga olib kelishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis va himoyachi «Chelsi»dagi faoliyat orqali bir-birlarini yaxshi bilishadi.

Londonliklar futbolchini 15 million yevroga sotishga tayyor. Sesarga shuningdek «PSJ» va «Atletik» tomonidan ham qiziqishlar bo‘lmoqda. Aspilikuetaning millati bask bo‘lgani uchun bilbaoliklar o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Himoyachi yakunlangan mavsumda «Chelsi» safida 49ta o‘yinda maydonga tushdi hamda 2ta gol urib, 5ta golga assistentlik qildi.

Муҳокама